Gizatulina Olga Ivanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish (mualliflik kontenti misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6343.
  Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilara  Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetensiyani takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ta’lim jarayonidagi pedagogik shart sharoitlarini raqamli savodxonlik komponentlariga modernizatsiyalash, metod va texnologiyalarni  media resurslari, kollaborativ loyihalashgan o‘qitish vositalariga o‘zaro ta’sir sinergiyasi rivojlantirishni   refleksiv baholash asosida aniqlangan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning tarkibiy-funksional modeli xorijiy tajriba va xalqaro muloqot integratsiyasining amaliy faoliyati va diagnostik komponentlarini aniqlash maqsadida raqamli muhitni xalqaro formatdagi kollaborativ onlayn platformalar, raqamli lingvodidaktik vositalar va kvest texnologiyalarning mazmunli-texnologik komponentiga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi ta’lim mazmunini shaxsga yo‘naltirilgan onlayn muloqot  va raqamli kommunikatsiya madaniyatiga  moslashtirish, ta’lim vositalarini raqamli simulyatorlar va innovatsion ta’lim kvestlariga interpretatsiyalash va   turli o‘qitish shakllari (masofaviy, aralash, kollabortiv, loyihaviy)dan  foydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatida axborot-kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi kasbiy tayyorgarlik va  nutqiy faollikni “Keys Web 2.0. Metodicheskaya kopilka servisov” elektron resursi orqali rivojlantirishga olib kelganligi tufayli rus tili bo‘yicha “Znatoki slova” Web-kvesti saytini joriy etish asosida  oshirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
bo‘lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetensiyani takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ta’lim jarayonidagi pedagogik shart sharoitlarini raqamli savodxonlik komponentlariga modernizatsiyalash, metod va texnologiyalarni  media resurslari, kollaborativ loyihalashgan o‘qitish vositalariga o‘zaro ta’sir sinergiyasi rivojlantirishni   refleksiv baholash asosida aniqlashga oid takliflar “Adabiyot o‘qitish metodikasi (rus tilida)” darsligi mazmuniga joriy etilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025-yil 29-oktyabrdagi 11-05-6088/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning tarkibiy-funksional modeli xorijiy tajriba va xalqaro muloqot integratsiyasining amaliy faoliyati va diagnostik komponentlarini aniqlash maqsadida raqamli muhitni xalqaro formatdagi kollaborativ onlayn platformalar, raqamli lingvodidaktik vositalar va kvest texnologiyalarning mazmunli-texnologik komponentiga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar  "Rus xalq og‘zaki ijodi (rus tilida)" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 11-05-6088/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar metodlaridan foydalanish darajasini oshirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi ta’lim mazmunini shaxsga yo‘naltirilgan onlayn muloqot  va raqamli kommunikatsiya madaniyatiga  moslashtirish, ta’lim vositalarini raqamli simulyatorlar va innovatsion ta’lim kvestlariga interpretatsiyalash va   turli o‘qitish shakllari (masofaviy, aralash, kollabortiv, loyihaviy)dan  foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar "Adabiyot o‘qitish metodikasi (rus tilida)" darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 11-05-6088/04-son dalolatnomasi). Natijada, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot savodxonligi va kommunikativ ko‘nikmalari, o‘z bilimlarini raqamli makonda qo‘llash bo‘yicha umumiy bilim darajasini oshirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatida axborot-kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi kasbiy tayyorgarlik va  nutqiy faollikni “Keys Web 2.0. Metodicheskaya kopilka servisov” elektron resursi orqali rivojlantirishga olib kelganligi tufayli rus tili bo‘yicha “Znatoki slova” Web-kvesti saytini joriy etish asosida  oshirishga oid takliflar "Rus xalq og‘zaki ijodi (rus tilida)" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 11-05-6088/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligi va filologik tayyorgarligi darajasini bosqichma-bosqich takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish