Sattarova Joziba Olimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reanimatsiya bo‘limidagi bemorlarning ko‘ruv a’zosi tomonidan asoratlarning oldini olish va ratsional terapiyasi» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/1.PhD/Tib2436.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01. 
Rasmiy opponentlar: Makaeva Sakinat Magametovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: komatoz holatda bo‘lgan bemorlarda intoksikatsiya darajasi va dezintoksikatsiya davolash samaradorligini hisobga olgan holda, reanimatsiya bo‘limidagi oftal`mologik asoratlarning diagnostikasi va davolashini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
komatoz holatdagi bemorlarda oftal`mologik asoratlarning og‘irligi yallig‘lanish-intoksikatsiya sindromining kuchli ifodalanish holati leykotsitar intoksikatsiya indeksi, gematologik intoksikatsiya indeksi hamda o‘rta molekulyar peptidlar darajasining oshishi bilan patologik o‘zgarishlar aniqlangan;
oftal`mologik asoratlarga chalingan komatoz bemorlarda infuzion eritmasini o‘z ichiga olgan xamda Maychuk shkalasi bo‘yicha yallig‘lanishni darajasini pasaytirish va sistemali intoksikatsiya biomarkerlarini kamaytirish orqali davo samaradorligini ishonchli ravishda oshirishi isbotlangan;
ko‘z yuzasida mikrobli kontaminatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hollarda leykotsitar va gematologik intoksikatsiya indekslari, shuningdek o‘rta molekulyar peptidlar darajasining yuqori bo‘lishi va tashxislashdagi sezuvchanligi va o‘ziga hosligi yallig‘lanish-intoksikatsiya reaksiyasining kuchayishi bilan oldingi segment optik kogerent tomografiya usulini yuqori samaradorligini isbotlagan;
reanimatsiya bo‘limlaridagi bemorlarda uchraydigan oftal`mologik asoratlarni to‘g‘ri baholash va samarali davolash taktikasini tanlash uchun leykotsitar va gematologik indekslar, shuningdek o‘rta molekulyar peptidlar darajasi asosida monitoring qilish va kompleks yondashuv yaxshilanishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reanimatsiya bo‘limidagi bemorlarning ko‘ruv a’zosi tomonidagi asoratlarning oldini olish va ratsional terapiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 03 fevral`dagi 02/08-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: komatoz holatdagi bemorlarda oftal`mologik asoratlarning og‘irligi yallig‘lanish-intoksikatsiya sindromining kuchli ifodalanishi bilan bog‘liq ekani va bu holat leykotsitar intoksikatsiya indeksi, gematologik intoksikatsiya indeksi hamda o‘rta molekulyar peptidlar darajasining oshishi bilan tasdiqlanishi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisosolashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 feraldagi m-r-1-son bilan tasdiqlangan «Predostavlenie medisinskoy pomoshhi v oblasti glaznix zabolevaniy patsientam, naxodyashhimsya v usloviyax otdeleniy reanimatsii» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Joriy etilishi: mazkur taklif Toshkent shaxar xokimligi soglikni saklash bosh boshkarsami shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son, Buxoro viloyati ko‘p tarmovqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Mazkur ilmiy natijalar asosida yallig‘lanish-intoksikatsiya sindromining ko‘rish tizimidagi patologiyalarga ta’sirini inobatga olgan holda oftal`mologik asoratlarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tashxislash usullari joriy etildi. Bu yondashuv jonlantirish bo‘limidagi komatoz bemorlarda ko‘z to‘qimalarida rivojlanadigan disadaptiv va uzoq davom etuvchi regeneratsiya jarayonlarini vaqtida aniqlash va monitoring qilish imkonini berdi. O‘z navbatida, bu ko‘rish tizimidagi yallig‘lanish kasalliklarini erta aniqlash, samarali davolash va ko‘zlangan asoratlarning oldini olish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga hamda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga hissa qo‘shdi. Iqtisodiy samaradorligi: Yallig‘lanish-intoksikatsiya sindromining oftal`mologik asoratlar bilan bog‘liqligi va bu holatni laborator markerlar orqali (leykotsitar intoksikatsiya indeksi, gematologik intoksikatsiya indeksi, o‘rta molekulyar peptidlar) aniqlash imkoni davolash taktikalarida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga zamin yaratdi. Xulosa: natijalar noaniq va keng qamrovli antibakterial terapiyaning o‘rnini maqsadli, biomarkerlar asosida shakllantirilgan davolash protokollari egalladi. Bu esa, har bir kurs davolash uchun o‘rtacha 140000 so‘mdan 2100000 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘larni tejash imkonini yaratdi. Qolaversa, asoratlar soni kamayishi orqali bemorni boshqa mutaxassislarga qayta yo‘naltirish ehtiyoji pasaydi, statsionarda yotish davri qisqardi va umumiy tibbiy xarajatlar kamaydi. Xulosa: komatoz holatdagi bemorlarda oftal`mologik asoratlarning rivojlanishi va progressiyasida yallig‘lanish-intoksikatsiya sindromining o‘rnini aniqlash patogenetik jihatdan asoslangan tashxis va davolash yondashuvini joriy etish, terapiya samaradorligini oshirish, asoratlar chastotasini kamaytirish hamda ko‘rish funksiyasini saqlab qolish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: oftal`mologik asoratlarga chalingan komatoz bemorlarda infuzion eritmasini o‘z ichiga olgan kompleks terapiya Maychuk shkalasi bo‘yicha yallig‘lanishni darajasini pasaytirish va sistemali intoksikatsiya biomarkerlarini kamaytirish orqali davo samaradorligini ishonchli ravishda oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisosolashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 feraldagi m-r-1-son bilan tasdiqlangan «Predostavlenie medisinskoy pomoshhi v oblasti glaznix zabolevaniy patsientam, naxodyashhimsya v usloviyax otdeleniy reanimatsii» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Toshkent shaxar xokimligi soglikni saklash bosh boshkarsami shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son, Buxoro viloyati ko‘p tarmovqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Oftal`mologik asoratlarga chalingan komatoz bemorlarda infuzion eritmani o‘z ichiga olgan kompleks terapiyaning yallig‘lanish darajasini Maychuk shkalasi bo‘yicha va intoksikatsiya biomarkerlari orqali samarali kamaytirishi, ko‘rish tizimidagi shikastlanishlarni erta bosqichda barqarorlashtirish imkonini yaratib, infeksion asoratlarni oldindan aniqlash va javobgar patogenlarni klinik baholash orqali komatoz holatdagi bemorlarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish, og‘ir ko‘z asoratlarining oldini olish va reabilitatsiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Infuzion eritmani  o‘z ichiga olgan patogenga yo‘naltirilgan kompleks terapiya yallig‘lanish va intoksikatsiyani aniq biomarkerlar asosida samarali kamaytirishi orqali asoratlarning oldini olish, uzoq muddatli va noaniq antibakterial terapiyalarga ehtiyojni pasaytirish va og‘irlashgan holatlardagi qo‘shimcha davolash xarajatlarini kamaytirish natijasida har bir davolash kursidan 140000 so‘mdan 2100000 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘larni tejash imkonini yaratib, intensiv terapiya sharoitidagi oftal`mologik yondoshuvning iqtisodiy samaradorligini aniq tasdiqladi. Xulosa: infuzion eritmani o‘z ichiga olgan, patogenetik yondashuv va biomarkerlar nazoratiga asoslangan kompleks terapiyani qo‘llash davolash samaradorligini oshirish, yallig‘lanish-intoksikatsiya jarayonlarining ifodalanishini kamaytirish, asoratlarning oldini olish hamda komatoz holatdagi bemorlarda ko‘ruv a’zosi funksiyalarining funksional natijalarini yaxshilashni ta’minlaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘z yuzasida mikrobli kontaminatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hollarda leykotsitar va gematologik intoksikatsiya indekslari, shuningdek o‘rta molekulyar peptidlar darajasining yuqori bo‘lishi va bu ko‘rsatkichlar orqali yallig‘lanish-intoksikatsiya reaksiyasining kuchayishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisosolashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 feraldagi m-r-1-son bilan tasdiqlangan «Predostavlenie medisinskoy pomoshhi v oblasti glaznix zabolevaniy patsientam, naxodyashhimsya v usloviyax otdeleniy reanimatsii» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Toshkent shaxar xokimligi soglikni saklash bosh boshkarsami shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son, Buxoro viloyati ko‘p tarmovqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ko‘z yuzasida mikrobli kontaminatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hollarda leykotsitar va gematologik intoksikatsiya indekslari, shuningdek o‘rta molekulyar peptidlar darajasining oshishi yallig‘lanish-intoksikatsiya reaksiyasining kuchayishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligi aniqlanishi, oftal`mologik asoratlar rivojlanish xavfini barvaqt baholash va shunga mos ravishda terapevtik chora-tadbirlarni tezkor qo‘llash imkoniyatini yaratib, ko‘rish tizimidagi shikastlanishlarni erta aniqlash, asoratlarni kamaytirish va ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: Ko‘z yuzasidagi mikrobli kontaminatsiyaning yallig‘lanish-intoksikatsiya ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanishi, davo jarayonida biomarkerlarga asoslangan yondashuvni joriy etishga imkon sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: oftal`mologik asoratlarning oldini olish, ortiqcha tekshiruvlar va samarasiz davolash kurslariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali bir kurs davolash uchun 140000 so‘mdan 2100000 so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarni tejash imkonini berdi. Xulosa: mikrob kontaminatsiyasi bilan yallig‘lanish-intoksikatsiya reaksiyasi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash diagnostika va davolashda biomarkerlarga asoslangan yondashuvni joriy etish imkonini berib, asoratlarni erta aniqlash, terapiya samaradorligini oshirish hamda ko‘ruv a’zosi tomonidan funksional natijalarni yaxshilashni ta’minladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: reanimatsiya bo‘limlaridagi bemorlarda uchraydigan oftal`mologik asoratlarni, to‘g‘ri baholash va samarali davolash taktikasmni tanlash uchun leykotsitar va gematologik indekslar, shuningdek o‘rta molekulyar peptidlar darajasi asosida monitoring qilish va kompleks yondashuv ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisosolashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 feraldagi m-r-1-son bilan tasdiqlangan «Predostavlenie medisinskoy pomoshhi v oblasti glaznix zabolevaniy patsientam, naxodyashhimsya v usloviyax otdeleniy reanimatsii» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Joriy etilishi: mazkur taklif Toshkent shaxar xokimligi soglikni saklash bosh boshkarsami shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son, Buxoro viloyati ko‘p tarmovqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Reanimatsiya bo‘limlaridagi bemorlarda oftal`mologik asoratlarni tezkor aniqlash, to‘g‘ri baholash va samarali davolash maqsadida leykotsitar va gematologik intoksikatsiya indekslari hamda o‘rta molekulyar peptidlar darajasiga asoslangan monitoring tizimi va  infuzion terapiyani qamrab olgan kompleks yondashuvning joriy etilishi oftal`mologik asoratlarning rivojlanishini oldindan baholash, ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish, reabilitatsiya muddatini qisqartirish va komatoz bemorlarda hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Infuzion  terapiyasi va yallig‘lanish-intoksikatsiya holatini monitoring qilishga qaratilgan laborator ko‘rsatkichlarga asoslangan kompleks yondashuv reanimatsiya sharoitida oftal`mologik asoratlarni barvaqt aniqlash va samarali davolash orqali noaniq, keng qamrovli yondoshuvlarning oldini olib, har bir davolash kursidan 140000 so‘mdan 2100000 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘larni tejash imkonini berdi hamda shifoxonada yotish davrini qisqartirish hisobiga umumiy tibbiy xarajatlarni kamaytirishga olib keldi. Xulosa: intoksikatsiya biomarkerlarini monitoring qilish va infuzion terapiyani qo‘llashga asoslangan ishlab chiqilgan kompleks yondashuv oftal`mologik asoratlarni erta tashxislash, o‘z vaqtida korreksiya qilish va davolash samaradorligini oshirish, noqulay natijalar chastotasini kamaytirish hamda reanimatsiya bo‘limlari bemorlarida klinik-funksional natijalarni yaxshilash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish