Uzoqov Muxriddin Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: Bolalarda attraktiv munosabatlarni shakllantirish asosida o‘z fikrini ifodalashga o‘rgatish metodikasi (maktabgacha bo‘lgan kata yosh guruhlari misolida) 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7729
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaqulov Akbar Eshquvatovich- pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), professor Jamilova Nargiza Nuriddinovna, p.f.n., dotsent Kamilova Gulmira Alimovna
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarda attraktiv munosabatlarni shakllantirish asosida o‘z fikrini ifodalashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo munosabatlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari attraktiv munosabatlar kategorial tizimidagi refleksivlik, shaxsiy identifikatsiya jarayoniga yo‘naltirilgan emotsional va intellektual faollikni o‘zaro integratsiyalashtiruvchi metodologik yondashuvlarning pragmatik aspektlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarda attraktiv munosabatlarni shakllantirish metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiiy rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan holda nutq va harakat uyg‘unligini ta’minlash, o‘zligini namoyon etish imkoniyatlarini oshirishning tinglovchi-yo‘naltiruvchi muloqot modeli emotsional-ekspressiv xususiyatlarini intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
attraktiv munosabatlar asosida tarbiyalanuvchilarda o‘z fikrlarini ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining funksional modeli shaxslararo munosabatlardagi tushunish, teng munosabatlar va o‘z-o‘zini namoyon etish qonuniyatlariga ko‘ra attraksiyaning shaxsiy ilentifikatsiya va hamfikrlilik kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligini vitagen faoliyatga tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda attraktiv munosabatlar shakllantirish jarayonining samaradorligi shaxslararo attraktiv munosabatlar shakllanganlik darajasini aniqlovchi musiqiy-ritmik ekspressivlik, nutq ekspressivligi, logoritmik ekspressivlik, og‘zaki improvizatsiya kabi baholash mezonlarining optimal tanlangan muloqot uslubi, nutq hamda harakatning uyg‘unlik darajasiga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. maktabgacha yoshdagi bolalarda attraktiv munosabatlarni shakllantirish orqali o‘z fikrini ifodalashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda attraktiv munosabatlarni shakllantirishning maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo munosabatlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari attraktiv munosabatlar kategorial tizimidagi refleksivlik, shaxsiy identifikatsiya jarayoniga yo‘naltirilgan emotsional va intellektual faollikni o‘zaro integratsiyalashtiruvchi metodologik yondashuvlarning pragmatik aspektlariga ko‘ra aniqlashtirilganligiga doir ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan “Bolalar jismoniy tarbiyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № 388-024 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonida metodologik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar asosida samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
tarbiyalanuvchilarda attraktiv munosabatlarni shakllantirish metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiiy rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan holda nutq va harakat uyg‘unligini ta’minlash, o‘zligini namoyon etish imkoniyatlarini oshirishning tinglovchi-yo‘naltiruvchi muloqot modeli emotsional-ekspressiv xususiyatlarini intensivlashtirish asosida takomillashtirilganligiga doir ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi loyihani bajarishda  foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorining 2023-yil 1-maydagi 03/1270-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim jarayonida maktabgacha ta’lim ixtisosligi bo‘yicha talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
attraktiv munosabatlar asosida tarbiyalanuvchilarda o‘z fikrlarini ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining funksional modeli shaxslararo munosabatlardagi tushunish, teng munosabatlar va o‘z-o‘zini namoyon etish qonuniyatlariga ko‘ra attraksiyaning shaxsiy ilentifikatsiya va hamfikrlilik kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligini vitagen faoliyatga tatbiq etish orqali takomillashtirilganligiga doir ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan “Bolalar jismoniy tarbiyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № 388-024 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni tarbiyalanuvchilar orasida attraktiv munosabatlarni shakllantirish va ularning ijtimoiylashuvini rivojlantirishga qaratilgan metodik ishlanmalar bilan boyitildi;
maktabgacha yoshdagi bolalarda attraktiv munosabatlar shakllantirish jarayonining samaradorligi shaxslararo attraktiv munosabatlar shakllanganlik darajasini aniqlovchi musiqiy-ritmik ekspressivlik, nutq ekspressivligi, logoritmik ekspressivlik, og‘zaki improvizatsiya kabi baholash mezonlarining optimal tanlangan muloqot uslubi, nutq hamda harakatning uyg‘unlik darajasiga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilganligiga oid xulosalardan tajriba-sinov obektlarida o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktagacha ta’lim agentligi tomonidan 2023-yil 11-dekabrdagi 03-774-sonli ma’lumotnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar umumiy rivojlanish jarayonini meyorlashtirishga doir tajribalar ommalashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish