Davlatov Salim Sulaymonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi ventral churrali bemorlarni xirurgik davolash», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib102.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti oliy ta’lim Federal davlat byudjet ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gernioplastika usulining taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish va usulni tanlashni optimallashtirish yo‘li bilan amaliyotdan keyingi ventral churralarni davolash samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin to‘g‘ri mushaklari aponevrozi morfologik tuzilishining yoshga ko‘ra o‘zgarishi, shuningdek qorin old devorining mustahkamligiga ta’sir etuvchi, mexanik zo‘riqishga moslashuvini kamaytiradigan va amaliyotdan keyingi ventral churralarni shakllanishi yoki qaytalanishiga sabab bo‘luvchi omillar aniqlangan;
katta ventral churrali bemorlarni amaliyotgacha yurak-qon tomir va nafas olish tizimini gernioplastikadan keyingi intraabdominal gipertenziyaga moslashishiga tayyorlash uchun takomillashtirilgan pnevmatik belbog‘-bandajni qo‘llash usullari ishlab chiqilgan;
mushak-aponevroz qavati normal qon aylanishini saqlab qolgan holda bo‘shliq hosil qilmaydigan aponevrozdan dublikat hosil qilinishini ta’minlaydigan modifikatsiya qilingan choklardan foydalanib, ventral churralarning oldini olish va davolash usuli takomillashtirilgan;
qorin ptozi bo‘lgan bemorlarda allogernioplastikani qo‘llash vaqtida protezni mustahkamlash texnik bosqichini optimallashtirish uchun “Tibbiy igna tutqich”i asbobi takomillashtirilgan;
kundalik jismoniy, aqliy va ijtimoiy faoliyatning qiymatini farqlash orqali amaliyotdan keyingi ventral churralarni gernioplastikasidan so‘ng bemorlarning hayot sifatini baholash uchun shkalaning aniq birlashtirgan klinik va instrumental mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amaliyotdan keyingi ventral churrali bemorlarni tashxislash va jarrohlik usulida davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
takomillashtirilgan «Tibbiy igna tutqich» uchun Intellektual mulk agentligining foydali patenti olingan (№ FAP 01325 19.09.2018). Taklif etilgan vositaning qo‘llanilishi muolajani ortiqcha vazn fonida protezni mustahkamlash bilan bog‘liq texnik qiyinchiliklarni kamaytirish, amaliyot vaqtini qisqartirish imkonini bergan;
«Amaliyotdan keyingi ventral churrali bemorlarni olib borish algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 maydagi 8n-z/84-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar amaliyotdan keyingi ventral churrali bemorlarda amaliyot taktikasini tanlashni optimallashtirish imkonini bergan;
amaliyotdan keyingi ventral churrali bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash sifatini oshirish bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 maydagi 8n-z/84-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Amaliyotdan keyingi ventral churrali bemorlarni jarrohlik usulida davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish natijalarini joriy etish amaliyotdan keyingi asoratlarning umumiy ko‘rsatkichini 18,5% dan 8,5% gacha kamaytirish, shu jumladan, jarohatga bog‘liq asoratlarni 11,9% dan 4,9% gacha, qorin bo‘shlig‘idan tashqari asoratlarni 6,9% dan 3,7% gacha, shuningdek turli xil gernioplastika turlaridan keyin jarrohlik usulida davolash va reabilitatsiya davrlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan.