Baxtiyorov Laziz Xolmurod o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amir Temur va temuriylar davrida barpo etilgan bog‘lar tarixi”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar2000
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Uljaeva Shohistahon Mamajanovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institute – milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Sitora-bonu Sodiqova, arxitektura fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Temuriylar saltanatida Samarqand, Buxoro, umuman Movarounnahr, Xuroson, Kobul, Ozarbayjon, Hindiston va boshqa erlarda qurilgan bog‘lar, ularning iqtisodiy, bog‘lar barpo etilish tarixi, ijtimoiy, diplomatik va ma’naviy hayotdagi o‘rnini ochib berishga qaratilgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur va temuriylar davrida bog‘dorchilikning rivojlanish xususiyatlari yozma manbalar hamda ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinib, ushbu davr bog‘larining tuzilishi va ulardan foydalanish amaliyotiga aniqlik kiritildi. Xususan, Bog‘i Shamolga oid ma’lumotlar o‘rganilishi asosida, unda doimiy me’moriy ko‘shk mavjud emasligi hamda turli shakl va hajmdagi chodirlarni muayyan tartibda joylashtirish orqali saroy ko‘rinishi hosil qilingani aniqlangan;
Temuriylar davrida bog‘dorchilik va qishloq xo‘jaligi madaniyatining rivojlanish holati “Irshod az-ziroa” asari ma’lumotlari asosida tarixiy jihatdan tahlil qilinib, ushbu davr bog‘larini tashkil etish, parvarishlash va ulardan foydalanish anʼanalari aniqlashtirilgan. Asardagi ma’lumotlar asosida temuriylar davri bog‘larining tarixiy qiyofasini tiklashga doir ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan hamda bu jarayonning O‘zbekiston hududidagi agrar-madaniy taraqqiyotdagi o‘rni asoslangan;
Amir Temur va temuriylar davrida bunyod etilgan bog‘larning me’moriy tuzilishi, vazifalari va barpo etilishiga xos xususiyatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinib, ularning saroy bog‘i, istirohat maskani, siyosiy marosimlar o‘tkaziladigan joy, shuningdek xo‘jalik obektlari sifatidagi o‘rni yoritilgan hamda bog‘lar qurilishida qo‘llanilgan me’moriy echimlar va rejalashtirish tamoyillarining takomillashuvi ochib berilib, bu boradagi o‘zgarishlar dalillangan;
Amir Temur va temuriylar davri bog‘larining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, diplomatik munosabatlardagi hamda davlat nufuzi timsoli sifatidagi o‘rni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinib, ularning elchilarni qabul qilish, rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish va saltanat qudratini namoyon etishdagi vazifalari yoritildi, shuningdek, bog‘larning obodonchilik, bunyodkorlik va me’moriy taraqqiyot siyosatining muhim qismi ekani ochib berilib, siyosiy, diplomatik va ramziy ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur va temuriylar davrida barpo etilgan bog‘lar tarixiga oid ilmiy natijalar, xulosa va amaliy takliflar asosida:
Amir Temur va temuriylar davri bog‘dorchilik tarixiga oid yozma manbalar hamda mavzuga doir ilmiy tadqiqotlarning tizimli ravishda jamlanishi, tarixshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan kompleks tahlil qilinishi, xususan, Bog‘i Shamolda doimiy me’moriy ko‘shk mavjud bo‘lmagani, balki turli shakl va hajmdagi chodirlarni o‘zaro birlashtirish hamda muayyan tartibda joylashtirish asosida ko‘shksimon saroy ko‘rinishi hosil qilingani haqidagi ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining madaniy-ma’rifiy tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 28-noyabrdagi 10/179-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar Amir Temur va temuriylar davri bog‘lari haqidagi tarixiy tasavvurlarni aniqlashtirish, ularning me’moriy qiyofasi va foydalanish shakllarini ilmiy asosda yoritish hamda temuriylar davri bunyodkorlik anʼanalarini keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.
“Irshod az-ziroa” asarining XV–XVI asrlar qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik madaniyati va bog‘lar tarixini yoritishdagi manbashunoslik ahamiyati, undagi ilmiy ma’lumotlarning tarixiy rekonstruksiya jarayonida qo‘llash imkoniyatlari hamda ular asosida temuriylar davri bog‘larini tiklashga doir ilmiy xulosalardan 2022–2023-yillarda “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 9-oktyabrdagi 01-44-290-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar orqali temuriylar davri bog‘dorchilik madaniyati, bog‘larni barpo etish va saqlash tajribasi, shuningdek, sohaning tarixiy taraqqiyotiga oid manbashunoslik ma’lumotlari ommaga tizimli va ilmiy asosda etkazilib, mavzuning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qildi.
Amir Temur va temuriylar davrida bunyod etilgan bog‘larning me’moriy tuzilishi, vazifalari va barpo etilishiga xos xususiyatlari, ularning saroy bog‘i, istirohat maskani, siyosiy marosimlar o‘tkaziladigan joy hamda xo‘jalik obektlari sifatidagi o‘rni, shuningdek, bog‘lar qurilishida qo‘llanilgan me’moriy echimlar va rejalashtirish tamoyillarining takomillashuviga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining madaniy-ma’rifiy tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 28-noyabrdagi 10/179-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, mamlakat hududlarida barpo etilgan bog‘larning tuzilishi, dizayni, irrigatsiya tizimlari bilan bog‘liqligi, bog‘dorchilik mahsulotlari va ularni etkazib beruvchi hududlar, shuningdek, bog‘larning xo‘jalik va estetik vazifalariga oid ma’lumotlar asosida temuriylar davri bog‘dorchilik madaniyatining murakkab va ko‘p qirrali xususiyatlari keng jamoatchilikka etkazildi.
Amir Temur va temuriylar davri bog‘larining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, diplomatik munosabatlardagi hamda davlat nufuzi timsoli sifatidagi o‘rni, ularning elchilarni qabul qilish, rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish va saltanat qudratini namoyon etishdagi vazifalari, shuningdek, bog‘larning obodonchilik, bunyodkorlik va me’moriy taraqqiyot siyosatining muhim qismi ekani haqidagi ilmiy natijalardan 2022–2023-yillarda “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 9-oktyabrdagi 01-44-290-sonli ma’lumotnomasi). Jumladan, Amir Temurning mamlakat hududlarida, xususan, Movarounnahrda olib borgan bog‘dorchilik sohasidagi bunyodkorligi, Hirotda Husayn Boyqaro uchun qurilgan bog‘ dizayni va tuzilishi, Samarqanddagi Bog‘i Shamol, Shahrisabzdagi Oqsaroy atrofida bunyod etilgan bog‘lar hamda ularda kechgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarga oid ma’lumotlar ko‘rsatuv mazmunini boyitib, keng jamoatchilikning temuriy hukmdorlarning bunyodkorlik siyosati va davlat boshqaruvi madaniyatiga oid bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.