Ibroximov Murodjon Yokubjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin old devori churralarining rivojlanishi va qaytalanishidagi  MMP, COL1A1_1 va TGFb1 polimorf genlarining axamiyati», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4720.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
II. Tadqiqotning maqsadi: hujayradan tashqari matriks metabolizmini tartibga soluvchi genlarning polimorf variantlarining roli va ularning qorin old devori aponevrotik to‘qimalarining tarkibiy etishmovchiligi ko‘rinishida klinik namoyon bo‘lishini o‘rganish orqali chov churralarining rivojlanishi xamda og‘ir kechishining patofiziologik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chov churralari va ularning noxush kechadigan variantlari (ikki tomonlama va residivli shakllari) rivojlanishida COL1A1 genining C/A polimorfizmining genetik moyillikni shakllantirishdagi yetakchi roli asoslanib, MMP9 (Gln279Arg) va TGF-β1 (Arg25Pro) genlari polimorf variantlarining churra rivojlanishiga mustaqil klinik ahamiyatli ta’siri mavjud emasligi aniqlangan;
ilk bor aponevrotik to‘qimalarning strukturaviy-funksional holatini ob’ektiv va miqdoriy baholash imkonini beruvchi, ixtisoslashtirilgan uskunalardan foydalanmasdan, bevosita jarrohlik aralashuvi jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan original intraoperatsion aponevrotik indeks baholash shkalasi (AIOB) ishlab chiqilgan;
chov churralarining noxush kechish xavfini baholashda AIOB shkalasi ko‘rsatkichlarining aponevrozning strukturaviy holati va yaqqol strukturaviy etishmovchiligi o‘rtasidagi klinik jihatdan ahamiyatli chegarani aks ettiradigan prognostik ahamiyatli chegara qiymati (≤6 ball) aniqlangan; 
chov churralarining salbiy kechishiga genetik moyillikni klinik amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida COL1A1 genining salbiy allelini tashish bilan AIOB shkalasi bo‘yicha aponevrozning strukturaviy mustahkamligi pasayishi o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chov churralarining kechishini prognozlash va jarrohlik taktikasini tanlashga individual yondashuvni ishlab chiqish va klinik- patofiziologik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: chov churralari va ularning noxush kechadigan variantlari (ikki tomonlama va residivli shakllari) rivojlanishida COL1A1 genining C/A polimorfizmining genetik moyillikni shakllantirishdagi yetakchi roli asoslanib, MMP9 (Gln279Arg) va TGF-β1 (Arg25Pro) genlari polimorf variantlarining churra rivojlanishiga mustaqil klinik ahamiyatli ta’siri mavjud emasligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 7 iyulda 7-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari residivi xavfining genetik stratifikatsiyasi va uning jarrohlik taktikasini tanlashdagi roli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 14.04.2025 yildagi 292-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 82-son hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markaziy klinik kasalxonasi bo‘yicha 30.07.2025 yildagi 116-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 3 fevraldagi 02/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik asoslangan xavf stratifikatsiyasini joriy etish kasallik kechishini prognoz qilish aniqligini oshirish va qaytalanish chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik taktikasini tanlashni ratsionalizatsiya qilish takroriy jarrohlik aralashuvlar sonini kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor aponevrotik to‘qimalarning strukturaviy-funksional holatini ob’ektiv va miqdoriy baholash imkonini beruvchi, ixtisoslashtirilgan uskunalardan foydalanmasdan, bevosita jarrohlik aralashuvi jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan original intraoperatsion aponevrotik indeks baholash shkalasi (AIOB) ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 7 iyulda 7-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari residivi xavfining genetik stratifikatsiyasi va uning jarrohlik taktikasini tanlashdagi roli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 14.04.2025 yildagi 292-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 82-son hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markaziy klinik kasalxonasi bo‘yicha 30.07.2025 yildagi 116-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 3 fevraldagi 02/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: to‘qimalarni intraoperatsion baholashning ob’ektivligini oshirish va gernioplastika usulini tanlashda sub’ektiv omilni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: aponevrozning strukturaviy mustahkamligi saqlanib qolgan bemorlarda to‘rli implantlardan asossiz foydalanishni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi; 
uchinchi ilmiy yangilik: chov churralarining noxush kechish xavfini baholashda AIOB shkalasi ko‘rsatkichlarining aponevrozning strukturaviy holati va yaqqol strukturaviy etishmovchiligi o‘rtasidagi klinik jihatdan ahamiyatli chegarani aks ettiradigan prognostik ahamiyatli chegara qiymati (≤6 ball) aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 7 iyulda 7-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari residivi xavfining genetik stratifikatsiyasi va uning jarrohlik taktikasini tanlashdagi roli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 14.04.2025 yildagi 292-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 82-son hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markaziy klinik kasalxonasi bo‘yicha 30.07.2025 yildagi 116-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 3 fevraldagi 02/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik davolashni individuallashtirish asoratlar chastotasini kamaytirish va gernioplastikaning uzoq muddatli natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartirish va statsionar o‘rin-joy fondiga yuklamani kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chov churralarining salbiy kechishiga genetik moyillikni klinik amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida COL1A1 genining salbiy allelini tashish bilan AIOB shkalasi bo‘yicha aponevrozning strukturaviy mustahkamligi pasayishi o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 7 iyulda 7-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari residivi xavfining genetik stratifikatsiyasi va uning jarrohlik taktikasini tanlashdagi roli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 14.04.2025 yildagi 292-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 82-son hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markaziy klinik kasalxonasi bo‘yicha 30.07.2025 yildagi 116-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 3 fevraldagi 02/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jarroh-shifokorlarning klinik tayyorgarlik darajasini oshirish va chov churralarini davolashda zamonaviy patofiziologik asoslangan yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash jarayonini optimallashtirish va kasallikning qaytalanish shakllarini davolash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish