Muxamedova Shoxista Yusupjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rtacha pasaygan va saqlangan otish fraksiyali SYuE bor bemorlarda SBK kechishiga SGLT-2 ingibitorlarining ta’siri», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib 3316.
Ilmiy rahbar: Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkiqotning maqsadi:
turli fenotipli surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasining xususiyatlarini aniqlash va SGLT-2 (empagliflozin) ning nefroprotektiv xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyrak disfunksiyasi markerlari (sistatin S, kreatinin, koptokchalar fil`tratsiya tezligi kreatinin-sistatin bo‘yicha (KFTkr-sis)) ning chap qorincha qisqaruvchanlik qobiliyati ko‘rsatkichlari, chap qorincha diastolik disfunksiyasi hamda NT-proBNP darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan; 
surunkali buyrak kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda koptokchalar fil`tratsiya tezligining NT-proBNP bilan teskari korrelyasion bog‘liqligi va ushbu biomarkerning turli fenotipli surunkali yurak etishmovchiligida buyrak disfunksiyasini bashorotlovchi chegaraviy qiymatlari (cut-off)  aniqlangan;
ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi chap qorincha otish fraksiyasi>40% va surunkali buyrak kasalligi S3 bo‘lgan bemorlarda empagliflozin va uning turli kombinatsiyalarini qo‘llash qiyosiy baholanib, uning renoprotektiv samaradorligi va chap qorincha remodellanishiga ijobiy ta’siri biomarkerlar - sistatin S, kreatinin - sistatin bo‘yicha koptokchalar fil`tratsiya tezligi, kreatinin, al`buminuriya, NT-proBNP va exokardiografik ko‘rsatkichlar ijobiy dinamikasi asosida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor empagliflozin+sakubitril/valsartanning kombinatsiyasi empagliflozin +iAPF/ARA kombinatsiyasidan surunkali buyrak kasalligi S3 bilan birgalikda kechuvchi o‘rtacha pasaygan va saqlangan otish fraksiyali  surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kompleks nefroprotektor sifatida ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘rtacha pasaygan va saqlangan otish fraksiyali SYuE bor bemorlarda SBK kechishiga SGLT-2 ingibitorlarining ta’siri bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalariga (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026 yil 16 fevral 3-sonli yig‘ilish bayonnomasi) ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyrak disfunksiyasi markerlari (sistatin S, kreatinin, koptokchalar fil`tratsiya tezligi kreatinin-sistatin bo‘yicha (KFTkr-sis)) ning chap qorincha qisqaruvchanlik qobiliyati ko‘rsatkichlari, chap qorincha diastolik disfunksiyasi hamda NT-proBNP darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025-yil 24-apreldagi 3-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "O‘rtacha pasaygan otish fraksiyasili surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefroproteksiyani optimallashtirish" uslubiy tavsiyanoma mavmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardiojarrohligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025-yil 2-maydagi 73-sonli buyrug‘i va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 29-aprel`  49-sonli buyrug‘i joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlar orasida buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, ularni buyrak etishmovchiligining og‘irligiga qarab xavf stratifikatsiyasi bo‘yicha taqsimlash, optimal davolash usulini tanlash va buyrak etishmovchiligi rivojlanishining oldini olish, davolash chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga, yurak-qon tomir va buyrak kasalliklarining salbiy oqibatlarini kamaytirishga va bemorlarning hayot prognozi va sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta aniqlash surunkali buyrak kasalligi qarshi dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga olib kelib, bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Bu esa xar oyda surunkali yurak etishmovchiligiga qarshi dori vositalariga sarflanadigan o‘rta hisobda 548000 so‘mni tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda koptokchalar fil`tratsiya tezligining NT-proBNP bilan teskari korrelyasion bog‘liqligi va ushbu biomarkerning turli fenotipli surunkali yurak etishmovchiligida buyrak disfunksiyasini bashorotlovchi chegaraviy qiymatlari (cut-off) aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025-yil 24-apreldagi 3-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "O‘rtacha pasaygan otish fraksiyali surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefroproteksiyani optimallashtirish" uslubiy tavsiyasnomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardiojarrohligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025-yil 2-maydagi 73-sonli buyrug‘i va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 29-aprel`  49-sonli buyrug‘i joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda NT-proBNP va sistatin C ni aniqlash buyrak faoliyati buzilish holatlarini erta aniqlash, ularning xavf stratifikatsiyasi, optimal davolash usulini tanlash va buyrak faoliyati buzilganligining rivojlanishining oldini olish uchun muhimdir, bu esa o‘z navbatida bemorlarda nogironlikning oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda NT-proBNP va sistatin C ning chegaraviy qiymatlari surunkali buyrak kasalligini erta bosqichini bashorat qilishga xizmat qiladi va shu bilan har bir bemor uchun 548000 so‘m miqdorida umumiy iqtisodiy tejash imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi chap qorincha otish fraksiyasi>40% va surunkali buyrak kasalligi S3 bo‘lgan bemorlarda empagliflozin va uning turli kombinatsiyalarini qo‘llash qiyosiy baholanib, uning renoprotektiv samaradorligi va chap qorincha remodellanishiga ijobiy ta’siri biomarkerlar - sistatin S, kreatinin - sistatin bo‘yicha koptokchalar fil`tratsiya tezligi, kreatinin, al`buminuriya, NT-proBNP va exokardiografik ko‘rsatkichlar ijobiy dinamikasi asosida namoyon bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025-yil 24-apreldagi 3-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "O‘rtacha pasaygan otish fraksiyali surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefroproteksiyani optimallashtirish" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardiojarrohligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025-yil 2-maydagi 73-sonli buyrug‘i va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 29-aprel`  49-sonli buyrug‘i joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Empagliflozinni kardio- va nefroprotektiv maqsadda kuniga 10 mg dozada qo‘llash, uning yurak va buyrak faoliyatiga ijobiy ta’sirini, natijada yurak va buyrak markerlarining yaxshilanishiga olib keladi. Bu surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligini rivojlanishining oldini olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligini o‘z vaqtida tashxislash va uning avj olishini oldini olish har bir bemor uchun 548000 so‘m miqdorida umumiy iqtisodiy tejash imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor empagliflozin+sakubitril/valsartanning kombinatsiyasi empagliflozin +iAPF/ARA kombinatsiyasidan surunkali buyrak kasalligi S3 bilan birgalikda kechuvchi o‘rtacha pasaygan va saqlangan otish fraksiyali  surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kompleks nefroprotektor sifatida ustunligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ‘kspert kengashining 2025-yil 24-apreldagi 3-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "O‘rtacha pasaygan otish fraksiyasili surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda nefroproteksiyani optimallashtirish" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Orolbo‘yi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardiojarrohligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025-yil 2-maydagi 73-sonli buyrug‘i va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 29-aprel`  49-sonli buyrug‘i joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: empagliflozin + sakubitril/valsartan kombinatsiyasidan foydalanish surunkali buyrak kasalligining avj olishi sekinlashishiga olib kelishi, bu es o‘z navbatida  bemorlar uchun ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan sezilarli darajada travmatik bo‘lgan buyrak o‘rinbosuvchi terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni ortga surishga orqali ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kuniga 10 mg empagliflozin+sakubitril/valsartan kombinatsiyasini buyurish orqali nefroprotektiv choralarni erta boshlash har bir bemor uchun 189000 so‘m miqdorida umumiy iqtisodiy xarajatlarni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish