Murodillaev Behzod Boxodir o‘g‘lining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini mobil ilovalar vositasida rivojlantirish texnologiyasi (9-sinf misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6468
Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tajibaev Gayratjon Shovdorovich 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Javoxir Abduraxim o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori(DSc), dotsent; Abduganieva Djamilya Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbeksiton milliy pedagogika universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 9-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini mobil ilovalar vositasida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yuqori sinf o‘quvchilarning ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini rivojlantirilishining lingvodidaktik asoslari chet til o‘rgatishning grammatik-tarjima, tabiiy, situativ, audiolingual, shaxsga yo‘naltirilgan, kommunikativ va leksik yondashuvlaridagi leksikani tanlash mezonlari, manbayi va birligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
9-sinf o‘quvchilari uchun leksikaga oid til materialini tanlashning hisob-kitob, metodik, tilshunoslik mezonlari lugʻatni oqilona chegaralash tamoyili asosida takomillashtirilgan, leksikani o‘rgatishning tasodifiylik (incidental), ehtiyojlarini hisobga olish, muayyan maqsadga yoʻnaltirish tamoyillari aniqlashtirilgan;
9-sinf o‘quvchilaring ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirilishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni oldini olish, reproduktiv va reseptiv nutqda leksikani qo‘llashda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi “Grade 9 Vocabulary” nomli dasturiy ta’minot leksikani o‘rgatishning implisit (kontekst asosida), eksplisit (bevosita tushuntirish asosida), tarjimali va tarjimasiz usullari hamda ona tili, ikkinchi (rus) til va chet (ingliz) tilda leksikani o‘rgatishning qiyosiy va chogʻishtirma tahlillari asosida yaratilgan;
leksik kompetensiyaning egallanganlik darajasini aniqlash mezonlari tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv, pragmatik, sotsiolingvistik, strategik (kommunikativ muammolarni bartaraf etish harakatlar tizimidan foydalanish) va kompensatsiyalovchi (leksik kompetensiyadagi nuqsonlar o‘rnini qoplash)  kompetensiyalari bilan integratsiyalashtirib umumlashtirilgan va ushbu mezon talablaridan kelib chiqib leksik kompetensiyaning mobil ilova vositasida rivojlantirilishiga xizmat qiluvchi lingvodidaktik texnologiya takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
chet til o‘rgatishning grammatik-tarjima, tabiiy, situativ, audiolingual, shaxsga yo‘naltirilgan, kommunikativ va leksik yondashuvlaridagi leksikani tanlash mezonlari, manbayi va birligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan yuqori sinf o‘quvchilarning ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini rivojlantirilishining lingvodidaktik asoslari 60111802 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)  bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Ingliz tili o‘qitish metodikasi” fan dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarga singdirilgan (Namangan davlat chet tillar instituti tomonidan 2025-yil 19-dekabrda berilgan 3356-03–sonli ma’lumotnoma). Natijada, fan dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarning “Leksikani o‘rgatish” modullari takomillashtirilgan. 
lugʻatni oqilona chegaralash tamoyili asosida umumlashtirilgan 9-sinf o‘quvchilari uchun leksikaga oid materialni tanlashning hisob-kitob, metodik, tilshunoslik mezonlaridan hamda leksikani o‘rgatishning tasodifiylik (incidental), ehtiyojlarini hisobga olish, muayyan maqsadga yoʻnaltirish tamoyillari asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan 2024-2025-yillarda bajarilgan ERASMUS+ mobility project “Project n. 2024-1-IT02-KA171-HED-000209878 between Pisa university and Namangan state institute of foreign languaGES” nomli loyihaning ta’limiy va madaniy sohadagi tadbirlar va amaliy ishlarida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2026-yil 24-fevraldagi KA17-UNIPI/NamSIFL-0014-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilida 9-sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishni ommalashtirishga ximat qilgan.
leksikani o‘rgatishning implisit, eksplisit, tarjimali va tarjimasiz usullari hamda ona tili, ikkinchi (rus) til va chet (ingliz) tilda leksikani o‘rgatishning qiyosiy va chog‘ishtirma tahlillari asosida yaratilgan 9-sinf o‘quvchilaring ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirilishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni oldini olish, reproduktiv va reseptiv nutqda leksikani qo‘llshda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni bartaraf etishga xizmat qilivchi “Grade 9 Vocabulary” nomli dasturiy ta’minotdan Namangan, Andijon va Fargona viloyatlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 21-noyabrdagi 01/11-1-797-son ma’lumotnomasi). Natijada, mobil ilovaning samaradorligi amaliy isbotlangan.
tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv, pragmatik, sotsiolingvistik, strategik va kompensatsiyalovchi kompetensiyalari bilan integratsiyalashtirib umumlashtirilgan leksik kompetensiyaning egallanganlik darajasini aniqlash mezonlari va ushbu mezon talablaridan kelib chiqib leksik kompetensiyaning mobil ilova vositasida rivojlantirilishiga xizmat qilivchi lingvodidaktik texnologiyadan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2025 yil mart va avgust oylarida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali DMning 2025-yil 7-noyabrdagi 05-09-1769-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lingvodidaktik texnologiya ommalashtirilgan, teletomoshabinlarning til o‘rganishda mobil ilovalardan foydalanish savodxonligi oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish