Baxromov Boxodirjon Mirzaabdulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Elektrolit tarkibi optimallashgan TiO2-quyosh elementlarini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM691.
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosir Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/2025.27.12.FM/T.01.06.
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Shahriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Tagaev Marat Baymuratovich, texnika fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: 
TiO2 asosli quyosh elementlarini ishchi qatlamlaridagi elektrolitning samaradorlikka ta’sirini o‘rganish orqali ishchi qatlamida yarimo‘tkazgichli xususiyati kuchaytirilgan samarador DSSC elementini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
TiO₂ yarimo‘tkazgich materialining mezog‘ovakli nanostrukturasi asosida ishlaydigan DSSC quyosh elementlari uchun I₂/I₃⁻ redoks juftlikli gel-polimer elektrolit tarkibini optimallashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
quyosh elementlari ishchi qatlamdagi elektrolit tarkibidagi I₂–I₃⁻ optimal miqdori birinchi marta aniq aniqlangan: 0,005 g I₂ va 0,05 g KI nisbati eng yuqori ion o‘tkazuvchanlikni ta’minlashi Nyquist va Bode diagrammalari hamda DC polarizatsiya usuli orqali elektrokimyoviy o‘lchov natijalaridan hisoblab chiqariladi hamda ion o‘tkazuvchanlik ulushi tᵢ ≈ 0,85–0,92 ekanligi aniqlangan;
ilk bor ishchi qatlamdagi elektrolit tarkibini optimallash orqali salt ishlash kuchlanishi Vsk=0,55-0,6 V, qisqa tutashuv toki Iqt=11-19 mA xarakteristikalariga ega TiO₂ asosli DSSC fotoelementlar tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tayyorlangan quyosh elementlari ishchi qatlamdagi elektrolit tarkibini optimallash orqali, oldingi texnologiyalarda tayorlangan fotoelemetlardan effektivligi 1,15-2,37% yuqori bo‘lgan quyosh elementi yaratilgan.
ilk bor EIS va DC polarizatsiya usullari kompleksida gel-polimer elektrolitning yarimo‘tkazgichli xususiyatlarini kuchaytirish mexanizmi tadqiq tadqiq qilib harorat ortishi (20–100°C) bilan impedans qiymatining kamayishi ionlarning kinetik energiyasi ortishi bilan izohlangan, zaryad tashuvchilarning diffuziya koeffitsienti (D), erkin yugurish uzoqligi (Lₙ) va yashash vaqti (τrec) parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektrolit tarkibi optimallashgan TiO2-quyosh elementlarini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish asosida:
Elektrokimyoviy impedans spektroskopiya usulida olingan natijalardan suyuq elektrolitlar, kondensatlangan tuzlar, ionoʼtkazuvchi polimerlar va shishalarning ion oʼtkazuvchanligini aniqlashda va ulardagi zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi, harakatchanligi hamda diffuziya koeffitsientini yaxshilashga yordam berdi. Impedans spektroskopiya metodi asosida muhitning o‘tkazuvchanligi o‘rganish “Foton” aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli elektron  qurilmalar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy etilgan (“FOTON” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 02/02 dagi 32 - son ma’lumotnomasi). Natijada fotoelement tarkibiy qismlarining o‘tkazuvchanlik tavsiflari elektrolit tarkibining optimallashtirish ta’siri asosida fotoelementlarning foydali ish koeffisientini orttirishga, jumladan, iqtisodiy arzon va ekologik bezarar materiallardan foydalanishga imkon yaratilgan.
Yupqa qatlamli fotoelementlarning samaradorligi fotoanodning tarkibi va elektrolit tarkibi va kontur elektrod materiallarining ta'siri natijalari asosida Malayziyaning “Xalqaro Islom universitetida Ion markazi” da ijobiy xarakteristikaga ega yuqori sezgir bo‘yoqli fotoelementlar tayyorlashda foydalanishda amaliyotga joriy etilgan. (Malayziya Xalqaro islom universiteti 24.12.2024 dagi № IIUM/304/C/5/5/1 sonli ma’lumotnomasi). DSSC Fotoelementini tayorlashda elektrolit tarkibini optimallashtirish natijasida oldingi shu texnologiya yordamida tayorlanganlardan effektivligi 1,15-2,37% yuqori bo‘lgan quyosh elementi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish