Yusupov Ulugbek Mirtalibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat arxivlari korporativ tarmog‘ida elektron xizmatlarni ko‘rsatish model va algoritmlari”, 05.01.09 - “Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5647.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Abdushukur Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ hamkorlik rejimida davlat arxivlari tomonidan elektron arxiv xizmatlarini tashkil etish modellari va algoritmlarini hamda dasturiy kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arxiv hujjatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, axborot tizimlaridagi izlash jarayonlarini avtomatlashtirishni tavsiflashga imkoni beruvchi hujjatlar va arxiv xizmatlarini tizimli tasniflashga qaratilgan mezonlar asosida ko‘p darajali tuzilmaviy axborot modeli ishlab chiqilgan;
arxiv muassasalarining korporativ o‘zaro hamkorligi sharoitida faoliyatning texnologik ta’minotini yaratish uchun avtomatlashtirilgan arxiv tizimlari ma’lumotlar bazalarini shakllantirishning umumlashtirilgan algoritmi taklif etilgan;
korporativ hamkorlik rejimida ishlaydigan arxiv faoliyatidagi axborot tizimlari uchun dasturiy vositalarni yaratish imkon beruvchi elektron arxiv hujjatlarini ma’lumotlar bazasiga kiritish, elektron arxiv xizmatlarini ko‘rsatish va arxiv hujjatlarining sug‘urta nusxasini shakllantirish uchun algoritmlar majmuasi ishlab chiqilgan;
yaratilgan modellar va algoritmlar asosida mahalliy va korporativ axborot tarmoqlarida arxiv ma’lumotlarini qidirishga imkon beruvchi integratsiyalashgan arxiv axborot tizimi tarkibidagi quyi tizimlarning funksional va tashkiliy tuzilmalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat arxivlari korporativ tarmog‘ida elektron xizmatlarni ko‘rsatish model va algoritmlarini yaratish bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida:
arxiv hujjatlarini qayta ishlash jarayonlarini tashkil etishni tavsiflash uchun ko‘p bosqichli tuzilmaga oid axborot modeli “O‘zarxiv” agentligi axborot tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2026-yil 3-fevraldagi 25/9-1771/8-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, arxiv xizmatlarini ko‘rsatish tezligi 6 barobargacha orttirishga hamda arxiv xizmatlari foydalanuvchilari soni an’anaviy xizmatlar davriga nisbatan 50 foizga ko‘payishiga hamda daromad hajmi an’anaviy xizmatlar ko‘rsatish davriga nisbatan 2,4 barobarga oshirishga erishilgan;
arxiv muassasalarining korporativ hamkorligi sharoitida avtomatlashtirilgan arxiv tizimlarini yaratishga imkon beruvchi ma’lumotlar bazalarini shakllantirishning umumlashtirilgan algoritmi Andijon viloyati davlat arxivlari tizimida joriy etilgan (Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2025-yil 17-iyundagi 25/9-1771/8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, arxiv muassasalari o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi, ma’lumotlar bazalarining integratsiyasi va hujjatlarni qayta ishlash jarayonlarining avtomatlashtirilishi ta’minlangan bo‘lib, bu avtomatlashtirilgan arxiv tizimlarining funksional samaradorligini 5 barobarga oshirish imkonini bergan;
elektron arxiv hujjatlarini ma’lumotlar bazasiga kiritish, elektron arxiv xizmatlarini ko‘rsatish hamda arxiv hujjatlarining sug‘urta nusxasini korporativ hamkorlik rejimida shakllantirish uchun algoritmlar O‘zbekiston milliy arxiviga joriy etilgan (O‘zbekiston Milliy arxivining 2025-yil 22-iyuldagi 01-17/753-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy arxividagi xizmatlarini ko‘rsatish tezligi 6 barobargacha orttirishga hamda arxiv xizmatlari foydalanuvchilari soni an’anaviy xizmatlar davriga nisbatan 40 foizga ko‘payishiga hamda daromad hajmi an’anaviy xizmatlar ko‘rsatish davriga nisbatan 2 barobarga oshirishga erishilgan;
yaratilgan model va algoritmlar asosida integratsiyalashgan arxiv axborot tizimi tarkibida turli xil quyi tizimlarining funksional va tashkiliy tuzilmalari Andijon viloyati arxivlari tizimida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashining 2026-yil 3-fevraldagi 25/9-1771/8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, arxiv faoliyatiga oid quyi tizimlar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik va axborot almashinuvi ta’minlangan, boshqaruv jarayonlarini tashkil etish takomillashtirilgan hamda Andijon viloyatida arxiv xizmatlari foydalanuvchilari soni an’anaviy xizmatlar davriga nisbatan 45 foizga ko‘payishiga erishilgan.