Xaydarova Xurshida Fayzulla qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida taqlidlar talqini va uni takomillashtirish” 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3310  
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor N.Yuldosheva; filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.G‘afforov. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida mavjud taqlidlarning talqini va uni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilida taqlid so‘z turkumining o‘rni, ahamiyatliligi, izohli lug‘atlarda mavjudligi, yangilik sifatida kiritilgan o‘rinlar (o‘sish yoki kamayish tartibida) qiyosiy tahlil qilingan, statistik isbotlangan;
taqlidlarning izohi, illyustrativ misollari bilan bog‘liq nomuvofiqliklar, shuningdek, semantik, morfologik va funksional xususiyati bilan bog‘liq munozarali o‘rinlar, izohsiz yoki illyustrativ misolsiz berilgan holatlar aniqlanib, lingvistik va leksikografik muammolar dalillangan;
Izohli lug‘atlardagi taqlidlarning turkum sifatida belgilanishi bilan bog‘liq munozarali o‘rinlar, ularning semantizatsiyasi ochib berilgan;
o‘zbek tili izohli lug‘atining yangi tahririga kiritish uchun taqlidlar ro‘yxati (175 so‘zdan iborat) shakllantirilgan (umumiy o‘rta ta’lim maktab darsliklariga kiritilgan mualliflar asarlari asosida), shuningdek, illyustrativ misol sifatida foydalanish uchun “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek xalq maqollari”ga kiritilgan maqollar va iboralar ro‘yxati tavsiya qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
O‘zbek tili izohli lug‘atlaridagi taqlidlarning tahlili, tavsifi va tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy xulosa hamda natijalar asosida:
O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida mavjud taqlidlarning leksik-semantik munosabatlari, shevalarda farqlanishi, uslubiy mazmun ifodalashi yuzasidan amalga oshirilgan tahlillar hamda taqlidlarning frazeologik birliklar tarkibida kelishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlardan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida (2020-2022) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2024-yil 11-iyundagi №04/1-1538-sonli ma’lumotnomasi). Natijada leksemalarni turli shevalarda sinonimlari bilan ko‘rsata olish, monosemantik va polisemantik ma’nolarini tavsiflash, nafaqat leksik, balki frazeologik birlik sifatida variantlarini berishga oid fikrlar bilan boyitilgan.
Taqlidlarning semantik munosabatlari, ma’nodoshligiga ko‘ra tasnifi, leksikografik talqini bo‘yicha bildirilgan xulosalardan, shuningdek, taqlidlarning izohi, illyustrativ misollarda berilishi yuzasidan bildirilgan tavsiya va xulosalardan F3-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida (2021-2023) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2024-yil 11-iyundagi №04/1-1537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada so‘zlarning semantik, etimologik tahlillariga doir materiallar, o‘zbek lug‘atchiligida badiiy adabiyotga asoslangan ko‘p tilli elektron lug‘atni yaratishga oid yangi ilmiy manba, nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga asos bo‘lgan.
O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida mavjud taqlidlar ishtirokidagi, xalq tilida ko‘p uchraydigan maqollar, matallar, topishmoqlar, iboralar yuzasidan bildirilgan tavsiya va xulosalardan, shuningdek, o‘zbek xalqi mentalitetiga bog‘lab talqin qilinadigan, ijobiy yoki salbiy so‘z sifatida qaraladigan taqlidlar, ularning ijtimoiy hayot bilan, davr bilan qanchalik bog‘liqligi, yangilash, takomillashtirish, yuzasidan bildirilgan nazariy ma’lumotlardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” DMning “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tuzishda (2023-2024) foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 14-iyundagi 04-36-747 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ma’rifiy, ilmiy va amaliy jihatdan boyishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish