Axrorxonov Rustamxon Akmalxon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bor erta yoshdagi bolalarda zotiljamning klinik-patogenetik jihatlari», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3778.
Ilmiy rahbar: Aliev Ahmadjon Lutfullaevich,  tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullaeva Lola Djavlanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda klinik-laborator, immunologik va mikrobiologik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida shifoxonadan tashqari zotiljamni tashxislash va davolash usullarini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i va xazm trakti normal mikroflorasi (S. salivarius, S. mitis, lakto-, bifidobakteriyalar) miqdorining kamayishi va patogen mikroorganizmlar (C. albicans, S. aureus, E. coli) faolligining oshishi bilan kechuvchi turg‘un disbioz va oshqozon-ichak patologiyalarining uzviy bog‘liqligi aniqlangan hamda ularning shifoxonadan tashqari zotiljam kechishini og‘irlashtiruvchi va asoratlar xavfini oshiruvchi mustaqil patogenetik omillar ekanligi isbotlangan;
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalar sitokin profilida IFN-γ (Th1) sintezining pasayishi, IL-4 (Th2) va IL-17A (Th17) gipersekresiyasi bilan tavsiflanuvchi immun disbalansning anatomik nuqson va ikkilamchi immunitet tanqisligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan hamda ushbu sitokin markerlarining kasallik og‘irligini erta baholashdagi prognostik ahamiyati asoslangan;
tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamni davolashning turli usullarini qo‘llashda og‘iz bo‘shlig‘i va ichak mikrobiotasidagi disbiotik o‘zgarishlar va sitokinlar darajasining davolash samaradorligini baholashda informativ diagnostik mezonlar ekanligi, IL-4 va IL-17A ning yuqori darajasi esa kasallik og‘ir va davomli kechishining qo‘shimcha prediktori ekanligi aniqlangan;
tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamni davolashda ishlab chiqilgan immunomodulyator va probiotiklarni an’anaviy davo bilan birga qo‘llashga asoslangan kompleks biokorreksiya dasturining ichak mikrobiotasini me’yorlashtirish, shuningdek shifoxonada bo‘lish muddatini 1,5 barobarga kamaytirish va antibakterial terapiya ko‘ramini 25-30% ga qisqartirish imkoni bilan ifodalanuvchi klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning klinik kechish xususiyatlarini kompleks o‘rganish hamda mikrobiota va sitokin profiliga asoslangan davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i va xazm trakti normal mikroflorasi (S. salivarius, S. mitis, lakto-, bifidobakteriyalar) miqdorining kamayishi va patogen mikroorganizmlar (C. albicans, S. aureus, E. coli) faolligining oshishi bilan kechuvchi turg‘un disbioz va oshqozon-ichak patologiyalarining uzviy bog‘liqligi aniqlangan hamda ularning shifoxonadan tashqari zotiljam kechishini og‘irlashtiruvchi va asoratlar xavfini oshiruvchi mustaqil patogenetik omillar ekanligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyundagi 61-52/u-son qarori bilan tasdiqlangan “Tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bor erta yoshdagi bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tuman  tibbiyot birlashmasining  2025 yil 29 avgustdagi 4405-6-85-TB/2025-son va Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 3456-11-162 TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalar og‘iz bo‘shlig‘i va xazm trakti mikrobiotasidagi turg‘un disbioz va oshqozon-ichak patologiyalarini erta aniqlash asosida xavf guruhlarini shakllantirish, individual davolash-profilaktika tadbirlarini optimallashtirish natijasida asoratlar chastotasini kamaytirish va bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi negizida shifoxonadan tashqari zotiljamda og‘iz bo‘shlig‘i va xazm trakti mikrobiotasidagi turg‘un disbiozni erta aniqlash va maqsadli davolash taktikasini qo‘llash natijasida shifoxonada bo‘lish muddati 9 kundan 6 kunga qisqargan. Bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara E₁=ΔT×Sk=3×58038=174114 so‘mni tashkil qilgan, bu erda ΔT=T₁-T₂=9-6=3 kun-shifoxonada bo‘lish muddatining qisqarishi, Sk=58038 so‘m - bir koyko-kunning o‘rtacha qiymati. Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE=E₁×n=174114×84=14625576 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning mustaqil patogenetik omillarni erta aniqlash va bemorlarni to‘g‘ri olib borish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 174114 so‘mga tejash imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (84 nafar bemor) umumiy iqtisodiy samara 14625576 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mazkur yondashuvning nafaqat klinik, balki iqtisodiy jihatdan ham maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalar sitokin profilida IFN-ã (Th1) sintezining pasayishi, IL-4 (Th2) va IL-17A (Th17) gipersekresiyasi bilan tavsiflanuvchi immun disbalansning anatomik nuqson va ikkilamchi immunitet tanqisligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan hamda ushbu sitokin markerlarining kasallik og‘irligini erta baholashdagi prognostik ahamiyati asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyundagi 61-52/u-son qarori bilan tasdiqlangan “Tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bor erta yoshdagi bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tuman  tibbiyot birlashmasining  2025 yil 29 avgustdagi 4405-6-85-TB/2025-son va Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 3456-11-162 TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IFN-γ, IL-4, IL-17A sitokin markerlarini aniqlash kasallik og‘irligini erta baholash va xavf guruhlarini shakllantirish imkonini beradi. Immunologik markerlarga asoslangan erta prognozlash takroriy kasalxonaga yotqizish chastotasini 35% ga kamaytirgan, plevrit, abssess va bronxoobstruktiv sindrom kabi og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini olgan va bolalarning umumiy hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: sitokin markerlari asosida kasallik og‘irligini erta prognozlash va og‘ir asoratlarning oldini olish iqtisodiy jihatdan xarajatlarni minimallashtirish tahlili (Cost-Minimization Analysis) asosida baholandi. Og‘ir asoratlar rivojlangan holatda reanimatsiya va intensiv terapiya, vazopressorlar va kengaytirilgan laborator tekshiruvlar bilan bog‘liq o‘rtacha xarajatlar S₀=380000 so‘mni tashkil etgan. Sitokin profili asosida erta prognozlash va profilaktik yondashuvni qo‘llash orqali ushbu xarajatlarning oldi olingan. Tadqiqotda ishtirok etgan bemorlarning 35% da (29 nafar bemor) og‘ir asoratlar rivojlanishining oldi olinganligi hisobga olinganda bir bemor uchun iqtisodiy samara ΔS=S₀×0,35=380000×0,35=133000 so‘mni tashkil qilgan. Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE=ΔS×n=133000×84=11172000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarni to‘g‘ri va erta tashxislash va og‘ir asoratlarning oldini olish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 133000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (84 nafar bemor) umumiy iqtisodiy samara 11172000 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, sitokin asosida erta prognozlashning nafaqat klinik, balki iqtisodiy jihatdan ham asoslanganligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamni davolashning turli usullarini qo‘llashda og‘iz bo‘shlig‘i va ichak mikrobiotasidagi disbiotik o‘zgarishlar va sitokinlar darajasining davolash samaradorligini baholashda informativ diagnostik mezonlar ekanligi, IL-4 va IL-17A ning yuqori darajasi esa kasallik og‘ir va davomli kechishining qo‘shimcha prediktori ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyundagi 61-52/u-son qarori bilan tasdiqlangan “Tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bor erta yoshdagi bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tuman  tibbiyot birlashmasining  2025 yil 29 avgustdagi 4405-6-85-TB/2025-son va Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 3456-11-162 TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu toifa bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i va ichak mikrobiotasi dinamikasi hamda sitokinlar darajasini monitoring qilish davolash samaradorligini ob’ektiv baholash va antibakterial davo davomiyligini 20% ga qisqartirish imkonini beradi. Informativ diagnostik mezonlarni qo‘llash kasallikning asoratli kechishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash samaradorligini baholashning informativ diagnostik mezonlarini qo‘llash iqtisodiy jihatdan qo‘shimcha tekshiruvlarga sarflanadigan xarajatlarni minimallashtirish tahlili asosida baholandi. Monitoring mezonlarisiz standart yondashuvda bemor holatini baholash uchun qo‘shimcha laborator tekshiruvlar, takroriy rentgenologik va instrumental tekshiruvlar bilan bog‘liq xarajatlar S₀=1 ta tekshiruv uchun 47500 so‘m×4 ta qo‘shimcha tekshiruv=190000 so‘mni tashkil etgan. Informativ diagnostik mezonlarni qo‘llaganda ushbu qo‘shimcha tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyoj bartaraf etilgan. Bir bemor uchun iqtisodiy samara ΔS=S₀-S₁=190000-0=190000 so‘mni tashkil qilgan. Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE=ΔS×n=190000×84=15960000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: og‘iz bo‘shlig‘i va ichak mikrobiotasi hamda sitokinlar darajasini monitoring qilishning informativ diagnostik mezonlarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga qo‘shimcha diagnostik xarajatlarni 190000 so‘mga tejash imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (84 nafar bemor) umumiy iqtisodiy samara 15960000 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mazkur yondashuvning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamni davolashda ishlab chiqilgan immunomodulyator va probiotiklarni an’anaviy davo bilan birga qo‘llashga asoslangan kompleks biokorreksiya dasturining ichak mikrobiotasini me’yorlashtirish, shuningdek shifoxonada bo‘lish muddatini 1,5 barobarga kamaytirish va antibakterial terapiya ko‘ramini 25-30% ga qisqartirish imkoni bilan ifodalanuvchi klinik samaradorligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyundagi 61-52/u-son qarori bilan tasdiqlangan “Tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bor erta yoshdagi bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tuman  tibbiyot birlashmasining  2025 yil 29 avgustdagi 4405-6-85-TB/2025-son va Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 3456-11-162 TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunomodulyator va probiotiklarni o‘z ichiga olgan kompleks biokorreksiya dasturini qo‘llash an’anaviy davolashning toksik ta’sirini kamaytiradi, bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi va nogironlikni 15% ga kamaytirish imkonini bergan. Mazkur dasturni keng amaliyotga joriy etish bolalar orasida surunkali bronxopulmonal kasalliklarning shakllanishi va takroriy kasalxonaga yotqizilish holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks biokorreksiya dasturining iqtisodiy samaradorligi shifoxonada bo‘lish muddatining qisqarishi,  antibakterial terapiya muddati va preparatlar sarfining kamayishi va  asoratlarni davolash xarajatlarining tejalishi jixatidan hisoblandi. Kompleks biokorreksiya dasturini qo‘llash natijasida shifoxonada bo‘lish muddati an’anaviy davolashdagi 9 kundan 6 kunga qisqargan. Bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara E₁=ΔT×Sk=3×58038=174114 so‘mni tashkil qilgan, bu erda ΔT=T₁-T₂=9-6=3 kun-shifoxonada bo‘lish muddatining qisqarishi, Sk=58038 so‘m - bir koyko-kunning o‘rtacha qiymati. Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE₁=E₁×n=174114×84=14625576 so‘mni tashkil etgan. Antibakterial preparatlar dozasini 25-30% ga kamaytirish natijasida bir bemorning o‘rtacha 7 kunlik antibiotik davo kursiga sarflanadigan xarajat S_anti=7×42000×0,275=80850 so‘mga kamaygan, bu erda 0,275 - antibiotik dozasi kamayishining o‘rtacha koeffisienti (27,5%). Tadqiqot ko‘lamida umumiy iqtisodiy samara UE₂=80850×84=6791400 so‘mni tashkil etgan. Mazkur dasturini qo‘llash plevrit, bronxoobstruktiv sindromning og‘ir kechishi va takroriy infeksiya kabi asoratlar rivojlanishining oldini olgan. Bir asorat holatini davolash uchun reanimatsiya, kengaytirilgan laborator tekshiruvlar, qo‘shimcha antibiotik kurslari va uzaygan shifoxonada bo‘lish bilan bog‘liq o‘rtacha xarajat S_asor=235000 so‘mni tashkil etgan. Tadqiqot ko‘lamida 84 nafar bemorda asoratlar rivojlanishining oldini olish orqali tejalgan umumiy samara UE₃=235000×84=19740000 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, jami umumiy iqtisodiy samara: UE_jami=UE₁+UE₂+UE₃=14625576+6791400+19740000=41156976 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan tug‘ma yuqori lab va tanglay kemtikligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda shifoxona sharoitida immunomodulyator va probiotikni o‘z ichiga olgan kompleks biokorreksiya dasturini qo‘llash shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirish, antibiotik dozasini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 489961 so‘mga tejash imkonini bergan. Tadqiqot ko‘lamida (84 nafar bemor) jami iqtisodiy samara 41156976 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mazkur dasturning nafaqat klinik, balki iqtisodiy jihatdan ham yuqori samaradorligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish