Temirov O‘ktam Shavkatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum nokondision fosforitlari, chorva va parrandachilik chiqindilari asosida organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T333.

Ilmiy rahbar: Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov To‘lqin Isomurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: chorvachilik, parrandachilik chiqindilari va nokondision fosforitlarni (NF) jalb qilish bilan keng assortimentdagi organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qora mol va parranda go‘ngiga NF qo‘shib kompost tayyorlanganda, organik moddalar fosforitlar bilan ta’sirlashishi natijasida R2O5 o‘zlashuvchan shakli 6,5–7,0 barobar ortishi, kompostlar tarkibidagi fosforitlar xisobiga esa azotni 2,4 barobar, organik moddalarni 3 barobar yo‘qolishini kamayishi, organik moddalarni gumifikatsiyalanish darajasini 1,9 barobar ortishi asoslangan;

NF, qora mol va parranda go‘ngi asosida kompost tayyorlash yo‘li bilan organik mineral o‘g‘itlar olish jarayonlarini maqbul rejimi aniqlangan;

kompostlarga turli mineral o‘g‘itlar va agrorudalar qo‘shish orqali organik moddalarning gumifikatsiyalanishi va fosfatlarning faollanishi jadallashtirilgani aniqlangan;

nitrat kislotada parranda go‘ngini nordonlashtirish va nordonlashtirilgan parranda go‘ngi bilan NF qayta ishlashning maqbul rejimi aniqlangan;

NF nitrat kislota bilan past me’yorda faollashtirilgan mahsulotini parranda go‘ngi yordamida qayta ishlash asosida organik mineral o‘g‘itlar olish maqbul rejimi aniqlangan;

ilk bor NF qayta ishlashga  parrandachilik chiqindilarini jalb qilish yo‘li bilan organik mineral o‘g‘itlar olishning jadallashtirilgan texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

NF, chorvachilik va parrandachilik chiqindilarini jalb qilish orqali organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

minerallashgan massa (MM) va qora mol go‘ngi asosida kompost tayyorlash yo‘li bilan organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi Navoiy kon-metalurgiya kombinati «Do‘stlik» agrofirmasining «2018–2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKning 2019 yil 15 yanvardagi 02-06-03/608-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishga yirik tonnajli chiqindi - MM va chorvachilik chiqindilari jalb qilinib, qishloq xo‘jaligi zarur bo‘lgan fosfor-gumusli o‘g‘itlar olish imkonini bergan;

MM nitrat kislotada to‘liqsiz me’yorda parchalash va hosil bo‘lgan yarim mahsulotni parranda go‘ngi yordamida qayta ishlash yo‘li bilan organik mineral o‘g‘it olish texnologiyasi Navoiy kon-metalurgiya kombinati «Do‘stlik» agrofirmasining «2018–2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKning 2019 yil 15 yanvardagi 02-06-03/608-son ma’lumotnomasi). Natijada agrokimyoviy samaradorligi yuqori bo‘lgan tuproq unumdorligini yaxshilaydigan organik mineral o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;

Qizilqum fosforit majmuasining MM samarali foydalanish orqali qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha X-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Navoiy kon-metalurgiya kombinati DK bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2017 yil 11 mayda 661 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada fosforitli chiqindini qayta ishlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish