Qosimov Xusan Raxmatullaevish
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): ““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi magistral teplovozlar ramasi texnik holatini va qoldiq resursini baholash”, 05.08.05 – “Temir yo’llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5152
Ilmiy rahbar: Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamaev Sherali Ibroximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor; Tret’yakov Aleksandr Vladimirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: 2TE10M va UzTE16M teplovozlarning resursidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ularning rama konstruksiyasining joriy texnik holatini inobatga olgan holda qoldiq resursini baholash va xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: magistral teplovozlar rama konstruksiyalarining egilish va deformatsiya holatining qoldiq resursga bog‘liqligi statik yuklanish jarayonida eksperimental tahlillar asosida aniqlangan;
foydalanishda bo‘lgan 2TE10M va UzTE16M turidagi magistral lokomotivlarining umumiy bosib o‘tgan masofasi, rama konstruksiyalarining joriy texnik holati hamda materiallarining fizik-mexanik xususiyatlarini inobatga olish imkonini beruvchi sinov uslubiyoti takomillashtirilgan;
teplovozlar rama konstruksiyalarining me’yoriy hamda ekspluatatsion yuklamalar ta’sirini inobatga olgan holda kuchlanganlik–deformatsiya holatini baholash imkonini beruvchi chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
2TE10M va UzTE16M turidagi magistral teplovozlarning xizmat muddatini uzaytirish uslubiyati rama konstruksiyalari qoldiq resursi, joriy texnik holati, statik yuklanish sharoitidagi qoldiq deformatsiyasi va kunlik bosib o‘tadigan masofasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ lokomotiv parkida foydalanilayotgan 2TE10M va UzTE16M turidagi magistral teplovozlar ramasi texnik holati va qoldiq resursini baholash bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar va sinov natijalari asosida:
magistral teplovozlarning qoldiq resursi mavjudligi aniqlanib ularning xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan texnik echimlar ishlab chiqilgan va «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» AJ korxonasida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 24.06.2025-yildagi № 4/E862 sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston temir yo‘llarining «Buxoro», «Qo‘ng‘irot» va «Qo‘qon» lokomotiv depolarida UzTE16M turidagi №005, №010 va №019 magistral teplovozlarining xizmat muddati 10-yilga uzaytirishga erishilgan.
magistral teplovozlar qoldiq resursini baholashda rama konstruksiyalarining joriy texnik holati, materiallarining
fizik-mexanik xususiyatlari hamda ekspluatatsiya sharoiti va yuklanish darajasini hisobga olgan holda xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan uslubiyat ishlab chiqilgan va “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJda magistral teplovozlarning xizmat muddatini uzaytirish jarayonida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 24.06.2025-yildagi № 4/E862 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat muddati uzaytirilgan teplovozlarning har biridan kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 1 350 000 000 (bir milliard uch yuz ellik million) so‘mni tashkil etgan.