Tadjiev Nuritdin Xusnitdinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 05.02.01-“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Atajanov Gapur Latipovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori, dotsent, Axmedov Azamat Xaitovich
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Abduraxmonov Xusniddin Zokirxanovich
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xromomolibden po‘lat qotishmasidan olinadigan quymalarni qattiqligi va eyilishbardoshliligini ta’minlaydigan texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xrom-molibdenli po‘lat qotishmasini suyuqlantirishda shixta materiallarini pechga ikki boshqichda yuklash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
xrom-molibdenli po‘lat qotishmasini suyuqlantirish jarayonida pech ichida flyus bilan ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
xrom-molibdenli po‘lat qotishmasini suyuqlantirish jarayonida pechdan tashqari modifikatorlar bilan ishlov berish dinamikasi ishlab chiqilgan;
quymani sovitish jarayonida ishqalanuvchi yuzasida elementlarni bir me’yorda taqsimlanishi uchun quymani gum-gilli qolipga joylashtirish sxemasi ishlab chiqilgan;
quymani issiqlik o‘tkazuvchanligini inobatga olgan holda gaz yordamida termik ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“NMZ” AJ sharoitida maydalovchi-tegirmon jahozlari uchun xrom-molibdenli quymalar olish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
xrommolibdenli po‘lat qotishmasini suyuqlantirishda shixta materiallarini pechga ikki boshqichda yuklash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ ga joriy qilingan (NKMK AJning 03.11.2025 dagi №02-07/02/11277 sonli joriy etish ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida materialning resurstejamkorligi 5÷6 % ga ta’minlangan;
xrommolibdenli po‘lat qotishmasini suyuqlantirish jarayonida pech ichida flyus bilan ishlov berish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ ga joriy qilingan (NKMK AJning 03.11.2025 dagi №02-07/02/11277 sonli joriy etish ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida suyuq metalldagi zararli elementlarni avvalgisiga nisbatan 0,5÷1,0 % kamaytirish imkonini bergan;
xrommolibdenli po‘lat qotishmasini suyuqlantirish jarayonida pechdan tashqari modifikatorlar bilan ishlov berish dinamikasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ ga joriy qilingan (NKMK AJning 03.11.2025 dagi №02-07/02/11277 sonli joriy etish ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida olingan quyma mahsulotining qattiqligi 5÷6 % ga oshirish imkoni bergan;
quymani sovitish jarayonida ishqalanuvchi yuzasida elementlarni bir me’yorda taqsimlanishi uchun quymani gum-gilli qolipga joylashtirish sxemasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ ga joriy qilingan (NKMK AJning 03.11.2025 dagi №02-07/02/11277 sonli joriy etish ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida quymaning ishqalanuvchan yuzasini eyilishbardoshliligini 6÷7 % ga oshirish imkonini bergan;
quymani issiqlik o‘kazuvchanligini inobatga olgan holda gaz yordamida termik ishlov berish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” AJ ga joriy qilingan (NKMK AJning 03.11.2025 dagi №02-07/02/11277 sonli joriy etish ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida quymaning ishlash muddati 3÷4 % ga oshirish imkonini bergan.