Bobomurodov Shuxrat Mexribonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproqshunoslikda zamonaviy geoaxborot texnologiyalarini (GAT) qo‘llash  samaradorligining ilmiy-amaliy asoslari», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/V28.

Ilmiy maslahatchi: Qo‘ziev Ramazan Qo‘zievich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Anvar Xaydarovich, biologiya fanlari doktori; Djalilova Gulnora Tulkunovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Isag‘aliev Murodjon To‘ychiboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamiz sharoitida tuproqshunoslikda zamonaviy geoaxborot texnologiyalarini qo‘llashning majmuaviy tizimini ishlab chiqish, uni qo‘llashni ilmiy va amaliy asoslash hamda tuproq resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan echimlar belgilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tayanch hudud doirasida tuproq qoplami zamonaviy geoaxborot texnologiyalari yordamida majmuaviy tahlil qilinib, natijalardan tezkor va qulay foydalanish imkonini beruvchi tizim ishlab chiqilgan;

rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalari asosida respublikamiz tuproqshunoslik, kartografiya va er resurslarini boshqarish sohalarida geoaxborot tizimlaridan foydalanishning ilmiy asoslari aniqlangan va tamoyillari ishlab chiqilgan;

tuproq xossalarini va unumdorlik holatini aks ettiruvchi atributiv ma’lumotlarstrukturasivabazasiishlab chiqilgan;

tuproq tadqiqotlarni olib borish va ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish hamda natijalarini taqdim qilish bo‘yicha tuproq geoaxborot-tahliliy tizimi (TGATT) yaratilgan;

geoaxborot texnologiyalar respublika tuproq resurslarini tahlil qilish uchun takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tuproqshunoslikda zamonaviy geoaxborot tizimi texnologiyalarini qo‘llash samaradorligining ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Tuproq xossa-xususiyatlariva tuproq unumdorligini boshqarishda zamonaviy geoaxborot texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 martdagi 03-05-1985-son ma’lumotnomasi). Natijada sohada geoaxborot texnologiyalaridan foydalanishda ilmiy asoslangan qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

«Tuproq axborot-tahliliy tizimi» dasturiy ta’minoti Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizimida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 martdagi 03-05-1985-son ma’lumotnomasi). Natijada er resurlaridan samarali foydalanish va ularni monitoring qilish ishlarini muayyan darajada avtomatlashtirib, sarf etiladigan vaqt va resurslarni tejash imkonini bergan;

tayanch massiv bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining xossalari (mexanik tarkibi, gumus va oziqa elementlar miqdori, tuproq sho‘rlanishi) aks etgan  geoaxborot tizimi asosidagi raqamli xaritalar Mirzaobod tumani Yangiobod massivida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 martdagi 03-05-1985-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq xossa-xususiyatlarini va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash imkonini bergan;

geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida tuproqlarda agromeliorativ tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar aks ettirilgan mavzuli raqamli xaritalar Mirzaobod tumani Yangiobod massivining 1500 ga er maydonida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 martdagi 03-05-1985-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanishda agromeliorativ tadbirlar o‘tkazish ishlarini maqbullashtirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish