Egamberdiev Bahodir Rafiqjon O‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik mashinalari detallarini modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olish va puxtalash texnologiyasini takomillashtirish” 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3915.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti, (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti,)
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Abdulaziz Abdullajonovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Qishloq xo‘jalik mashinalari detallarini modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olish va puxtalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida qishloq xo‘jaligi mashinalari detallarini olishning texnologik jarayonining metodik sxemasi ishlab chiqilgan;
modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olingan 40XL va 65GL markali quymakorlik konstruksion po‘latlar uchun issiqlik rejimlari hisoblangan yumshatish, toblash va bo‘shatish operatsiyalarni qo‘llash asosida puxtalash texnologiyasi takomillashtirilgan;
modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olingan 40XL va 65GL markali quymakorlik konstruksion po‘latlar uchun yumshatish, toblash va bo‘shatish operatsiyalarni o‘tkazishning issiqlik rejimlari  ishlab chiqilgan;
modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olingan 40XL va 65GL markali quymakorlik konstruksion po‘latlar uchun yumshatish operatsiyasini o‘tkazish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jalik mashinalari detallarini modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olish va puxtalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
 qishloq xo‘jaligi mashinalari detallarini modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulda olish texnologiyasi ishlab chiqarishga joriy etilgan. (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati ” AJ 2025 yil 11 apreldagi  05/02-513- sonli maʼlumotnomasi). Natijada, taklif etilgan texnologiyani joriy etish natijasida  qishloq xo‘jaligi mashinalari deallarini olish unumdorligini 1,3 – 1,4-martaga oshirish imkonini bergan;  
modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olingan qishloq xo‘jalik mashinalari detallarini takomillashtirilgan puxtalash texnologiyasi ishlab chiqarishga joriy etilgan. (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati ” AJ   2025 yil 11 apreldagi  05/02-513- sonli maʼlumotnomasi). Natijada, texnologiyani joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligi mashinalari detallarini mustahkamligi 15 – 20 % ga oshirish  imkonini bergan;
modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida olingan qishloq xo‘jaligi mashinalari detallari quymalarini yumshatsh va normallashning texnologik rejimlari ishlab chiqarishga  joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati ” AJ 2024 yil 2025 yil 11 apreldagi  05/02-513sonli maʼlumotnomasi). Natijada, stexnologik rejimni joriy etilishi natijasida qotishmaning qattiqligini 20-25 % ga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish