Yitmasova To‘hfa Davlat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali virusli gepatitlar va o‘pka tuberkulyozi koinfeksiyasining klinik-laborator xususiyatlari”, 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar va 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5934.
Ilmiy rahbarlar: Obloqulov Abdurashid Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Isomiddin Haydarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzajonova Donoxon Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Sarvar Kashipovich Alidjanov, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Kozogiston tibbiet akademiyasi (Kozogiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi surunkali virusli gepatitlar va o‘pka tuberkulyozi koinfeksiyasining klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gepatit fonida o‘pka tuberkulyozi rivojlanganda klinik kechishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, monoinfeksiyaga nisbatan koinfeksiya holatida intoksikatsiya belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi turli etiologiyali ikki patologik jarayonning o‘zaro salbiy ta’siri natijasi ekanligi aniqlangan;
ilk marotaba koinfeksiya holatida jigar fibrozini erta tashxislashda III tip kollagenning N-terminal propeptidi (PIIINP) IV tip kollagenga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega ekanligi aniqlanib, jigardagi fibroz jarayonlarini erta aniqlanishiga marker ekanligi isbotlangan;
koinfeksiya mavjud bemorlarni majmuaviy davolashda standart terapiyaga qo‘shimcha ravishda “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchasini qo‘llashning yuqori samaradorligi biokimyoviy (jigar fermentlari), umumiy gematologik va IXLA (N-terminal propeptid) tekshiruvlar orqali aniqlangan;
surunkali gepatiti mavjud bemorlarda o‘pka tuberkulyozi bilan kasallanishida klinik-laborator ko‘rsatkichlarga asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan yangi diagnostik va davolash ketma-ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali virusli gepatit va o‘pka tuberkulyozining birga kechishida jigar fibrozlanish darajasini noinvaziv fibrotestlar yordamida prognozlash, klinik - laborotor xususiyatlarini baholashni o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 02 dekabrdagi qarori asosida 30/20-sonli yagona xulosa):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali gepatit fonida o‘pka tuberkulyozi rivojlanganda klinik kechishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, monoinfeksiyaga nisbatan koinfeksiya holatida intoksikatsiya belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi turli etiologiyali ikki patologik jarayonning o‘zaro salbiy ta’siri natijasi ekanligi Qoraqolpoqiston respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 04/12078-sonli va Jizzax viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 73-sonli va Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi 2025 yil 8 sentabrdagi 76-sonli buyruqlari klinik amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tahlillar surunkali virusli gepatitlar va o‘pka tuberkulyozi koinfeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, asorat va o‘limni kamaytirishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning statsionar sharoitda davolash uchun amaliy sharoitga joriy etilishi virusli gepatitlar va o‘pka tuberkulyozi koinfeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda individual prognozlashni qo‘llash har bir bemorga sarflanadigan mablag‘larni 170000 so‘mgacha tejash va davolash kunlarini 1 sutkaga qisqartirishga imkon yaratdi. Xulosa: Ushbu tahlil jarayonida ikki xil etiologiyaga ega bo‘lgan kasalliklarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadigan patologik jarayonning klinik manzarasi aniqlab berildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: koinfeksiya holatida jigar fibrozini erta tashxislashda III tip kollagenning N-terminal propeptidi (PIIINP) IV tip kollagenga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega ekanligi aniqlanib, jigardagi fibroz jarayonlarini erta aniqlovchi marker ekanligi Qoraqolpoqiston respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 04/12078-sonli va Jizzax viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 73-sonli va Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi 2025 yil 8 sentabrdagi 76-sonli buyruqlari klinik amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali gepatit va o‘pka tuberkulyozi birgalikda kechuvchi holatlarda N-terminal propeptid III tipi va kollagen IV darajalari o‘rganilib, jigar fibroz jarayonining kechish xususiyatlari erta aniqlanishiga va asoratlarining oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning statsionar sharoitda laborator aniqlash uchun amaliy sharoitga joriy etilishi virusli gepatitlar va o‘pka tuberkulyozi koinfeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda fibrozni erta aniqlash kabi diagnostika usulini optimallashtirish va individual prognozlashni qo‘llash har bir bemorga sarflanadigan mablag‘larni 170000 so‘mgacha tejash va davolash kunlarini 1 sutkaga qisqartirishga imkon yaratdi. Xulosa: olingan natijalar fibrozning erta bosqichda aniqlanishi va baholanishiga imkon yaratdi.
uchinchi ilmiy yangilik: koinfeksiya mavjud bemorlarni majmuaviy davolashda standart terapiyaga qo‘shimcha ravishda “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchasini qo‘llashning yuqori samaradorligi biokimyoviy (jigar fermentlari), umumiy gematologik va IXLA (N-terminal propeptid) tekshiruvlar orqali aniqlanganligi Qoraqolpoqiston respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 04/12078-sonli va Jizzax viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 73-sonli va Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi 2025 yil 8 sentabrdagi 76-sonli buyruqlari klinik amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali gepatit va o‘pka tuberkulyozi birgalikda kechuvchi holatlarda standart davoga qo‘shimcha “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchasini qo‘llash hayot sifatini yaxshilash va davo muddatini qisqartirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning statsionar sharoitda davolash uchun amaliy sharoitga joriy etilishi virusli gepatitlar va o‘pka tuberkulyozi koinfeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda davo usulini optimallashtirish va an’anaviy davoga nisbatan tezroq natijaga erishish va har bir bemorga sarflanadigan mablag‘larni 170000 so‘mgacha tejash va davolash kunlarini 1 sutkaga qisqartirishga imkon yaratgan; Xulosa: Ushbu tahlil natijasida qo‘llanilgan biologik faol qo‘shimchaning standart davoga qo‘shilishi samarasi ilmiy asoslandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali gepatiti mavjud bemorlarda o‘pka tuberkulyozi bilan kasallanishida klinik-laborator ko‘rsatkichlarga asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan yangi diagnostik va davolash ketma-ketligi Qoraqolpoqiston respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 04/12078-sonli va Jizzax viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi buyruq 2025 yil 8 sentabrdagi 73-sonli va Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi 2025 yil 8 sentabrdagi 76-sonli buyruqlari klinik amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali gepatit va o‘pka tuberkulyozi birgalikda kechuvchi holatlarda bemorlar uchun mo‘ljallangan, amaliyotda qo‘llashga qulay bo‘lgan laborator va instrumental tekshirish algoritmi ikki xil etiologiyaga ega bo‘lgan kasalliklarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadigan patologik jarayonning klinik manzarasi aniqroq va tezroq aniqlashga erishishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning statsionar sharoitda davolash uchun amaliy sharoitga joriy etilishi virusli gepatitlar va o‘pka tuberkulyozi koinfeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda diagnostika usulini optimallashtirish va individual prognozlashni qo‘llash har bir bemorga sarflanadigan mablag‘larni 170000 so‘mgacha tejash va davolash kunlarini 1 sutkaga qisqartirishga imkon yaratgan. Xulosa: amaliyotda qo‘llashga qulay bo‘lgan laborator va instrumental tekshirish algoritmi ishlab chiqildi.