Zokirov Ruslan Samadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “35XML markali po‘latni elektr-yoy pechida suyuqlantirishda qotishmaning eyilishbardoshligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Turaxodjaev Nodir Djahongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori, professor Ziyamuxamedova U.A., texnika fanlar doktori, professor Xudoyarov S.R. va texnika fanlari doktori, dotsent Parmonov S.T.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamiz ishlab chiqarish korxonalarida ko‘p foydalaniladigan 35XML markali po‘latni, elektr-yoy pechida suyuqlantirish jarayoni parametrlarini optimallashtirish va uning kimyoviy tarkibini modifikatsiyalash orqali qotishmaning eyilishbardoshligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
35XML markali po‘latni elektr-yoy pechida suyuqlantirish jarayonida bor elementini suyuq metall tarkibiga kiritishning nazariy asoslari ishlab chiqilib, metall tarkibida bor atomlarining diffuziya va fazaviy taqsimlanish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
bor elementining optimal miqdorini aniqlash orqali 35XML po‘lat tarkibini modifikatsiyalashning ilmiy asoslangan modeli ishlab chiqildi hamda borning mikrotuzilma shakllanishiga va eyilishbardoshlikka ta’sir etish qonuniyatlari ochib berilgan;
elektr-yoy pechida suyuqlantirish jarayonida qotishma tarkibidagi zararli elementlarni kamaytirishning termodinamik va kinetik qonuniyatlari aniqlanib, ularning metall sifatiga ta’sir etish mexanizmlari aniqlashtirilgan;
termodinamik muvozanat holatlari asosida 35XML po‘latni suyuqlantirish texnologiyasining nazariy modeli taklif etilib, bu model asosida suyuqlanish jarayonining optimal parametrlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
quyma jarayonida suyuq metallning issiqlik almashinuvi va sovish tezligiga qum-gilli qolipning issiqlik o‘tkazuvchanligi va mexanik mustahkamligining ta’siri ilmiy asoslab berilib, quyma shakli va murakkablik darajasiga qarab qolip materialini tanlash nazariy mezonlari ishlab chiqilgan;
quyma usulida olingan detalning sirtini yuqori chastotali tok bilan issiqlik oqimini nazorat qilish, qizdirish va sovitish jarayonlarining termokinetik parametrlarini optimallashtirish orqali optimal qalinlikda ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
35XML markali po‘latni elektr yoy pechida suyuqlantirishda qotishmaning eyilishbardoshligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
35XML markali po‘latni elektr-yoy pechida suyuqlantirish jarayonida bor elemenini suyuq metall tarkibiga kiritish texnologiyasi “NKMK” AJ qoshidagi “NMZ” IChB korxonasiga joriy etilgan (“NKMK AJ” korxonasining 2025 yil 8 oktyabrdagi 02-07/02/10453–son maʻlumotnomasi). Natijada borning kuyish miqdori 17-19% ga kamaygan;
35XML markali po‘latni bor elementining optimal miqdordagi modifikator bilan modifikasiyalangan tarkibi “NKMK” AJ qoshidagi “NMZ” IChB korxonasiga joriy etilgan (“NKMK AJ” korxonasining 2025 yil 8 oktyabrdagi 02-07/02/10453–son maʻlumotnomasi). Natijada qotishmaning maydalangan donadorligi 10-15% ga oshgan;
quyma usulida olingan detalning sirtini yuqori chastotali tok bilan optimal qalinlikda ishlov berish texnologiyasi “NKMK” AJ qoshidagi “NMZ” IChB korxonasiga joriy etilgan (“NKMK AJ” korxonasining 2025 yil 8 oktyabrdagi 02-07/02/10453–son maʻlumotnomasi). Natijada detal yuzasining eyilishbardoshligi 20-25% ga oshgan;
35XML markali po‘latni elektr-yoy pechida suyuqlantirish jarayonida termodinamik qonuniyatga asoslanib suyuqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan va bu texnologiya “NKMK” AJ qoshidagi “NMZ” IChB korxonasiga joriy etilgan (“NKMK AJ” korxonasining 2025 yil 8 oktyabrdagi 02-07/02/10453–son maʻlumotnomasi). Natijada suyuq metall tarkibidagi elementlarni hajm bo‘ylab tarqalishi 12-15 % ga yaxshilangan;
quymaning shakli va murakkablik darajasiga bogʻliq holda suyuq metallni quyib olish texnologiyasi “NKMK” AJ qoshidagi “NMZ” IChB korxonasiga joriy etilgan (“NKMK AJ” korxonasining 2025 yil 8 oktyabrdagi 02-07/02/10453–son maʻlumotnomasi). Natijada quyma yuzasining qattiqligi 18-20% ga oshgan.