Shamadinova Nargis Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy mineral xomashyo va sanoat chiqindisi asosida olovbardosh alyumofosfatli elim kompozisiyasini fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T2767.
Ilmiy rahbar: Jalilov Abduxalil, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: faollashtirilgan ikkilamchi alyuminiy oksidi, xrom oksidi, mahalliy mineral xom ashyosi va ortofosfat kislotasi asosida olovbardosh elim olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlangan faol alyuminiy oksidi, Cr2O3 kaolin va gilning fosfat bog‘lovchi bilan o‘zaro ta’sir qonuniyatlari aniqlangan, uning asosida samarador olovbardosh elim tarkibi ishlab chiqilgan;
faollashtirilgan Al2O3, Cr2O3, kaolin, gil asosida olingan o‘tga chidamli elim hamda fosfatli o‘tga chidamli moddalar va bog‘lovchilarning fizik-mexanik hamda issiqlik xususiyatlari aniqlangan;
Al2O3 va Cr2O3-H3PO4 tarkibli olovbardosh elimga 13-15% miqdorida gilli qo‘shimchalar – o‘tga chidamli gil yoki kaolinning kiritilishi olovbardosh elimning texnologik va termomexanik xususiyatlarini yaxshilashi isbotlangan;
issiqlik-mexanik tahlil natijasida 300°C da issiqlik bilan ishlov berilgan olovbardosh elim uchun 700-800°C harorat oralig‘ida birlamchi isitish vaqtida amorf fazaning kristallanishining boshlanishi sababli uzilishga mustahkamlik 5,2MPa dan 1100°C gacha ikkilamchi isitish davomida mustahkamlikning 7,4MPa ga ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida o‘tga va issiqlikka chidamli alyumofosfatli elim materiallarini olish, atrofidagi ekologik muhitni yaxshilash uchun kuchli ishqoriy muhitga ega bo‘lgan distiller suyuqligini qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliu mineral xom ashuo va sanoat shiqindisi asosida olovbardosh aluuminiufosfatli uelim tarkibi «BEKABOD OGNEUROR» qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan («BEKABOD OGNEUROR» qo‘shma korxonasining 2023 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat shiqindilari, faollashtirilgan aluuminiu oksidi, xrom oksidi, kaolin, gilturroq va H3RO4 asosida uuqori texnik xususiuatlarga ega bo’lgan olovbardosh aluumofosfat uelimlar olish imkonini bergan;
eksrluatatsiua harorati 1100 °S gasha bo’lgan peshlar ushun konstruksiualarining qoplamalarini qurish ushun olovbardosh alyumofosfat uelimini ishlab shiqarish va qo’llash texnologiuasi «BEKABOD OGNEUROR» qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan («BEKABOD OGNEUROR» qo‘shma korxonasining 2023 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olovbardosh fosfat uelimlarni ishlab shiqarish imkonini bergan.