Nurxonov Davronbek Xursand o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Beton va asfal`t-beton yo‘llarini ta’mirlash va germetizatsiyalash uchun fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan samarali kompozision materiallarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6092.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Dilshod Ismatillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Baxodir Boypo‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Dehqonboy Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: beton va asfal`t-beton yo‘llarini ta’mirlash va germetizatsiyalash uchun fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan samarali kompozision materiallarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan va mexanik faollashtirilgan organomineral ingredientlarni kiritish orqali germetiklovchi kompozision materiallarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan; 
modifikatsiyalangan germetiklovchi kompozision materiallarning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini sinergetik effekt hisobiga yaxshilanishi ilmiy asoslangan; 
avtomobil`’ yo‘llarini ta’mirlash va germetizatsiyalashda ishlatiladigan yangi olingan kompozision asfal’tbeton qoplamalarning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilanib, mayda zarrali rezina kukuni hisobiga germetik kompozision mastikalarning yumshatish haroratini 1020S dan 1720S oshishi aniqlangan; 
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosidagi organomineral ingredientlarning tuzilishi, tarkibi, miqdori va nisbatiga qarab kompozision germetiklovchi materiallarning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilanishi hisobiga germetizatsiyalovchi kompozisiyaning beton bilan bog‘lanish mustahkamligi 0,5 MPadan 1,3 MPaga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Beton va asfal`t-beton yo‘llarini ta’mirlash va germetizatsiyalash uchun fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan samarali kompozision materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yo‘l qurilishi va texnologik xususiyatlari yaxshilangan mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida kompozision asfal’t-beton materiallarni olishning maxsus texnologiyasi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan asfal`tbeton zavodida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2025 yil 27 noyabrdagi  04-5964–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil` yo‘llarini ta’mirlash va germetizatsiyalashni yaxshilashda ishlatiladigan yangi olingan kompozision asfal`t-beton qoplamalarining fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilanib, BN-90/10 markali bitum asosidagi kompozision asfal`t-beton qoplamasining yumshash harorati mayda zarrali rezina kukuni miqdorining ortishi bilan yaxshilanganligi, shuningdek, yaratilgan germetik kompozision mastikalarning yumshatish haroratini 1020S dan 1720S gacha oshirish imkonini bergan; 
avtomobil` yo‘llarining asfal`t-beton qoplamalari yoriqlari va sement-beton qoplamalari deformatsion choklarini to‘ldirish uchun kompozision germetizatsiyalovchi materiallarning samarali tarkibi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan asfal`t-beton zavodida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2025 yil 27 noyabrdagi 04-5964–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sement-beton qoplamali yo‘llarning deformatsion choklari va asfal`t-beton yo‘llardagi yoriqlar mazkur kompozisiya yordamida germetiklash natijasida, ularning ishlash qobiliyatini 2,5-3 marotabaga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish