Mirxolikov Farruxbek Ravshanbek ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Retinoblastoma davosida kombinirlangan lazer uslubini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3535.
Ilmiy rahbar: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSs.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mazunin Igor` Yur`evich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smaga nisbatan cheklovchi lazer koagulyasiyasi bilan birgalikda transpupillyar termoterapiya usulini takomillashtirish va uni OKT/OKT-angiografiya yordamida ob’ektiv baholash orqali mahalliy davolash samaradorligini oshirish hamda asoratlarini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retinoblastomani davolashda transpupillyar termoterapiya texnologiyasi hamda cheklovchi lazer koagulyasiyasining yangi modifikatsiyasining yuqori klinik samaradorligi aniqlangan;
retinoblastomani lazer orqali davolashning yangi takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilib, uning yuqori anatomik samaradorlikka egaligi hamda klinik ahamiyatga ega asoratlar chastotasining pastligi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
ilk bor transpupillyar termoterapiyadan keyin OKT-angiografiya usuli yordamida o‘smaning markaziy tomir interfeysini baholashda takomillashtirilgan yondashuv qo‘llanilib, u standart usulga nisbatan xorioretinal chandiq shakllanishi bilan kechuvchi o‘sma angiogenezining barqaror regressiyasini ishonchli va ob’ektiv ravishda aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
transpupillyar termoterapiya seanslari sonining qisqarishi hamda yatrogen asoratlar rivojlanish darajasining kamayishi sharoitida o‘sma o‘choqlarining tezlashgan va barqaror regressiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Retinoblastomani oldini olish, shuningdek retinoblastoma bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va organsaqlovchi davolashga kompleks yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi 02/07-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: retinoblastomani davolashda transpupillyar termoterapiya texnologiyasi hamda cheklovchi lazer koagulyasiyasining yangi modifikatsiyasining yuqori klinik samaradorligi aniqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Retinoblastomalarda transpupillyar termoterapiya o‘tkazishda asoratlarning oldini olish» hamda «Retinoblastomalar uchun transpupillyar termoterapiyaning uzoq muddatli natijalarini baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, m-r/2-son, 21.02.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (2024 yil 7 fevraldagi 24-U-sonli buyruq) va Xorazm (2024 yil 21 fevraldagi 27-I-sonli buyruq) filiallarida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan usul o‘sma to‘qimalariga yanada nazoratli va bir tekis ta’sir ko‘rsatish hisobiga organsaqlovchi davolash samaradorligini oshirdi. Bu ko‘z olmasini saqlab qolish darajasining oshishiga va kasallik progressiyasi xavfining kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: enukleatsiya kabi radikal davolash usullariga ehtiyojning kamayishi, shuningdek keyingi reabilitatsiya hajmining qisqarishi ushbu toifadagi bemorlarni davolash bilan bog‘liq umumiy xarajatlarni kamaytirishga imkon berdi. Xulosa: takomillashtirilgan texnologiya retinoblastomani organsaqlovchi davolash imkoniyatlarini kengaytiradi va uning klinik samaradorligini oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: retinoblastomani lazer orqali davolashning yangi takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilib, uning yuqori anatomik samaradorlikka egaligi hamda klinik ahamiyatga ega asoratlar chastotasining pastligi bilan tavsiflanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Retinoblastomalarda transpupillyar termoterapiya o‘tkazishda asoratlarning oldini olish» hamda «Retinoblastomalar uchun transpupillyar termoterapiyaning uzoq muddatli natijalarini baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, m-r/2-son, 21.02.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (2024 yil 7 fevraldagi 24-U-sonli buyruq) va Xorazm (2024 yil 21 fevraldagi 27-I-sonli buyruq) filiallarida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: asoratlar chastotasining kamayishi operatsiyadan keyingi davrning engil kechishiga, takroriy aralashuvlar sonining qisqarishiga va funksional natijalarning yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlar sonining kamayishi qo‘shimcha davolash, uzoq muddatli kuzatuv va yatrogen shikastlanishlarni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: ushbu usul yuqori xavfsizlik darajasiga ega bo‘lib, minimal asoratlar bilan barqaror klinik natijalarga erishish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor transpupillyar termoterapiyadan keyin OKT-angiografiya usuli yordamida o‘smaning markaziy tomir interfeysini baholashda takomillashtirilgan yondashuv qo‘llanilib, u standart usulga nisbatan xorioretinal chandiq shakllanishi bilan kechuvchi o‘sma angiogenezining barqaror regressiyasini ishonchli va ob’ektiv ravishda aniqlash imkonini berishi isbotlangan; Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Retinoblastomalarda transpupillyar termoterapiya o‘tkazishda asoratlarning oldini olish» hamda «Retinoblastomalar uchun transpupillyar termoterapiyaning uzoq muddatli natijalarini baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, m-r/2-son, 21.02.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (2024 yil 7 fevraldagi 24-U-sonli buyruq) va Xorazm (2024 yil 21 fevraldagi 27-I-sonli buyruq) filiallarida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu diagnostik usuldan foydalanish davolash samaradorligini aniq baholashni ta’minlab, davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatish va bemorlarni dinamik kuzatish sifatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostika aniqligining oshishi va davolash monitoringining yaxshilanishi residivlar sonini kamaytirishga va takroriy aralashuvlarga ehtiyojni qisqartirishga xizmat qildi. Xulosa: OKT-angiografiya davolash natijalarini ob’ektiv baholash va uning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: transpupillyar termoterapiya seanslari sonining qisqarishi hamda yatrogen asoratlar rivojlanish darajasining kamayishi sharoitida o‘sma o‘choqlarining tezlashgan va barqaror regressiyasi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Retinoblastomalarda transpupillyar termoterapiya o‘tkazishda asoratlarning oldini olish» hamda «Retinoblastomalar uchun transpupillyar termoterapiyaning uzoq muddatli natijalarini baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, m-r/2-son, 21.02.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (2024 yil 7 fevraldagi 24-U-sonli buyruq) va Urganch (2024 yil 21 fevraldagi 27-I-sonli buyruq) filiallarida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: davolash muolajalari sonining kamayishi bemorga tushadigan yuklamani kamaytirdi, klinik samaraga erishishni tezlashtirdi va davolashning bardoshliligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash seanslari soni va ular bilan bog‘liq tibbiy resurslarning qisqarishi umumiy davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini berdi. Bemorni davolash va kuzatishning o‘rtacha qiymati 3568400 so‘mni tashkil etdi. Kompleks davolash usulini joriy etish ushbu xarajatlarni 17–25% gacha kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan usul davolash jarayonini optimallashtirish bilan birga o‘smaning tezroq va xavfsiz regressiyasini ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish