Ro‘zmetov Kamol Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5840.
Ilmiy rahbar: Rahimov To‘xtabek Jumaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasretdinova Farangiz Adilovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirishning mintaqaviy jihatlarini ochib berishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududiy ijtimoiy barqarorlikni Likert shkalasi, xizmatlardan foydalanishdagi institutsional-tashkiliy to‘siqlar hamda nodavlat sektor ishtirokiga munosabat ko‘rsatkichlarini birlashtiruvchi – “barqarorlik–kirish imkoniyati–institutsional sifat triadasi” ishlab chiqilgan;
mintaqalar uchun “Ijtimoiy barqarorlik pasporti”ni joriy etish orqali mintaqalarni “yuqori barqaror” (86–100 ball), “nisbatan barqaror” (71–85 ball), “o‘rta barqaror” (56–70 ball), “xavfli” (41–55 ball) va “kritik xavfli” (0–40 ball) kabi toifalarga ajratishga asoslangan tabaqalashgan yondashuv taklif etilgan;
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan strategik maqsadlar, ko‘p pog‘onali vakolatlar tizimi, byudjet transfertlari orqali barqarorlashtirish, davlat-xususiy sherikchilik, monitoring va hisobdorlik mexanizmlarini yagona integratsiyalashgan tizimga mujassamlashtirgan mintaqaviy ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning adaptiv institutsional-boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
mintaqada ijtimoiy sohani barqaror va samarali rivojlantirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududiy ijtimoiy barqarorlikni Likert shkalasi, xizmatlardan foydalanishdagi institutsional-tashkiliy to‘siqlar hamda nodavlat sektor ishtirokiga munosabat ko‘rsatkichlarini birlashtiruvchi – “barqarorlik–kirish imkoniyati–institutsional sifat triadasi” bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimiligining 2026-yil 24-fevraldagi 07-4-09/1841-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida Xorazm viloyatida ijtimoiy xizmatlardan foydalanishdagi ma’muriy va tashkiliy to‘siqlar aniqlanib, ularning barqarorlikka ta’siri hamda nodavlat sektor va davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarining xizmatlar sifati va qamroviga ta’siri asoslab berilgan;
mintaqalar uchun “Ijtimoiy barqarorlik pasporti”ni joriy etish orqali mintaqalarni “yuqori barqaror” (86–100 ball), “nisbatan barqaror” (71–85 ball), “o‘rta barqaror” (56–70 ball), “xavfli” (41–55 ball) va “kritik xavfli” (0–40 ball) kabi toifalarga ajratishga asoslangan tabaqalashgan yondashuv bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimiligining 2026-yil 24-fevraldagi 07-4-09/1841-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida Xorazm viloyatida hududiy ijtimoiy barqarorlik darajasi kompleks baholanib, mavjud muammolar va ustuvor yo‘nalishlar aniq identifikatsiya qilingan;
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan strategik maqsadlar, ko‘p pog‘onali vakolatlar tizimi, byudjet transfertlari orqali barqarorlashtirish, davlat-xususiy sherikchilik, monitoring va hisobdorlik mexanizmlarini yagona integratsiyalashgan tizimga mujassamlashtirgan mintaqaviy ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning adaptiv institutsional-boshqaruv modeli Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimiligining 2026-yil 24-fevraldagi 07-4-09/1841-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida mintaqada ijtimoiy sohani boshqarishning tizimliligi va natijadorligi oshirilgan, vakolat–resurs–javobgarlik uyg‘unligi ta’minlangan hamda ishlab chiqilgan model asosida strategik maqsadlar hududiy dasturlar bilan uyg‘unlashtirilgan;
mintaqada ijtimoiy sohani barqaror va samarali rivojlantirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Xorazm viloyat hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimining 2026-yil 24-fevraldagi 07-4-09/1841-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirish jarayoni ARIMA modeli asosida prognozlashtirilib, shu orqali kelajakda ijtimoiy sohani samarali usullar orqali keng taraqqiy qildirish imkoni yaratilgan.