Kalandarov Dilmurod Madaminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipertenziv holatlar profilaktikasining hududiy ilmiy asoslari (o‘ttiz bir yillik skrining natijalari bo‘yicha)” 14.00.43- Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib783.
 Ilmiy maslahatchi: Salaxidinov Adiljon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abdukaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Uzbekova Nelli Rafikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshoxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilmiy xususiyatlarni xisobga olib O‘zbekiston sharoitida 31-yillik skrining bo‘yicha gipertenziv holatlarni innovatsion profilaktikasining hududiy ilmiy asoslarini ishlab chiqish va davolash nazorat qilish tadbirlari takomillashtirilgan yangi texnologiyalarni amaliyotga tadbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
arterial gipertoniyaning haqiqiy epidemiologik xususiyatlari zamonaviy o‘zbek populyasiyasida prospektiv skrining asosida baholangan va «etnotrop profilaktikasi»ning ilmiy asoslari aniqlangan;
ilk bor O‘zbek populyasiyasida arterial gipertoniya oldi holatining epidemiologik xususiyatlari aniqlangan, milliy va mintaqaviy ilmiy asoslar isbotlangan hamda ularga tayangan holda birlamchi va ikkilamchi profilaktikaning innovatsion tizimi ishlab chiqilgan;
Farg‘ona vodiysi misolida o‘zbek populyasiyasida gipertenziv holatlarni davolash chastotasi, samaradorligi va arterial bosim nazoratining uzoq muddatli dinamikasi aniqlangan hamda ilmiy va hududiy xususiyatlar asosida davolashning istiqbolli modeli va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor 30 yildan ortiq epidemiologik monitoring asosida O‘zbekiston sharoitida gipertonik kriz populyasiya darajasida o‘rganilgan, farmakoepidemiologik va farmakoiqtisodiy tahlil qilingan hamda milliy va mintaqaviy xususiyatlar inobatga olingan holda uning ilmiy asoslari birinchilardan bo‘lib isbotlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasi uchun uzoq yillik monitoring asosida arterial gipertenziyani barvaqt aniqlash, profilaktika qilish, dispanser nazorati va antigipertenziv terapiyani takomillashtiruvchi yangi samarali tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gipertenziv holatlar profilaktikasining hududiy ilmiy asoslari (o‘ttiz bir yillik skrining natijalari bo‘yicha) bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 03.02.2026 y. 02/35-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: arterial gipertoniyaning haqiqiy epidemiologik xususiyatlari zamonaviy o‘zbek populyasiyasida prospektiv skrining asosida baholangan va «etnotrop profilaktikasi»ning ilmiy asoslari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli markazi (01.11.2025 y. 7-T-son buyrug‘i), Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli markazi (22.11.2025 y. 10-T-son buyrug‘i) va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli markazi (12.12.2025 y. 9-T-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorlig: ushbu ilmiy yangilik asosida gipertenziv holatlarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati yaratildi. Bu o‘z navbatida aholida/bemorlarda gipertneziv asoratlar rivojlanishini oldini olish profilaktikani individuallashtirish va xavf guruhlarini o‘z vaqtida baholash hamda aniqlash imkonini berdi. Ushbu faoliyat orqali AG, GH va GOH ni og‘ir, asoratlanish bilan o‘tuvchi shakllarini hamda nogironlik holatlari xavfini kamaytirishga xizmat qiladigan profilaktik choralar amalga oshirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Har bir bemor uchun o‘rtacha 1 mln so‘mgacha moliyaviy tejamkorlikka erishildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida umummiy xarajatlar 50% gacha qisqartirildi. Xarajatlar tejalishi oila byudjetiga va tibbiyot muassasalari byudjetiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xulosa: gipertenziv holatlarni epidemiologik tafsilotlarini prospektiv epidemiologik tadqiqotda ochib borilishi va baholanishi – AG, GOH ni turli shaklda ifodalanishlarini erta aniqlash va shakllanib borishini tushunishda muhim prediktor-tashxisiy omillardir. Ular donozologik tashxislar, prognozlash va nazorat funksiyalarini ta’minlovchi qulay hamda samarali vosita sifatida kunlik klinik-profilaktik amaliyotga joriy etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbek populyasiyasida arterial gipertoniya oldi holatining epidemiologik xususiyatlari aniqlangan, milliy va mintaqaviy ilmiy asoslar isbotlangan hamda ularga tayangan holda birlamchi va ikkilamchi profilaktikaning innovatsion tizimi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli markazi (01.11.2025 y. 7-T-son buyrug‘i), Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli markazi (22.11.2025 y. 10-T-son buyrug‘i) va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli markazi (12.12.2025 y. 9-T-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: xatar omillari orqali GH ni ilk klinik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlash va gipertenziv kontinuum xavfini oldini bashoratlash imkoniyati, hududiy xususiyatlarni xisobga olgan holda yaratildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:  prediktor xatar omillar asosida prenozologik va klinik tashxislash jarayoninig aniqligi tufayli ko‘plab qimmatbaho va lekin kam samarali asbobiy yoki invaziv tekshiruvlarni o‘tkazish ehtiyoji kamaydi. Bu o‘z navbatida, har bir bemor uchun o‘rtacha 900.000 so‘mgacha byudjet mablag‘larni tejash imkonini berdi. Xulosa: xatar omillarining profilaktik va klinik ahamiyati ko‘p yillik skrining orqali GH da asosli va to‘liq tasdiqlab berildi. Ushbu tashxisiy va klinik ahamiyatli daliliy topilmalar profilaktik, diagnostik jarayonni ilmiy asoslangan, aniq va samarali tarzda boshqarish imkonini yaratdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysi misolida o‘zbek populyasiyasida gipertenziv holatlarni davolash chastotasi, samaradorligi va arterial bosim nazoratining uzoq muddatli dinamikasi aniqlangan hamda ilmiy va hududiy xususiyatlar asosida davolashning istiqbolli modeli va texnologiyasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli markazi (01.11.2025 y. 7-T-son buyrug‘i), Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli markazi (22.11.2025 y. 10-T-son buyrug‘i) va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli markazi (12.12.2025 y. 9-T-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davlat jarayoni xavfsizlanadi va GH ni nazoratini to‘liq ta’minlab berish imkoniyati yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida mijozlarni yuqori xavf guruhiga kiritib, ular uchun personallashtirilgan nazorat/kuzatuv va davolash strategiyalarni shakllantirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: GH kelib chiqishini erta prognozlash orqali yuqori qiymatli urgent va intensiv terapiyani yoki kardiologik shifoxonada davolash ehtiyojlarini kechiktirish yoki umuman oldini olish imkoni yaratildi. Bu esa har bir bemor uchun o‘rtacha 800.000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejashga sabab bo‘ldi. Xulosa: barvaqt boshlangan farmakoterapevtik antigipertenziv amaliyotni (AGA) profilaktik va klinik ahamiyati ko‘p yillik skriningda asoslanib berildi. Muvofiq AG ning prognostik qiymatini hisobga olgan holda, klinik-profilaktik amaliyotida erta diagnostika va xavfni baholashning yangi prenozologik /klinik yondashuvi shakllanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor 30 yildan ortiq epidemiologik monitoring asosida O‘zbekiston sharoitida gipertonik kriz populyasiya darajasida o‘rganilgan, farmakoepidemiologik va farmakoiqtisodiy tahlil qilingan hamda milliy va mintaqaviy xususiyatlar inobatga olingan holda uning ilmiy asoslari birinchilardan bo‘lib isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli markazi (01.11.2025 y. 7-T-son buyrug‘i), Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli markazi (22.11.2025 y. 10-T-son buyrug‘i) va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli markazi (12.12.2025 y. 9-T-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilik asosida GH holatni kompleks farmakoepidemiologik, va farmakonazoratli tahlil qilish hamda erta boshqarish imkoniyatlari kengaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot ishlab chiqilgan usullar bilan GH ni baholash va nazorat qilish orqali keraksiz laborator tahlillar, qimmatli instrumental tekshiruvlar va assosiz shifoxonaga yotqizilishlarni oldi olindi. Natijada har bir bemor uchun 530.000 so‘mgacha xarajat tejalishiga erishildi, davoni optimallash imkoni berildi. Xulosa: Farg‘ona vodiysi sharoitida ilmiy va hududiy xususiyatlar xisobga olinib GH davolash amaliyotini o‘zbek populyasiyasi uchun xos istiqbolli modeli va texnologiyasi ishlab chiqilganligi, maxalliy aholida GH borligi to‘g‘risida xabardorlikni o‘rganilganligi, GK ni populyasiya darajasida o‘rganilganligi va FE tahlil qilinganligini bevosita amaliy ahamiyati tasdiqlandi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek populyasiyasi uchun uzoq yillik monitoring asosida arterial gipertenziyani barvaqt aniqlash, profilaktika qilish, dispanser nazorati va antigipertenziv terapiyani takomillashtiruvchi yangi samarali tizim ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli markazi (01.11.2025 y. 7-T-son buyrug‘i), Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli markazi (22.11.2025 y. 10-T-son buyrug‘i) va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli markazi (12.12.2025 y. 9-T-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiyalardan foydalanish GH, AG, GOH va GK ni erta bosqichida aniqlash imkonini berdi. Bu esa GH ning og‘irlashishidan oldin davolashni boshlashga, asoratlarni kamaytirishga, shifoxonada yotish muddatlarini qisqartirishga va bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. amaliy tavsiyalar natijasida tashxislashda, profilaktik natijalarga erishishda va davolash jarayonini yuqoriga olib chiqishda yuqori aniqlikka erishildi. Bu esa qayta tekshiruvlar, assosiz davolash protokollari va shifoxonada uzoq yotish holatlarini kamaytirishga olib keldi. Har bir mijoz uchun o‘rtacha 750.000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari tejalishi ta’minlandi. Xulosa: tadqiqotdagi ushbu ilmiy yangilik GH ni aholi orasida barvaqt aniqlash va davolash ishlari samarasini 60% dan ortiq etib oshirish, AG ning o‘sish sur’atini yiliga 10% ga etib kamaytirib borishi (yoki uning o‘sish sur’atini stabil to‘xtatish) va SYuBK dan «oxirgi nuqtalar» xavfini aholi orasida 70% gacha etib kamaytirish mumkinligi imkoniyatini beradi. Bu ilmiy yangilik tibbiy-profilaktik amaliyotida yuqori qiymatga ega bo‘lib, uning joriy etilishi GH ni samarali boshqarish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish