Sultonova Laylo Ilyos qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlikni rivojlantirishda raqamli marketing startegiyasi” ( Xorazm viloyati misolida), 08.00.11 - “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5165.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduhalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusupova Feruza Yo‘ldoshevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga mo lik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda raqamli marketing strategiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tadbirkorlik faoliyatiga raqamli marketing strategiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishda Digital Quotient, raqamli intellekt, tibbiyot, ekologiya va institutsional mezonlarning muhim elementlarini maqbul integratsiyasiga asoslangan raqamli infratuzilma tizimi taklif etilgan; 
mintaqaning yuqori raqobat muhitida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan raqamli marketing strategiyasini qo‘llash hisobiga “yuqori” (0.8≤MS≤1), “o‘rta” (0.5≤MS≤0.7) va “quyi” (0.2˂MS˂0.4) mezonlarga ko‘ra marketing samaradorligini baholash algoritmi takomillashtirilgan;
tadbirkorlik faoliyatida raqamli marketing strategiyasini shakllantirish tizimining “mijozga yo‘naltirilgan” (customer-centric) model tuzilmasi taklif etilgan;
tadbirkorlik faoliyatiga raqamli marketing strategiyasini qo‘llash hisobiga ishlab chiqarish hajmi hamda mijozlar ko‘lami o‘zgarishining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlikni rivojlantirishda raqamli marketing strategiyasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tadbirkorlik faoliyatiga raqamli marketing strategiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishda Digital Quotient, raqamli intellekt, tibbiyot, ekologiya va institutsional mezonlarning muhim elementlarini maqbul integratsiyasiga asoslangan raqamli infratuzilma tizimi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1960-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy tadbirkorlik uchun barqaror va avtomatlashtirilgan ma’lumot bazasi yaratilib, mijoz va aholi ehtiyojlariga asoslangan innovatsion xizmatlar va biznes echimlarini shakllantirishga va sektorlararo integratsiya orqali tadbirkorlikni resurslar samaradorligi va bosqichma-bosqich rivojlanishga imkon bergan;
mintaqaning yuqori raqobat muhitida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan raqamli marketing strategiyasini qo‘llash hisobiga “yuqori” (0.8≤MS≤1), “o‘rta” (0.5≤MS≤0.7) va “quyi” (0.2˂MS˂0.4) mezonlarga ko‘ra marketing samaradorligini baholash algoritmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1960-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi raqobatda ustunlik va mijozlarning faol jalb qilinishiga qaratilgan strategiyalarni samaradorlik bo‘yicha tahlil qilish va tarkibiy tarzda optimizatsiya qilish imkonini bergan;
tadbirkorlik faoliyatida raqamli marketing strategiyasini shakllantirish tizimining “mijozga yo‘naltirilgan” (customer-centric) model tuzilmasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1960-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida raqamli marketing strategiyasining kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlar va tahdidlarini aniq baholash hamda mijozlarni jalb qilish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun strategiyalarning o‘zgaruvchan muhitga tez moslashuvchanligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
tadbirkorlik faoliyatiga raqamli marketing strategiyasini qo‘llash hisobiga ishlab chiqarish hajmi hamda mijozlar ko‘lami o‘zgarishining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1960-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish orqali tadbirkorlik hajmining o‘rtacha 15-20 foizga o‘sishini aniqlash, mijozlar bazasi va onlayn faoliyatni o‘rtacha 2 barobarga oshirish hamda integratsiyalangan infratuzilma, ta’lim va tibbiyot sohalari bilan hamkorlik qilish orqali innovatsion mahsulot va xizmatlar yaratishni ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish