Solieva Umida Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biznes-siti konsepsiyasini rivojlantirish asosida qurilish sohasining sanoat salohiyatini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5972
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fatima Hakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura - qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Biznes-siti” konsepsiyasini rivojlantirish asosida qurilish sohasining sanoat salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning ishlab chiqarish salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish tarmog‘i korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatining yuqori moliyaviy natijalarini olishga yordam beruvchi innovatsiyalarni majburiy jalb qilish bilan bir qatorda turli xil resurslar va ishlab chiqarish omillarini birlashtirish va muvofiqlashtirishdan iborat sinergetik yondashuv jihatidan takomillashtirilgan;
qurilish tarmog‘i korxonalarida kadrlar, moliyaviy, mulkiy salohiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni innovatsion rivojlanish tendensiyalari va bozor konyunkturasining tebranishlariga ko‘ra differensiallash yordamida qurilish ishlari tannarxini pasaytirish orqali ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishning strategik imkoniyatlari asoslangan;
“biznes-siti” texnologiyasini qo‘llash natijasida nisbatan barqaror qurilish muhiti ta’minlangan hududning ustuvorlik reytingiga ko‘ra qurilish ishlarining energiya sig‘imi va tarmoqning rivojlanish darajasini kompleks baholash orqali binolarni optimallashtirilgan va avtomatlashtirilgan energiya iste’moli tizimlari bilan jihozlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda qurilish tarmog‘i ishlab chiqarish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p omilli ekonometrik model bo‘yicha inersion va optimistik rivojlanish ssenariylari asosida qurilish ishlari hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Biznes-siti” konsepsiyasini rivojlantirish asosida qurilish sohasining sanoat salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotlari davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning ishlab chiqarish salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qurilish tarmog‘i korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatining yuqori moliyaviy natijalarini olishga yordam beruvchi innovatsiyalarni majburiy jalb qilish bilan bir qatorda turli xil resurslar va ishlab chiqarish omillarini birlashtirish va muvofiqlashtirishdan iborat sinergetik yondashuv jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 11-noyabrdagi 465-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda turli resurslar, ishlab chiqarish omillari va innovatsiyalarni integratsiyalash hamda muvofiqlashtirish jarayonlarini tahlil qilish, ularni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish tizimlarining moslashuvchanligini tushunish va boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
qurilish tarmog‘i korxonalarida kadrlar, moliyaviy, mulkiy salohiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni innovatsion rivojlanish tendensiyalari va bozor konyunkturasining tebranishlariga ko‘ra differensiallash yordamida qurilish ishlari tannarxini pasaytirish orqali ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishning strategik imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 34-06/13312-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish korxonalarida qurilish ishlari tannarxining oldingi hisobot davriga nisbatan o‘rtacha 12 foizga kamayishi kuzatilgan;
“biznes-siti” texnologiyasini qo‘llash natijasida nisbatan barqaror qurilish muhiti ta’minlangan hududning ustuvorlik reytingiga ko‘ra qurilish ishlarining energiya sig‘imi va tarmoq rivojlanish darajasini kompleks baholash orqali binolarni optimallashtirilgan va avtomatlashtirilgan energiya iste’moli tizimlari bilan jihozlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan qurilish kompaniyalari subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 34-06/13312-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “biznes-siti” qurish texnologiyasini qo‘llagan holda optimallashtirilgan va avtomatlashtirilgan energiya iste’moli tizimlari (BMS) bilan jihozlash imkoniyati yaratilgan, bu esa an’anaviy energiya iste’moli usuliga nisbatan har bir binoning energiya iste’molini 15 foizga kamaytirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda qurilish tarmog‘i ishlab chiqarish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p omilli ekonometrik model bo‘yicha inersion va optimistik rivojlanish ssenariylari asosida qurilish ishlari hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 34-06/13312-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi qurilish tarmog‘ini uzoq muddatli rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini asoslash va investisiya siyosati yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan, bu esa O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmining o‘tgan hisobot davriga nisbatan o‘rtacha 14,2 foizga o‘sishiga xizmat qilgan.