Sayt test rejimida ishlamoqda

Uzoqov G‘ulom Norboevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Meva-sabzavot omborlari issiqlik-sovuqlik ta’minoti tizimining energetik samaradorligini noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanib oshirish usullari»,  05.05.04-«Sanoat issiklik energetikasi» ixtisosligi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.T468.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va energetika va avtomatika instituti, 16.07.2013.T.02.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxiddinov Djaloliddin Nosirovich, texnika fanlari doktori, professor; Avezov Rabbanaqul Raxmonovich, texnika fanlari doktori,  professor;  Iskandarov Zafar Samandarovich texnika fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti qoshidagi maxsus konstruktorlik texnologik byurosi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish asosida meva-sabzavot omborlarining energiya samarador issiqlik-sovuqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

meva-sabzavot omborlarining issiqlik-sovuqlik taminoti tizimida noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy asoslangan  prinsipial sxemalari ishlab chiqilgan;

past potensialli ventilyasiya chiqindi issiqligi, meva-sabzavot mahsulotlarining nafas olish issiqligi va sovutish agentining kondensatsiyalanish issiqligini utilizatsiya qilish usuliga asoslangan, qo‘shimcha issiq suv olinadigan issiqlik nasosli issiqlik-sovuqlik ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan;

ilk bor omborlarda optimal namlik rejimini saqlash uchun quyosh energiyasi va sovutish kamerasining past potensialli chiqindi issiqligi qo‘llaniladigan energiya samarador havoni namlantirish tizimi ishlab chiqilgan;

sovutish sikli orqali bir vaqtda isitish va sovutish amalga oshiriladigan energiya samarador “Sabzavot ombori - gelioissiqxona” qo‘shma termodinamik tizimi ishlab chiqilgan;

sovutish kamerasi va mahsulotlar shtabelida nobarqaror issiqlik-namlik rejimini chuqur tadqiqot qilish imkonini beradigan, mahsulotlarni tabiiy sovuqlik bilan sovutishda issiqlik va massa almashinuvi jarayonlarining takomillashtirilgan matematik modeli ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Issiqlik nasosli issiqlik-sovuqlik ta’minoti tizimining sxemalari, meva-sabzavot omborlarning energetik samaradorligini oshirish usullari, energiya samarador “Sabzavot ombori-gelioissiqxona” qo‘shma tizimi va piroliz qurilmalari O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi korxonalar, jumladan, Qashqadaryo viloyatining «Baxt», «Dovrug‘» va «Nishonboy Allamuratovich» fermer xo‘jaliklarida joriy etilib, meva-sabzavot omborlarining energiya ta’minotida 23 foizi (721,8 kVt.soat/tonna) energiya sarfi kamayishi va omborlarning texnologik ehtiyoji uchun ishlatiladigan issiq suv ta’minotida 14068 m3tabiiy gaz (17,28 tonna shartli yoqilg‘i) tejalishi hisobiga umumiy o‘rtacha yillik iqtisodiy samara 104 mln. so‘mni tashkil etgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 27 apreldagi 02/15-350-son ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish