Shomurotova Charos Ravshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida epik tasvir xossalari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2471
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: Imomova Gulchehra Muhammadievna filologiya fanlari doktori,professor va Suloymonov Isroil Isomiddinovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani misolida epik tasvirga xos qahramon ruhiyati va xarakteri, syujet va uning xossalari, adibning peyzaj va interer yaratish mahorati singari badiiy-estetik qonuniyatlarni ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Alisher Navoiy” romanidagi badiiy portretlar: 1) “Makorim ul-axloq” asaridan asarga ko‘chgan portretlar; 2) muallif tilidan tasvirlangan portretlar; 3) qahramon nutqi vositasida yaratilgan portretlar; 4) ijtimoiy holatni aks ettirgan ramziy portretlar va 5) peyzaj-portretlar tarzida nazariy tasnif etilgan hamda roman badiiyatini yuksaltirishdagi o‘rni misollar asosida dalillangan;
romandagi xarakter tasviri badiiy-estetik va ijtimoiy-axloqiy negizda tasniflanib, dialog, o‘xshatish, tazod, monolog, qahramon va muallif nutqining xarakterni shakllantirishdagi poetik vazifasi aniqlangan hamda xarakterning badiiyligi, umumbashariyligi, axloqiy sifatlari, davr koloritini aks ettirishi hamda xarakter va syujet uyg‘unligi masalalari asoslangan;
asar syujetidagi “plastik” tasvir xususiyatlari sifatida muallif uslubi, badiiy psixologizm va uning romanda aks etishi, badiiy tasvir vositalari nazariy asosda sharhlangan hamda “noplastik” elementlarning epik funksiyalari oydinlashtirilgan; epik tasvir badiiyatini ta’minlashda muallifning roli aniqlanib, muallif – faylasuf, muallif – tarixchi, muallif – adabiyotshunos tarzida ijodkorning badiiy vazifasi belgilangan;
romanda jami 82 ta sarlavhadan foydalanilgani statik jihatdan aniqlanib, ular: 1) kishi nomi bilan atalgan (“Abulxayrxon”, “Muhammad Shayboniyxon”); 2) joy nomlarini aks ettirgan (“Hiriy. 849-yil”, “Astrobod”); 3) voqea-hodisaga ishora etilgan (“Shoxruz Mirzoning o‘limi”, “Saltanat to‘fonlari”); asar nomlari bilan ifodalangan (“Badoyi ul-vasat”, “Xamsa” quvonchi”); peyzaj vositasida hosil qilingan (“Hiriyda bir tong”, “Gul sayli”) tarzida tasniflanib, sarlavhalarning asar badiiyatida tutgan o‘rni ochiqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida epik tasvir xossalari mavzusini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
“Alisher Navoiy” romanidagi portret va xarakterning badiiy-estetik va ijtimoiy-axloqiy asosda katta epik ko‘lamda tasvirlanganiga oid tahlillardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli "O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish" (Vikipediya elektron ensiklopediyasi rnezonlari asosida)" nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-fevraldagi 04/1-564-son ma’lumotnomasi). Badiiy portretlar yangicha yondashuv asosida: “Makorim ul-axloq” asaridan romanga ko‘chgan; muallif tilidan tasvirlangan; qahramon nutqi vositasida yaratilgan; ijtimoiy holatni aks ettirgan hamda peyzaj-portretlar tarzida nazariy tasnif etilgani, dialog, o‘xshatish, tazod, monolog, qahramon va muallif nutqining xarakter tasviridagi o‘rni aniqlanib, xarakterning badiiyligi, umumbashariyligi, axloqiy sifatlari, davr koloritini aks ettirishi hamda xarakter va syujet uyg‘unligi asoslangani bilan bog‘liq xulosalar elektron platforma materiallarining ilmiy-nazariy jihatdan xilma-xilligini ta'minlagan.
Dissertatsiyada keltilrilgan asar syujetidagi “plastik” tasvir xususiyatlari sifatida muallif uslubi, badiiy psixologizm va uning romanda akslanishi, badiiy tasvir vositalari nazariy asosda sharhlangani hamda “noplastik” elementlarning epik funksiyalari oydinlashtirilgani bilan bog‘liq tahlillardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli "O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish" nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-fevraldagi 14/1-565-son ma’lumotnomasi). Natijada epik tasvir badiiyatini ta’minlashda muallifning roli aniqlanib, muallif – faylasuf, muallif – tarixchi, muallif – adabiyotshunos tarzida ijodkorning badiiy vazifasi belgalanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan.
Ishdagi portret va xarakter yaratish, plastik va noplastik tasvir mahoratiga doir nazariy fikrlar hamda kishi nomi bilan atalgan (“Abulxayrxon”, “Muhammad Shayboniyxon”); joy nomlarini aks ettirgan (“Hiriy. 849-yil”, “Astrobod”); voqea-hodisaga ishora berilgan (“Shoxruz Mirzoning o‘limi”, “Saltanat to‘fonlari”); asar nomlari bilan ifodalangan (“Badoyi ul-vasat”, “Xamsa” quvonchi”); peyzaj vositasida hosil qilingan (“Hiriyda bir tong”, “Gul sayli”) sarlavhalarning estetik vazifasiga oid qarashlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Tarixiy savol”, “Javohir” va “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda ustifoda etilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 12.12.2024-yildagi 06-28-1794 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilib, saviyasi oshgan.