To‘xtaev Matyoqub Qo‘shievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini artroskopik davolash », 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib.5211.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shorustamov Muxammadjon Tadjialievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarida artroskopik texnologiya va takomillashtirilgan osteosintez usulini qo‘llash orqali anatomo-funksional natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini artroskop nazorati ostida jarohatlangan do‘nglik ostidan metafiz va diafiz chegarasidan kichik fenestratsiya darchasi orqali bo‘g‘imni ochmasdan bo‘g‘im yuza impressiyasini repozisiya qilib, bo‘g‘im tog‘ay to‘qimasi, yumshoq to‘qima elementlari jarohatlarini bir vaktning o‘zida bartaraf qilib, soat o‘qi bo‘yicha 9-3 va 10-4 yo‘nalishlarda spongioz vintlarni yuborish orkali osteosintezlash usuli ishlab chiqilgan; 
katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlarini tashxislash va davolashda MSKT va MRT tekshiruvlari natijalari asosida suyak bo‘laklari va bo‘g‘im yuzi defekti xolati, tog‘ay to‘qima, menisk, yon kollateral va butsimon boylamlarning jaroxatlanish darajalarini to‘liq baholash orqali epifizning g‘ovak suyak bo‘laklarini fiksatsiya qilish imkonini beruvchi ishlab chiqilgan osteosintez usuli qo‘llanilganda davolash natijalarining yaxshilanishi isbotlangan; 
katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarida taqqoslama ravishda o‘tkazilgan elektroneyromiografik va ul`tratovushli dopplerografik tekshiruvlar yordamida tizza bo‘g‘imi funksional xolati kaminvaziv xirurgik amaliyotga bog‘liq ekanligi isbotlangan, bunda yumshoq to‘qimalar soxasidagi reaktiv o‘zgarishlar xavfining normal xolatga qaytishi 4,3 xaftani tashkil etishi aniqlangan; 
katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarida artroskop nazorati ostida takomillashtirilgan osteosintez usuli xamda ishlab chiqilgan maxsus reabilitatsiya dasturi qo‘llanilganda tizza bo‘g‘imining xarakat faoliyatini to‘liq tiklanishi va davolash natijalarining samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini artroskopik davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 03/67-sonli xulosasi) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangiligi:  katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini artroskop nazorati ostida jarohatlangan do‘nglik ostidan metafiz va diafiz chegarasidan kichik fenestratsiya darchasi orqali bo‘g‘imni ochmasdan bo‘g‘im yuza impressiyasini repozisiya qilib, bo‘g‘im tog‘ay to‘qimasi, yumshoq to‘qima elementlari jarohatlarini bir vaktning o‘zida bartaraf qilib, soat o‘qi bo‘yicha 9-3 va 10-4 yo‘nalishlarda spongioz vintlarni yuborish orkali osteosintezlash usuli ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialining 15.05.2025 yildagi 66-1-son xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.05.2025 yildagi 90-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi katta boldir suyagi bo‘g‘im ichi siniqlarini jarroxlik usulida davolash usulini qo‘llash orqali (patent № FAP 02044 (2020)) amaliyot davomiyligini qisqarishi, amaliyotning kaminvazivligi, ya’ni jaroxatdan so‘ng teridagi qo‘pol chandiqlarni qolmasligi davolash samaradorligini oshishi orqali kuzatiladigan asoratlarni oldini olish va ular sonini nisbatan kamayishiga erishish xamda davolash davomida muskullar biomexanik faoliyatini kuchaytirishi, qon aylanishni arteriya qon tomirlarida tezligi operativ davodan keyin sezilarli darajada tiklanishi kuzatilgani, oyoqlardagi arterial qon aylanish tezligiga ijobiy ta`sir qilgani, amliyotdan so‘ng qisqa muddatlarda nervmushak uzuluksizlikni tiklanishi isbotlangani bilan asoslangan; Iqtisodiy samaradorligi: turli yoshdagi bemorlar orasida katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini uchrash darajasi, travmatologik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish ketma-ketligini ishlab chiqilganligi xisobiga erishiladi. Taklif etilayotgan usulni iqtisodiy samaradorligiga amaliyotdan keyingi davrda bemorlarning shifoxonada qolish muddatlarini qisqartirish va davolashning umumiy xarajatlarini kamaytirish bilan erishiladi. Taklif etilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari bilan og‘rigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnalogiyali tibbiy yordam ko‘rsatish sezilarli darajada kengaytirildi, bu ijobiy natijalar chastotasini 78% ga oshishi,kasallik asoratlaninsh xafini kamaytirish va shifoxonada yotish kunlarini 8-12 kundan 4-5 kunga qisqarishi reabilitatsiya muolajalarini erta boshlanishi va vaqtincha mexnatga layoqatizlik vaqtini 2-3 oyga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: tadqiqot natijalari katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari artroskop nazorati ostida osteosintez qilish  ananaviy usullarda davolashga nisbatan samarali ekanligi isbotlandi va 1 nafar bemor uchun 4350000 so‘mni iqtisod qilishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangiligi: katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlarini tashxislash va davolashda MSKT va MRT tekshiruvlari natijalari asosida suyak bo‘laklari va bo‘g‘im yuzi defekti xolati, tog‘ay to‘qima, menisk, yon kollateral va butsimon boylamlarning jaroxatlanish darajalarini to‘liq baholash orqali epifizning g‘ovak suyak bo‘laklarini fiksatsiya qilish imkonini beruvchi ishlab chiqilgan osteosintez usuli qo‘llanilganda davolash natijalarining yaxshilanishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialining 15.05.2025 yildagi 66-1-son xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.05.2025 yildagi 90-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: katta boldir suyagi do‘ngliklari sinishlarida davolash samaradorligini oshishi orqali kuzatiladigan asoratlarni oldini olish va ular sonini nisbatan kamayishiga erishish xamda davolashning muskullar biomexanik holatini kuchaytirishi, arterial qon aylanish tezligi operativ davodan keyin ishonarli tiklanishi kuzatilgani, oyoqlardagi arterial qon aylanish tezligiga ijobiy ta`sir qilgani isbotlangani bilan asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: turli yoshdagi bemorlar orasida katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini uchrash darajasi, travmatologik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish ketma-ketligini ishlab chiqilganligi xisobiga erishiladi. Taklif etilayotgan usulni iqtisodiy samaradorligiga amaliyotdan keyingi davrda bemorlarning shifoxonada qolish muddatlarini qisqartirish va davolashning umumiy xarajatlarini kamaytirish bilan erishiladi. Taklif etilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari bilan og‘rigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnalogiyali tibbiy yordam ko‘rsatish sezilarli darajada kengaytirildi, bu ijobiy natijalar chastotasini 78% ga oshishi,kasallik asoratlaninsh xafini kamaytirish va shifoxonada yotish kunlarini 8-12 kundan 4-5 kunga qisqartirib shifoxonada bo‘lgan kunlar xisobiga to‘lovni 2100000 sumga (1 kunlik shifoxona to‘lovi 300000 ming sum), boshqa turdagi metall moslamalar bilan osteosintezlash amaliyoti taklif etilganda boshqa turdagi implantlarini ishlatmaslik 2250000 sumni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: tadqiqot natijalari katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari artroskop nazorati ostida osteosintez qilish  ananaviy usullarda davolashga nisbatan samarali ekanligi isbotlandi va 1 nafar bemor uchun 4350000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangiligi: katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarida taqqoslama ravishda o‘tkazilgan elektroneyromiografik va ul`tratovushli dopplerografik tekshiruvlar yordamida tizza bo‘g‘imi funksional xolati kaminvaziv xirurgik amaliyotga bog‘liq ekanligi isbotlangan, bunda o‘zgarishlar xavfining normal xolatga qaytishi 4 xaftani tashkil etishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialining 15.05.2025 yildagi 66-1-son xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.05.2025 yildagi 90-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: katta boldir suyagi do‘ngliklari sinishlarida davolash samaradorligini oshishi orqali kuzatiladigan asoratlarni oldini olish va ular sonini nisbatan kamayishiga erishish xamda davolashning muskullar biomexanik holatini kuchaytirishi, arterial qon aylanish tezligi operativ davodan keyin ishonarli tiklanishi kuzatilgani, oyoqlardagi arterial qon aylanish tezligiga ijobiy ta`sir qilgani isbotlangani bilan asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: turli yoshdagi bemorlar orasida katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini uchrash darajasi, travmatologik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish ketma-ketligini ishlab chiqilganligi xisobiga erishiladi. Taklif etilayotgan usulni iqtisodiy samaradorligiga amaliyotdan keyingi davrda bemorlarning shifoxonada qolish muddatlarini qisqartirish va davolashning umumiy xarajatlarini kamaytirish bilan erishiladi. Taklif etilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari bilan og‘rigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnalogiyali tibbiy yordam ko‘rsatish sezilarli darajada kengaytirildi, bu ijobiy natijalar chastotasini 78% ga oshishi,kasallik asoratlaninsh xafini kamaytirish va shifoxonada yotish kunlarini 8-12 kundan 4-5 kunga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: tadqiqot natijalari katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari artroskop nazorati ostida osteosintez qilish  ananaviy usullarda davolashga nisbatan samarali ekanligi isbotlandi va 1 nafar bemor uchun 4350000 so‘mni iqtisod qilishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarida artroskop nazorati ostida takomillashtirilgan osteosintez usuli xamda ishlab chiqilgan maxsus reabilitatsiya dasturi qo‘llanilganda tizza bo‘g‘imining xarakat faoliyatini to‘liq tiklanishi va davolash natijalarining samaradorligini oshirishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialining 15.05.2025 yildagi 66-1-son xamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.05.2025 yildagi 90-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: katta boldir suyagi do‘ngliklari sinishlarida davolash samaradorligini oshishi orqali kuzatiladigan asoratlarni oldini olish va ular sonini nisbatan kamayishiga erishish xamda davolashning muskullar biomexanik holatini kuchaytirishi, arterial qon aylanish tezligi operativ davodan keyin ishonarli tiklanishi kuzatilgani, oyoqlardagi arterial qon aylanish tezligiga ijobiy ta`sir qilgani isbotlangani bilan asoslangan; Iqtisodiy samaradorligi: turli yoshdagi bemorlar orasida katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlarini uchrash darajasi, travmatologik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish ketma-ketligini ishlab chiqilganligi xisobiga erishiladi. Taklif etilayotgan usulni iqtisodiy samaradorligiga amaliyotdan keyingi davrda bemorlarning shifoxonada qolish muddatlarini qisqartirish va davolashning umumiy xarajatlarini kamaytirish bilan erishiladi. Taklif etilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari bilan og‘rigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnalogiyali tibbiy yordam ko‘rsatish sezilarli darajada kengaytirildi, bu ijobiy natijalar chastotasini 78% ga oshishi,kasallik asoratlaninsh xafini kamaytirish va shifoxonada yotish kunlarini 8-12 kundan 4-5 kunga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: tadqiqot natijalari katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi sinishlari artroskop gazorati ostida osteosintez qilish  ananaviy usullarda davolashga nisbatan samarali ekanligi isbotlandi va 1 nafar bemor uchun 4350000 so‘mni iqtisod qilishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish