Shuhratov Ma’murjon Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tashkilot xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblashni raqamlashtirish”
08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5632
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tashkilot xodimlari ish faoliyati samaradorligini sun’iy intellekt asosida ma’lumotlar aniqligi va to‘g‘riligini tekshirish, hisoblash, dinamik ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ma’lumotlarni transformatsiyalash mexanizmlarini qamrab olgan raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari xodimlari ish faoliyati samaradorligini baholashda ma’lumotlar ishonchliligi va aniqligini ta’minlash uchun sun’iy intellekt asosidagi matnlar o‘xshashligini baholash, manbaning raqamli identifikatorini haqiqiyligini aniqlash, ma’lumotlarning to‘g‘riligi va belgilangan talablarga mosligini inson aralashuvisiz amalga oshirish algoritmi ishlab chiqilgan;
ta’lim muassasalari xodimlarining shaxsiy samaradorlik muhim ko‘rsatkichlarini baholash modeli ma’lumotlarning turli xil o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarni yagona qiymatga keltirish uchun normallashtirish hamda kelgusi davrlardagi potensial samaradorligini bashorat qilishda ansambl mashinali o‘qitish modellarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash jarayonlarini formallashtirish maqsadida sun’iy intellektga asoslangan modulli arxitektura va ma’lumotlarga ishlov berish, dinamik ma’lumotlar bazasi modeli va ma’lumotlarni transformatsiyalashning algoritmlari asosida “KPIup”dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli normallashtirish funksiyalari va ansambl mashinali o‘qitish modellari asosida raqamlashtirish, dinamik ma’lumotlar bazasi modeli va transformatsiyalashning formal algoritmlari asosidagi dasturiy vosita oliy ta’lim muassasasida ish faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar tahlilining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz dinamikasi ARIMA va ES modellari asosida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashkilot xodimlarining ish faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblashni raqamlashtirish asosida ilmiy va amaliy natijalari:
oliy ta’lim muassasalari xodimlari ish faoliyati samaradorligini baholashda ma’lumotlar ishonchliligi va aniqligini ta’minlash uchun sun’iy intellekt asosidagi matnlar o‘xshashligini baholash, manbaning raqamli identifikatorini haqiqiyligini aniqlash, ma’lumotlarning to‘g‘riligi va belgilangan talablarga mosligini inson aralashuvisiz amalga oshirish algoritmi va “KPIup”dasturiy majmuasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil 25-dekabr, 01/01-01-626-son ma’lumotnoma). Joriy etilishi natijasida ma’lumotlarni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilib, ma’lumotlar aniqligi va ishonchliligi sezilarli darajada oshgan hamda inson omili ta’siri kamaytirilgan hamda texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi, API stabilligi, dashboard javob vaqti o‘rtacha 67 - 76 % ga yaxshilangan;
ta’lim muassasalari xodimlarining shaxsiy samaradorlik muhim ko‘rsatkichlarini baholash modeli ma’lumotlarning turli xil o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarni yagona qiymatga keltirish uchun normallashtirish hamda kelgusi davrlardagi potensial samaradorligini bashorat qilishda ansambl mashinali o‘qitish modellarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan va Toshkent davlat agrar universitetida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil 25-dekabr, 01/01-01-626-son ma’lumotnoma). Joriy etish natijasida ko‘rsatkichlarni baholashda barqarorlik va aniqlikni oshirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonlarini matematik jihatdan asoslash, inson kapitali boshqaruvidagi byurokratik to‘siqlar kamaytirish va boshqaruv xarajatlari iqtisod qilish imkoniyatini yaratgan, shuningdek baholash hisobotlarini shakllantirish bilan bog‘liq xarajatlar yiliga 55–100 mln so‘mgacha kamaygan;
oliy ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash jarayonlarini formallashtirish maqsadida sun’iy intellektga asoslangan modulli arxitektura va ma’lumotlarga ishlov berish, dinamik ma’lumotlar bazasi modeli va ma’lumotlarni transformatsiyalashning algoritmlari asosida “KPIup”dasturiy majmuasi Turon universiteti Andijon filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil 25-dekabr, 01/01-01-626-son ma’lumotnoma). Natijada ma’lumotlarni qayta ishlash ko‘rsatkichlarni oldindan baholash, ularning o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash va avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish tizimlarini shakllantirish imkonini bergan va faol foydalanuvchilar ulushi 35–40 % ga oshgan, qaror qabul qilish tezligi 4–6 kundan 1 kungacha qisqargan hamda ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligi sezilarli darajada oshgan;
ko‘p omilli normallashtirish funksiyalari va ansambl mashinali o‘qitish modellari asosida raqamlashtirish, dinamik ma’lumotlar bazasi modeli va transformatsiyalashning formal algoritmlari asosidagi dasturiy vosita oliy ta’lim muassasasida ish faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar tahlilining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz dinamikasi ARIMA va ES modellari asosida baholash uslubiyat Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat agrar universitetlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil 25-dekabr, 01/01-01-626-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha bo‘lgan prognozini o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini aniqlandi, bu esa moliyaviy rejalashtirish va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.