Sherimbetova Nargiza Nietbay qizining 
filologiya fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nutq aktining lingvopragmatik va lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4500.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Usarov Ibroximjon Kurpashaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Gavharoy Isroiljon qizi, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida iltimos, taklif va kechirim so‘rash nutq aktlarining lingvistik realizatsiya modellari va madaniy o‘lchovlar asosida lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutq aktlari nazariyasi lingvopragmatik va lingvokulturologik yondashuvlar uyg‘unligida tadqiq etilib, muloqot odobini tartibga soluvchi lisoniy iboralarning ijtimoiy-madaniy o‘lchovlari aniqlangan;
Austin va Searle nutq aktlari nazariyasini lingvopragmatik tahlil qilishni boyitish maqsadida yangi terminlarni sintaktik jihatdan tahlil qilish zaruriyati asoslangan va ularning ilmiy muomalaga kiritilishi isbotlangan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida iltimos, taklif va uzr so‘rash nutq aktlarining lingvopragmatik xususiyatlari Trosborg hamda Martinez-Flor modellari asosida badiiy asarlar materiallari orqali tizimli ravishda dalillangan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi iltimos, taklif va uzr so‘rash nutq aktlarining lingvokulturologik xususiyatlari Hofstede va Triandisning madaniy o‘lchovlari asosida badiiy asarlar misolida tahlil qilinib, ularning milliy-madaniy farqlari va o‘xshashliklari ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib: 
nutq aktlari nazariyasi lingvopragmatik va lingvokulturologik yondashuvlar uyg‘unligida tadqiq etilib, muloqot odobini tartibga soluvchi lisoniy iboralarning ijtimoiy-madaniy o‘lchovlari  bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston” teleradiokanalining “Kúsh bilimde” va “Ruwxıylıq bostanı” nomli ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (“Qoraqalpog‘iston” teleradiokanalining 2025-yil 16-maydagi 05-22/289-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxslararo munosabatlarni boshqarishda lingvomadaniy va lingvopragmatik omillarning ahamiyatini, nutq odobining o‘zaro bog‘langan lisoniy o‘lchovlarini keng jamoatchilikka ilmiy-ommabop shaklda tushuntirib berishda samarali bo‘lgan;
Austin va Searle nutq aktlari nazariyasini lingvopragmatik tahlil qilishni boyitish maqsadida yangi terminlarni sintaktik jihatdan tahlil qilish zaruriyati asoslangan va ularning ilmiy muomalaga kiritilishiga doir xulosalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-FI-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini ilmiy o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 17-iyundagi 333/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida nutq aktlarining pragmatik va sintaktik xususiyatlarini tizimlashtirish, sohani yangi ilmiy terminlar bilan boyitish hamda badiiy matnlardagi muloqot tizimining lingvistik tabiatini aniqlash imkonini bergan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida iltimos, taklif va uzr so‘rash nutq aktlarining lingvopragmatik xususiyatlari Trosborg hamda Martinez-Flor modellari asosida badiiy asarlar materiallari orqali tizimli ravishda dalillanganligiga doir natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyatiga 10-son bayonnomasi bilan joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengash huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yil 2-maydagi 11-09/5-06/444-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar departament majlislarida ma’ruza sifatida tinglanib, milliy tilning ijtimoiy nufuzini oshirish, mutaxassislarning kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda nutqiy muloqot madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi iltimos, taklif va uzr so‘rash nutq aktlarining lingvokulturologik xususiyatlari Hofstede va Triandisning madaniy o‘lchovlari asosida badiiy asarlar misolida tahlil qilinib, ularning milliy-madaniy farqlari va o‘xshashliklariga oid xulosalar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi faoliyatiga tadbiq etilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 2-iyundagi 01-02/03-119-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeydagi yozma adabiyot manbalarini ilmiy tavsiflash, qoraqalpoq nutqiy madaniyati tarixini eksponatlar misolida yoritish hamda adabiy meros namunalarining kommunikativ qiymatini ochib berishda nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish