Eshimbetova Gulzada Davletovnaning 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz tilining jumla tarkibidagi yakuniylik kategoriyasi va uning pragmatik xususiyatlari”, 10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil3398.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Usmonov O‘rol Usmonovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Asadov Rustam Muminovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili sodda va qo‘shma gaplar tarkibida final sintaksemalar, ularning variantlari hamda pragmatik, sintaktik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili gap qurilmasida final sintaksemalar tobe va yadro komponentlar o‘rnida kelishi, ularning sintaktik xususiyatlari va uning bosqichlarini anglatuvchi fe’llar guruhlari tasniflanib, leksik-semantik xususiyatlari va pragmatik munosabatlari asoslangan;
ingliz tili gap qurilmasida final sintaksemani faollashtiruvchi leksik, grammatik va sintaktik birliklar aniqlanib, ularning qamrovi komponent modellarda, sintaktik aloqalari yunksion modellarda tasvirlangan;
final sintaksemalar qatnashgan gaplarning sintaksem tahlili natijasida ularning kategorial va nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilari aniqlangan va boshqa sintaksemalar bilan birikish imkoniyatlari ochib berilgan;
final sintaksemalarning konnotativ variantlarini aniqlanib, ularning funksional-kommunikativ va pragmatik xususiyatlari tasniflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili gap tarkibida final sintaksemalarni lisoniy tadqiqot metodlari yordamida tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
ingliz tili gap qurilmasida final sintaksemalar tobe va yadro komponentlar o‘rnida kelishi, ularning sintaktik xususiyatlari va uning bosqichlarini anglatuvchi fe’llar guruhlari tasniflanib, leksik-semantik xususiyatlari va pragmatik munosabatlariga doir natijalardan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 27-avgustdagi 344/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ishda aks etkan lingvistik karashlar tillarni urganishka oid nazariy yunalishlar va funksional asosda urganishka doyir ilimiy xulosalar loyixani metodologik jixattan boyitishka xizmat kilgan;
ingliz tili gap qurilmasida final sintaksemani faollashtiruvchi leksik, grammatik va sintaktik birliklar aniqlanib, ularning qamrovi komponent modellarda, sintaktik aloqalari yunksion modellarda tasvirlanganligiga oid xulosalardan Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilar uchun materiallar tayyorlashda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2024-yil 23-avgustdagi 01-01/03-140-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy va mahalliy sayyohlar respublika xalqi, madaniyati, hududi haqida etarlicha ma'lumotlarga ega bo‘lishi va ingliz tilida bayon qilingan axborotlar saviyasi oshirilishiga xizmat qilgan; 
final sintaksemalar qatnashgan gaplarning sintaksem tahlili natijasida ularning kategorial va nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilari aniqlangan va boshqa sintaksemalar bilan birikish imkoniyatlari hamda final sintaksemalarning konnotativ variantlarini aniqlanib, ularning funksional-kommunikativ va pragmatik xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-sentyabrda efirga uzatilgan “Assalawma aleykum, Qaraqalpaqstan” ko‘rsatuvining hamda 2024-yil 25-sentyabrda efirga berilgan “Kush bilimde” radioeshittirishining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2024-yil 25-sentyabrdagi 05-22/422-son ma’lumotnomasi). Natijada, rasmiy va norasmiy matnlarni chet tilida yani ingliz tilida ifoda qilishda to‘liq muqobillikka erishishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish