Meliev Sherali Orolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ijodiy tafakkurini rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8458.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Umarov Alisher Yusubjanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Absalomov Tolib Turaboveich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ijodiy tafakkurini rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotini yaratish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari mustaqil fikrlashning (mantiqiy mulohaza yuritish, muammoli vaziyatlarni ko‘ra bilish, moslashuvchanlik) tarkibiy elementlarini ijodkorlik bosqichlariga kooporatsiyalash, kreativ shaxs g‘oyalarini raqamli resurslarga amaliy integratsiyalashni SWOT baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti ijodkorlik kontekstidagi g‘oyalar generatsiyasi va divergent fikrlashni muammoli va tadqiqotga yo‘naltirilgan o‘quv muhitiga integratsiyalash, raqamli resurslarini mazmuniy to‘liqlik, pedagogik asoslanganlik va texnik qulaylik talablariga differensiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish modeli maqsadning strategik vazifalarini ijodiy raqamli muhitga singdirish, innovatsion fikrlashni interaktiv keyslar, virtual resurslar, raqamli monitoring va baholash elementlariga mos mazmun- jarayonli komponentlarga refleksiyalash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy metodik ta’minoti vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi o‘quv jarayoniga SEE-THINK-WONDER modeli, Design Thinking, TRIZ, Digital Storytelling innovatsion ta’lim metodlarni intensiv qo‘llash, innovatsion pedagogik faoliyatini raqamli baholash tizimiga imitatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ijodiy tafakkurini rivojlantirishning dasturiy metodik taʼminotini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari mustaqil fikrlashning (mantiqiy mulohaza yuritish, muammoli vaziyatlarni ko‘ra bilish, moslashuvchanlik) tarkibiy elementlarini ijodkorlik bosqichlariga kooporatsiyalash, kreativ shaxs g‘oyalarini raqamli resurslarga amaliy integratsiyalashni SWOT baholash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar ’’Boshlang‘ich sinfda ’’qiziqarli matematika’’ to‘garagi mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi’’ nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbeiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 22-01-543/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi oshirilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti ijodkorlik kontekstidagi g‘oyalar generatsiyasi va divergent fikrlashni muammoli va tadqiqotga yo‘naltirilgan o‘quv muxitiga integratsiyalash, raqamli resurslarini mazmuniy to‘liqlik, pedagogik asoslanganlik va texnik qulaylik talablariga differensiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar ’Boshlang‘ich sinfda ’’qiziqarli matematika’’ to‘garagi mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi’’ nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbeiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 22-01-543/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini oshirishning didaktik ta’minoti kengaytirilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish modeli maqsadning strategik vazifalarini ijodiy raqamli muhitga singdirish, innovatsion fikrlashni interaktiv keyslar, virtual resurslar, raqamli monitoring va baholash elementlariga mos mazmun- jarayonli komponentlarga refleksiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar ’Boshlang‘ich sinfda ’’qiziqarli matematika’’ to‘garagi mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi’’ nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbeiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 22-01-543/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash intensivligini ta’minlashga erishilgan.
Dasturiy metodik ta’minoti vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi o‘quv jarayoniga SEE-THINK-WONDER modeli, Design Thinking, TRIZ, Digital Storytelling innovatsion ta’lim metodlarni intensiv qo‘llash, innovatsion pedagogik faoliyatini raqamli baholash tizimiga imitatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar ’Boshlang‘ich sinfda ’’qiziqarli matematika’’ to‘garagi mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi’’ nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbeiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 22-01-543/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni boyitilgan.