Raxmonqulov Tursunboy Botirali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholi quritish qurilmasini takomillashtirish va uning asosiy parametrlarini asoslash” 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2026.1.PhD/T2996
Ilmiyrahbar: Aliev Rayimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.T.03.02
Rasmiyop ponentlar: Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor va Mamadaliev Maxammadjon Xabibullaevich texnika fanlari nomzodi, dotsent tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti, Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholi quritish qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish va uning asosiy parametrlarini asoslashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholi quritish uchun ixcham energiya va resurstejamkorlikni ta’minlaydigan barabanli quritish qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
quritish barabani tashqi yuzasidan yo‘qotiladigan issiqlik miqdorining takomillashtirilgan sholi qurilmasi quritish barabani uchun issiqlik izolyasiyalovchi material qalinlgiga bo‘g‘liq ravishda o‘zgarishini analitik ifodasi ishlab chiqilgan;
quritilayotgan sholining mexanik shikastlanishini vintli konveer vali aylanishlari soniga bo‘g‘liq ravishda o‘zgarishi uchun tavsiya qiymatlari ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan sholi quritish qurilmasi uchun maqbul parametrlar sholi shikastlanishi, issiqlik izolyasiyalovchi material issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti, quritish barabani tashqi yuzasi orqali yo‘qotiladigan issiqlik miqdorining o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalaydigan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sholi quritish qurilmasini takomillashtirish va uning asosiy parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlarda olingan ilmiy natijalar asosida:
Takomillashtirilgan sholi quritish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligidan “Sholi quritish uchun ko‘chma qurilma” nomli, SAP 02239 raqamli sanoat namunasi uchun patent olingan. Natijada olingan sanoat namunasi uchun patent asosida sholi quritish uchun ixcham, energiya va resurstejamkorlikni ta’minlaydigan barabanli quritish qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
Yangi konstruksiyadagi takomillashtirilgan sholi quritish qurilmasi Andijon viloyatining “Durdona, Saida, Umida” va “Xamidjon ishonchi” fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazining 2025-yil 21-iyuldagi 05/04-04-412-son ma’lumotnomasi). Natijada 150 kg miqdordagi sholi namligini takomillashtirilgan qurilmada quritish orqali bir soatda 18% dan 12 % gacha tushirishga, quritish vaqtini tabiiy usulda quritishga nisbatan 3 marta qisqartirishga erishilgan va takomillashtirilgan sholi quritish qurilmasida quritilgan sholidan tabiiy usulda quritilgan sholiga nisbatan 4 % ko‘p guruch olishga erishilgan.