Sulaymanova Shoxsanam Absamatovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharof Rashidovning O‘zbekistonda kechgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda tutgan o‘rni (1945 –1983y)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar735
Ilmiy rahbar: Normatov Otabek Maxamatjonovich, t.f.f.d., (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ishanxodjaeva Zamira Rayimovna, tarix fanlari doktori, professor; Babajanova Diloram Babajanovna, tarix fanlari doktori, professor;.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharof Rashidovning O‘zbekistonda kechgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda tutgan o‘rni (1945 –1983 yy.) ni ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharof Rashidov siyosiy va ijtimoiy faoliyatining ilk bosqichlaridan boshlab xalq va vatanga xizmat qilishni o‘zining farzandlik burchi deb bilganligi, uning Samarqanddagi viloyat gazetasi va partiya qo‘mitasidagi faoliyatida kadrlar bilan ishlash salohiyati yaqqol ko‘ringanligi, o‘z atrofida tajribali mutaxassislar va bilimdon insonlarni to‘plaganligi dalillangan;
O‘zbekiston SSRdagi eng yuqori davlat idorasidagi qariyb o‘n yillik faoliyatida u partiya organlari rahbarligida ish olib borgan bo‘lishiga qaramasdan respublikada davlat boshqaruvida mahalliy Sovetlarni oddiy xalq bilan yaqinlashtirishga harakat qilganligi, mehnatkashlarning turli arizalari va shikoyatlarini hal qilish uchun intilganligi, Kreml yuritgan siyosatga bo‘ysunsa ham milliy kadrlarni tanlash, tayyorlash va to‘g‘ri joyga qo‘yishda namuna bo‘lganligi aniqlangan;
Sharof Rashidovning O‘zbekiston SSRdagi birinchi siyosiy rahbar sifatidagi chorak asrlik faoliyati ziddiyatli va murakkab bo‘lib, siyosiy arbob Markazning respublikaga nisbatan mustamlakachilik siyosati sharoitida, paxta yakkahokimligi kuchaygan, Orol fojiasi va ekologik halokat avj olgan hamda mamlakat iqtisodiyotida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiya urchigan, siyosatda tanish-bilishchilik va mahalliychilik hukmron bo‘lgan zamonlarda O‘zbekiston manfaatlarini imkoni boricha himoya qilganligi turli hujjatlar bilan dalillangan;
Iste’dodli yozuvchi, adib, shoir va publisist sifatida nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo, Afrika, Amerika qitʼalari hamda butun Sharqda kuchli nufuzga ega bo‘lganligi, siyosiy arboblik bilan ijodkorlikni bir vaqtda qo‘shib olib borganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharof Rashidovning O‘zbekistonda kechgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda tutgan o‘rni (1945 –1983y) mavzusidagi tadqiqot davomida olingan ilmiy xulosa va natijalar hamda takliflar asosida:
Sharof Rashidov siyosiy va ijtimoiy faoliyatining ilk bosqichlaridan boshlab xalq va vatanga xizmat qilishni o‘zining farzandlik burchi deb bilganligi, uning Samarqanddagi viloyat gazetasi va partiya qo‘mitasidagi faoliyatida kadrlar bilan ishlash salohiyati yaqqol ko‘ringanligi, o‘z atrofida tajribali mutaxassislar va bilimdon insonlarni to‘plaganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31/792 son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv orqali jamoatchilik Sharof Rashidovning O‘zbekistonda 1945-1983 yillarda kechgan siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lgan.
O‘zbekiston SSRdagi eng yuqori davlat idorasidagi qariyb o‘n yillik faoliyatida u partiya organlari rahbarligida ish olib borgan bo‘lishiga qaramasdan respublikada davlat boshqaruvida mahalliy Sovetlarni oddiy xalq bilan yaqinlashtirishga harakat qilganligi, mehnatkashlarning turli arizalari va shikoyatlarini hal qilish uchun intilganligi, Kreml yuritgan siyosatga bo‘ysunsa ham milliy kadrlarni tanlash, tayyorlash va to‘g‘ri joyga qo‘yishda namuna bo‘lganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31/792 son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv orqali jamoatchilik Sharof Rashidovning O‘zbekistonda 1945-1983 yillarda kechgan siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lgan.
Sharof Rashidovning O‘zbekiston SSRdagi birinchi siyosiy rahbar sifatidagi chorak asrlik faoliyati ziddiyatli va murakkab bo‘lib, siyosiy arbob Markazning respublikaga nisbatan mustamlakachilik siyosati sharoitida, paxta yakkahokimligi kuchaygan, Orol fojiasi va ekologik halokat avj olgan hamda mamlakat iqtisodiyotida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiya urchigan, siyosatda tanish-bilishchilik va mahalliychilik hukmron bo‘lgan zamonlarda O‘zbekiston manfaatlarini imkoni boricha himoya qilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida 2018-2020-yillarda bajarilgan “O‘zbekiston rahbariyatining 1945-1983-yillardagi ijtimoiy-siyosiy faoliyati” mavzuidagi amaliy loyiha va loyiha doirasida tayyorlangan “O‘zbekiston SSR rahbariyatining ijtimoiy va siyosiy faoliyati (1945-1983-yillar)” nomli monografiyada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutining 2022-yil 8-noyabrdagi № 3/1255-2803sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar monografiya mazmunini ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan.
Iste’dodli yozuvchi, adib, shoir va publisist sifatida nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo, Afrika, Amerika qitʼalari hamda butun Sharqda kuchli nufuzga ega bo‘lganligi, siyosiy arboblik bilan ijodkorlikni bir vaqtda qo‘shib olib borganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida 2018-2020-yillarda bajarilgan “O‘zbekiston rahbariyatining 1945-1983-yillardagi ijtimoiy-siyosiy faoliyati” mavzuidagi amaliy loyiha va loyiha doirasida tayyorlangan “O‘zbekiston SSR rahbariyatining ijtimoiy va siyosiy faoliyati (1945-1983-yillar)” nomli monografiyada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutining 2022-yil 8-noyabrdagi № 3/1255-2803sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar monografiya mazmunini ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan.