Otamuradov Akram Zakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘sh suyagining yoshga bog‘liq xususiyatlarining sud-tibbiy ahamiyati», 14.00.24 - Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4323.
Ilmiy rahbar: Xasanova Muxarrama Almaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Quziev Otabek Juraqulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti  (Tojikiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson to‘sh suyagining yoshga oid xususiyatlarini sud tibbiy baholash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sud tibbiyoti amaliyotida to‘sh suyagining tuzilmasining rivojlanishi yoshga bog‘liq holda kechishi, to‘sh suyagida kuzatiladigan anatomik va morfologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari asoslangan;
shaxs identifikatsiyasi ekspertizalarida murda o‘zgarishlarining turli bosqichlarida bo‘lgan noma’lum murdalardan olingan to‘sh suyaklari asosida yoshni aniqlash imkoniyati hamda ushbu belgilarning sud-tibbiy ahamiyati isbotlangan;
sud tibbiyoti amaliyotida to‘sh suyagining suyaklanish jarayoniga xos xususiyatlari, o‘lchamlari, shakli, segmentlar birlashish yuzalarining xarakteri, qovurg‘a o‘yiqchalari hamda ularning diagnostik ahamiyatini inobatga olgan holda sud-tibbiy baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
to‘sh suyagining yoshga oid o‘zgarishlarini uning shakllanish bosqichlari bilan bog‘liq holda baholashga imkon beruvchi rentgenologik tavsiflash algoritmi ishlab chiqilgan hamda uning sud-tibbiy amaliyotdagi ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sud tibbiy amaliyotida to‘sh suyagining yoshga oid xususiyatlarining sud-tibbiy ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sud tibbiyoti amaliyotida to‘sh suyagining tuzilmasining rivojlanishi yoshga bog‘liq holda kechishi, to‘sh suyagida kuzatiladigan anatomik va morfologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/286-t-son bilan tasdiqlangan «To‘sh suyagining yoshga bog‘liq xususiyatlarini sud-tibbiy ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 25-son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 28.08.2024 yildagi №16/i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha yosh aniqlash holatlarida to‘sh suyagining anatomo-morfologik xususiyatlari bo‘yicha yoshini aniqlash sud-tibbiy ekspertizasi, noma’lum murdalar, bo‘laklangan murdalar va skelet suyak qoldiqlari holatlarida sud-tibbiy kriminalistik tekshiruvlarga asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 160000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali  birlamchi ekspertiza muddatini 4-5 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: shaxs identifikatsiyasi ekspertizalarida murda o‘zgarishlarining turli bosqichlarida bo‘lgan noma’lum murdalardan olingan to‘sh suyaklari asosida yoshni aniqlash imkoniyati hamda ushbu belgilarning sud-tibbiy ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/286-t-son bilan tasdiqlangan «To‘sh suyagining yoshga bog‘liq xususiyatlarini sud-tibbiy ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 25-son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 28.08.2024 yildagi №16/i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida noma`lum murdalar, bo‘laklangan murdalar va skelet suyak qoldiqlarida yosh aniqlash holatlarida, to‘sh suyagining yoshga oid xususiyatlarini aniqlashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirish ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 160000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali  birlamchi ekspertiza muddatini 4-5 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: sud tibbiyoti amaliyotida to‘sh suyagining suyaklanish jarayoniga xos xususiyatlari, o‘lchamlari, shakli, segmentlar birlashish yuzalarining xarakteri, qovurg‘a o‘yiqchalari hamda ularning diagnostik ahamiyatini inobatga olgan holda sud-tibbiy baholash mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/286-t-son bilan tasdiqlangan «To‘sh suyagining yoshga bog‘liq xususiyatlarini sud-tibbiy ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 25-son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 28.08.2024 yildagi №16/i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining buyicha to‘sh suyagining suyaklanish jarayonini o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanib yoshni aniqlash murdani tashqi ko‘rigi va seksion manzara, murda to‘sh suyagining sud-tibbiy kriminalistik tekshiruvlarni  amalga oshirish orqali sud-tibbiy birlamchi ekspertizaning samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 160000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali  birlamchi ekspertiza muddatini 4-5 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: to‘sh suyagining yoshga oid o‘zgarishlarini uning shakllanish bosqichlari bilan bog‘liq holda baholashga imkon beruvchi rentgenologik tavsiflash algoritmi ishlab chiqilgan hamda uning sud-tibbiy amaliyotdagi ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar. Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/286-t-son bilan tasdiqlangan «To‘sh suyagining yoshga bog‘liq xususiyatlarini sud-tibbiy ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 24.04.2024 yildagi 25-son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 28.08.2024 yildagi №16/i/ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/05-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishda, morfologik, rentgenologik, tahliliy, taqqoslash, sud tibbiy hamda statistik usullar yordamida ishlov berilganligi, to‘sh suyagining yoshga oid xususiyatlarini baholash bo‘yicha ekspert xulosalarining ishonchliligini va asosliligini ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 160000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 4-5 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish