Avloqulova Sadoqat Sobirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iste’mol tovarlarining raqamli identifikatsiyalash tizimini takomillashtirish” 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3130.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Munis Kurbonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.03
Rasmiy opponentlar: Rixsimbaev Odiljon Kabiljanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamasoatov Dilshod Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iste’mol tovarlarini raqamli identifikatsiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra mahsulotlarning raqamli pasporti tushunchasi iste’mol tovarlari haqidagi muhim ma’lumotlarni barcha qiymat zanjiridagi manfaatdor tomonlarga etkazish uchun yaratilgan, raqamli identifikatsiya tizimi sifatida mahsulotning butun hayotiy davrini (xomashyoni qayta ishlash bosqichidan tortib, qayta ishlash va foydalanishga qadar) qamrab olib iste’molchilar uchun to‘liq va keng qamrovli ma’lumotlar to‘plamini taqdim etuvchi ekotizim sifatida takomillashtirilgan;
iste’molchilarning iste’mol tovarlari tanloviga mahsulotning texnik ko‘rsatkichlari, resurslar va ularning kelib chiqish manbalari, ta’mirlash ishlari, qayta ishlash imkoniyatlari va hayotiylik davri davomida atrof-muhitga ta’siri kabi ma’lumotlarni (0,71≤Qn≤1) kuchli, (0,57≤Qn≤0,70) ahamiyatli va (0≤Qn≤0,56) ahamiyasiz ta’sirlariga ko‘ra mahsulot raqamli pasporti dasturiy tizimlariga kiritilishi asoslangan;
«EkoIz.uz» dasturiy platformasida tashkilot, ishlab chiqaruvchi va ta’minotchilarning iste’mol tovarlari raqamli pasporti ma’lumotlarini blokcheyn texnologiyalariga asoslangan “chaincode” tizimi orqali shaffofligi va tizimning kiberxavfsizligi ta’minlash asoslangan;
iste’molchilarni real vaqt rejimida tovarlarning butun hayot aylanishi davomida ekologik, ergonometrik, texnik va iqtisodiy, kelib chiqishi va standart talablarga mosligi bo‘yicha ma’lumotlar bilan vizual tanishish imkonini ta’minlovchi «EkoIz.uz» platformasi mexanizmi, dasturiy ta’minot tizimi va ishlash algoritmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iste’mol tovarlarini raqamli identifikatsiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra mahsulotlarning raqamli pasporti tushunchasi iste’mol tovarlari haqidagi muhim ma’lumotlarni barcha qiymat zanjiridagi manfaatdor tomonlarga etkazish uchun yaratilgan, raqamli identifikatsiya tizimi sifatida mahsulotning butun hayotiy davrini (xomashyoni qayta ishlash bosqichidan tortib, qayta ishlash va foydalanishga qadar) qamrab olib iste’molchilar uchun to‘liq va keng qamrovli ma’lumotlar to‘plamini taqdim etuvchi ekotizim sifatida takomillashtirishga oid ilmiy takliflar “Elektron hukumat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 aprel 136-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iste’mol tovarlari haqidagi muhim ma’lumotlarni barcha qiymat zanjiridagi manfaatdor tomonlarga etkazish uchun yaratilgan, mahsulotning butun hayotiy davrini (xomashyoni qayta ishlash bosqichidan tortib, qayta ishlash va foydalanishga qadar) qamrab olib, iste’molchilar uchun to‘liq va keng qamrovli ma’lumotlar to‘plamini taqdim etuvchi tizim sifatida “mahsulotlarning raqamli pasporti” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
iste’molchilarning iste’mol tovarlari tanloviga mahsulotning texnik ko‘rsatkichlari, resurslar va ularning kelib chiqish manbalari, ta’mirlash ishlari, qayta ishlash imkoniyatlari va hayotiylik davri davomida atrof-muhitga ta’siri kabi ma’lumotlarni (0,71≤Qn≤1) kuchli, (0,57≤Qn≤0,70) ahamiyatli va (0≤Qn≤0,56) ahamiyasiz ta’sirlariga ko‘ra mahsulot raqamli pasporti dasturiy tizimlariga kiritilishi taklifi “O‘zbekiston respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi” faoliyatiga joriy etilgan (2025-yil 26-dekabrdagi №541/01-11 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur axborot manbalari mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash tizimlari axborot portallari uchun axborotlar manbalarini shakllantirishga xizmat qilgan. Natijada mahsulot turlari uchun ma’lumotlar kiritishda mijozlar tanloviga moslashuvchanlik ta’minlangan.
taklif etilgan «EkoIz.uz» dasturiy platformasida tashkilot, ishlab chiqaruvchi va ta’minotchilarning iste’mol tovarlari raqamli pasporti ma’lumotlarini blokcheyn texnologiyalariga asoslangan “chaincode” tizimi orqali shaffofligi va tizimning kiberxavfsizligi ta’minlash taklifi “O‘zbekiston respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi” faoliyatiga joriy etilgan (2025-yil 26-dekabrdagi №541/01-11 sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan iste’mol tovarlari bozorini nazorat jarayonlarini amalga oshirish xarajatlarini 24 foizga, EkoIz.uz platformasi foydalanuvchi subektlarda mahsulot sotuvlaridagi boshqaruv xarajatlari o‘rtacha 6,5–7,4 foizgacha qisqartirishga erishilgan;
taklif etilgan iste’molchilarni real vaqt rejimida tovarlarning butun hayot aylanishi davomida ekologik, ergonometrik, texnik va iqtisodiy, kelib chiqishi va standart talablarga mosligi bo‘yicha ma’lumotlar bilan vizual tanishish imkonini ta’minlovchi «EkoIz.uz» platformasi mexanizmi, dasturiy ta’minot tizimi va ishlash algoritmi “O‘zbekiston respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi” faoliyatiga joriy etilgan (2025-yil 26-dekabrdagi №541/01-11 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida, «EkoIz.uz» platformasi orqali 2025 yilning sentyabr-oktyabr oylarida jami 70 ta tadbirkorlik subektlarining jami 250 dan ortiq mahsulot turlarini iste’molchilar QR kod mobil ilovasi orqali kuzatil imkoni bergan va mazkur platformaga kiritilgan mahsulotlar savdosini oshirishga erishilgan.