O‘ralov Xasan Islomqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi sababli kateter ablyasiyasi o‘tkazilgan bemorlarda lappakonitin gidrobromidning qiyosiy profilaktik samaradorligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib3319.
Ilmiy rahbar: Zakirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori; Babajanov Sanjar Abdumuradovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkiqotning maqsadi: o‘pka venalari og‘zi kateter ablatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda maxalliy antiaritmik vositamiz lappakonitin gidrobromidning samaradorligi va xavsizligini etalon preparat propafenon bilan solishtirgan xolda baholashdan iborat.
III. Tadkiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘pka venalari og‘zining kateterli ablyasiyasidan keyingi ko‘r davr va 12 oygacha bo‘lgan davrlarda lappakonitin gidrobromidning sinus ritmini saqlash samaradorligi propafenondan kam emasligi hamda antiaritmik davo fonida bo‘lmachalar fibrillyasiyasi residivlarini prognozlash imkonini beruvchi omillar (erkin T4, mochevina va chap bo‘lmacha indeksirlangan xajmi) aniqlangan;
ilk bor o‘pka venalarining kateterli ablyasiyasidan keyingi ko‘r davrda miokard remodellanishiga ta’sir nuqtai nazaridan lappakonitinning ustunligini ko‘rsatuvchi yangi dalillar (o‘ng bo‘lmacha va qorinchalararo to‘siq o‘lchamlarining ishonchli kichrayishi, p<0,05) aniqlangan;
ilk bor kompleks davo (o‘pka venalarining kateterli ablyasiyasi va antiaritmik davo) natijasida bemorlarda residiv kuzatilganligidan qat`iy nazar hayot sifatining umumiy integral ko‘rsatkichlarida ahamiyatli ijobiy dinamika aniqlangan;
ilk bor yuqorida aniqlangan erta va kechki residivlar prediktorlari asosida bemorlarda kateter ablatsiyasidan keyingi ko‘r davrda lappakonitin gidrobromid yoki propafenon tavsiya etishga differensiallangan yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadkiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 1 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan №01/48 sonli hulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka venalarining kateterli ablyasiyasidan keyingi erta va kechki davrlarda lappakonitin gidrobromidning sinus ritmini saqlash samaradorligi propafenondan kam emasligi hamda antiaritmik davo fonida aritmiya residivlarini prognozlash imkonini beruvchi omillar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 10 iyundagi 5-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi sababli o‘pka venalari kateter ablatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda lappakonitin unumlarining qiyosiy profilaktik samaradorligi» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Samarqand filialiga 19.06.2025-yildagi 87a-sonli buyruq, RIKIATMning Namangan filialiga 26.06.2025-yildagi 52-sonli buyruq xamda Orolbuyi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 16.06.2025-yildagi 118-sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Qayta residivlar sonini kamaytiradi, mahalliy ishlab chiqarilishi import dorilarga qaramlikni kamaytiradi, o‘simlik tabiatga ega ekanligi sababli nojo‘ya ta’sirlarning kamligi bemorlar xavfsizligini oshiradi, bu esa aholi orasida profilaktika va aritmiyalarni nazorat qilish bo‘yicha ishonchini kuchaytiradi va davolashning barqarorligini ta`minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: lappakonitinning mahalliy ishlab chiqarilgan AAV sifatida uning narxi import preparatlarga nisbatan ancha arzon, bu esa dorining keng qatlam bemorlar uchun moliyaviy jihatdan imkonli bo‘lishini ta’minlaydi. Lappakonitin unumlari propafenonga nisbatan 56% ga iqtisodiy samaraliroq bo‘lib, 3 oylik ko‘r davrda 1 tab 3 maxal qabul qilganda xar bir propafenon quti qabul qilganlarga nisbatan 117000 so‘mni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor miokard remodellanishga ta’sir nuqtai nazaridan lappakonitinning ustunligini ko‘rsatuvchi yangi dalillar, ya`ni o‘ng bo‘lmacha va qorinchalararo to‘siq o‘lchamlarining ishonchli kichrayganligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar RIKIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 10 iyundagi 5-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi sababli o‘pka venalari kateter ablatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda lappakonitin unumlarining qiyosiy profilaktik samaradorligi» uslubiy tavsiyanomasida aks etgan. Mazkur taklif RIKIATM Samarqand filialiga 19.06.2025-yildagi 87a-sonli buyruq, RIKIATMning Namangan filialiga 26.06.2025-yildagi 52-sonli buyruq xamda Orolbuyi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 16.06.2025-yildagi 118- sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ijobiy remodellanish kelgusida surunkali yurak etishmovchiligi yoki aritmik kardiomiopatiya rivojlanish xavfini kamaytiradi, kardial yukning kamayishiga va simptomlar (dispnoe, charchoq, taxikardiya) keskin pasayishiga olib keladi — bu bemorlarning kundalik faolligi va ijtimoiy faollik darajasini oshiradi xamda aholining umumiy sog‘lomlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha dorilar (antiremodillovchi) qo‘llashni oldini oladi, residiv, dekompensatsiya va shoshilinch yordamga murojaatlar sonini qisqartiradi, bemorlarda antiremodillovchi (MKR ingibitorlari o‘rtacha dozalarda qabul qilganda: sprinolakton 1 oy uchun 40000 so‘m yoki eplerenon 1 oy uchun 110000 so‘m = o‘rtacha 75000 so‘m, AAFingibitorlari: perindopril 1 oy uchun 48000 so‘m) dori vositalariga har oyda sarflanadigan o‘rtacha 122000 so‘mni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kompleks davo (RChA+antiaritmik davo) natijasida bemorlarda residiv kuzatilganligidan qat`iy nazar hayot sifatining umumiy integral ko‘rsatkichlarida ahamiyatli ijobiy dinamika qayd etilgan, bu simptomlarning engillashishi va funksional faollikning oshishi bilan bog‘liq ekanligi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar RIKIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 10 iyundagi 5-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi sababli o‘pka venalari kateter ablatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda lappakonitin unumlarining qiyosiy profilaktik samaradorligi» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Samarqand filialiga 19.06.2025-yildagi 87a-sonli buyruq, RIKIATMning Namangan filialiga 26.06.2025-yildagi 52-sonli buyruq xamda Orolbuyi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 16.06.2025-yildagi 118-sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik simptomlarning engillashishi, jismoniy faollikning tiklanishi va kundalik ijtimoiy-mehnat faoliyatiga qaytish imkoniyati yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lib, aholining funksional holati va ijtimoiy integratsiyasini sezilarli darajada oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tibbiy ko‘rik va tekshiruvlarga ehtiyojni qisqartiradi, shu bilan bemorlar va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu esa agar bemor 1 yilda kamida 1 martta ambulator ko‘rikdan o‘tsa, kardiolog o‘rtacha maslaxat narxi 119000, standart tekshiruvlardan ekg 50000 so‘m va EXOKG 190000 so‘m va jami 359000 so‘m, yoki kamida 1 martta statsionar davoga muxtoj bo‘lsa o‘rtacha 10 kun yotib davolanib chiqish 8000000 so‘m, o‘rtacha ambulator va statsionar murojaatdan 4179500 so‘mni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor yuqorida aniqlangan erta va kechki residivlar prediktorlari asosida bemorlarda kateter ablatsiyasidan keyingi ko‘r davrda lappakonitin gidrobromid yoki propafenon tavsiya etishga differensiallangan yondashuv ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar RIKIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 10 iyundagi 5-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi sababli o‘pka venalari kateter ablatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda lappakonitin unumlarining qiyosiy profilaktik samaradorligi» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Samarqand filialiga 19.06.2025-yildagi 87a-sonli buyruq, RIKIATMning Namangan filialiga 26.06.2025-yildagi 52-sonli buyruq xamda Orolbuyi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 16.06.2025-yildagi 118-sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 3–12 oylik davrda BF epizodlarini oldi olinadi, bu esa bemorlarning hayot sifati, jismoniy faolligi va mehnat qobiliyatining tiklanishiga yordam beradi. Residivlarning xavf omillarini aniqlash orqali erta profilaktikani ta`minlaydi va klinisistlarga turli toifadagi bemorlar uchun individual qayta kuzatuv va profilaktik strategiyalarni belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qayta gospitalizatsiyalar, qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlarni va qayta RChA ehtiyojini kamaytiradi. Prediktorlar roli aniqlangani orqali yuqori xavfli bemorlar saralab kuzatiladi. Bu resurslarni bekor sarflanmasdan, aniq guruhga yo‘naltirilgan monitoringni amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan ortiqcha diagnostika, shoshilinch yordam chaqiriqlari va medikamentoz xarajatlar kamayadi. Lappakonitin unumlari tavsiya etilayotgan bemorlarda erkin T4 va ChB xajmini normallashtirishga ketgan xarajat o‘rtacha 3500000 bo‘lsa, ushbu parametrlarni korreksiya qilmasdan RChA o‘tkazganlarda residiv kuzatilishi sababli o‘rtacha 1 yilda 1 gospitalizatsiya chiqimi 8000000 bo‘lganda, bemorlar 4500000 so‘mni tejash imkonini berdi.