Raxmonov Norim Razzakovichning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish  asosida oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish)», 08.00.12–Mintaqaviy iqtisodiyot va 08.00.05– Xizmat ko‘rsatish sohalari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSs/Iqt85.

Ilmiy maslahatchi: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, bir martalik ilmiy kengash asosida DSc.30.05.2018.I.01.11 raqamli Ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: G‘ulomov  Saidaxror  Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik;  Muxamedov Murod  Muxamadievich, iqtisodiyot fanlari doktori; Nazarov Sharofiddin Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadimintaqa taraqqiyoti vaoliy ta’lim tizimining uyg‘un rivojlanishidan kelib chiqqan holda yuqori malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mintaqa mehnat resurslari balansida iqtisodiy nofaol aholi tarkibini e’tiborga olish, mintaqalardagi oliy ta’lim muassasalarining uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish yondashuvi hududiy ishlab chiqarishning istiqbol rejalarini kadrlar tayyorlash tarkibiga muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish talabiga ko‘ra kadrlar tayyorlash sifatini baholash hamda sabab-oqibat aloqadorligiga klasterli yondashuvni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

hududlarning yuqori malakali pedagogik kadrlarga bo‘lgan talabini ta’minlash amaliyoti pedagogika yo‘nalishlariga davlat grantlari bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari ulushini oshirish asosida takomillashtirilgan;

mintaqaviy mehnat bozori va oliy ta’lim tizimini uyg‘unlashtirishning muqobilli ssenariylari oliy ta’lim muassasalarining reytingi mexanizmidan foydalanish, hududlar uchun kadrlar tayyorlashda raqobat muhitini shakllantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash omillarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;

mintaqaviy xususiyatlar sharoitida oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish iqtisodiyot tarmoqlari va hududni kompleks rivojlantirish davlat dasturlari hamda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirishni vertikal-gorizantal holatda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;

mintaqa xususiyati va mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari qabul rejalarini shakllantirish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda mustaqil tasdiqlash taklifi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mintaqalar oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishning metodologik jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:

mintaqa mehnat resurslari balansida iqtisodiy nofaol aholi tarkibini e’tiborga olish, mintaqalardagi oliy ta’lim muassasalarining uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish yondashuvi hududiy ishlab chiqarishning istiqbol rejalarini kadrlar tayyorlash tarkibiga muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish talabiga ko‘ra kadrlar tayyorlash sifatini baholash hamda sabab-oqibat aloqadorligiga klasterli yondashuvni qo‘llashga oid takliflari, jumladan Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 4 maydagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat resurslari hisobot balansini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 20 maydagi 01/1-12-17/2-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar o‘z navbatida, mintaqada mehnat resurslarining taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish va sifat ko‘rsatkichlarini qiyosiy statistik tahlil etish imkonini bergan;

mintaqaviy mehnat bozori va oliy ta’lim tizimini uyg‘unlashtirishning muqobilli ssenariylari oliy ta’lim muassasalarining reytingi mexanizmidan foydalanish, hududlar uchun kadrlar tayyorlashda raqobat muhitini shakllantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 512-son buyrug‘ining  3-bandini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yildagi 89-03-3091-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini aniqlash bo‘yicha mamlakat tizimini takomillashtirish, milliy reyting tizimida yuqori ko‘rsatkichga erishgan oliy ta’lim muassasalariga o‘quv jarayonining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash vakolatini berish orqali ularning akademik erkinligini bosqichma-bosqich joriy etish ta’minlanadi va oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash sifatini oshirishdagi mas’uliyatini oshirish imkonini bergan;

hududlarning pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida pedagogika yo‘nalishlariga davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari ulushini oshirish orqali maqsadli qabulni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi 16-bandini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yildagi 89-03-3091-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash mehnat bozorining maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim bosqichlarida pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va xalq ta’limi tizimidagi kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish imkonini bergan;

mintaqaviy xususiyatlar sharoitida oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish iqtisodiyot tarmoqlari va hududni kompleks rivojlantirish davlat dasturlari hamda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirishni vertikal-gorizantal holatda uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 apreldagi 244-son buyrug‘ining 5-bandi ijrosini ta’minlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yildagi      89-03-3091-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotda qo‘llanilishi hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va mehnat bozorlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarning kuchayishiga, hududlar oliy ta’lim muassasalarini uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasining muqobil ssenariyalarini prognoz qilish imkonini bergan;

oliy ta’lim muassasalari guruh murabbiylarining faoliyati samaradorligi va mas’uliyatini yanada oshirish, ularni doimiy rag‘batlantirib borishini ta’minlash maqsadida har bir guruh murabbiyi (jumladan, murabbiylar kengashi rahbarlariga) oylik maoshining 25 foizi miqdorida ustama haq to‘lash tartibini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyrug‘i 1-ilovasining 22-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yildagi 89-03-3091-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida oliy ta’lim muassasalarida kadrlarning ma’naviy jihatdan etuk bo‘lishini ta’minlovchi mutasaddi guruh murabbiylarining mas’uliyati kuchayadi va ularning moddiy rag‘batlantirilishi ortgan;

ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega oliy ta’lim muassasalar hisobini yuritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 martdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 210-son qarorini ishlab chiqish va Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 8 oktyabrdagi 6-mb-son qarorining 73-ilovasi bilan tasdiqlangan 4-ta’lim shakli (yillik) “2019/2020 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasasining hisoboti” shakliga imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) bolalar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallar mavjudligi ko‘rsatkichini kiritishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 20 maydagi 01/1-12-17/2-167-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqalar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni tahlil qilish bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar tarkibi kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish