Ermetova Iqbol Tajiboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5846.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baxtiyorov Shahzod Sherzod o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning integratsiyalashgan modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarda investision jozibadorlik ko‘rsatkichlari (0,8<Yi<1,0) juda yuqori, (0,6<Yi<0,8) yuqori, (0,4<Yi<0,6) o‘rta, (0,2<Yi<0,4) past, (0<Yi<0,2) juda past darajada tabaqalashtirilgan holda guruhlarga ajratish taklifi asoslangan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda Urganch shahrida biznes va MICE turizmi, Xiva shahrida madaniy meros turizmi, Shovot tumanida qishloq turizmi hamda Yangibozor tumanida ekoturizmga ixtisoslashtirilgan mintaqaviy turistik xizmatlar klasterlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasining rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2026-2031-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning integratsiyalashgan modeli Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 17-fevraldagi 4-09/1624-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi natijasida mintaqada xizmatlar sohasi hajmi 10-15 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
mintaqa iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarda investision jozibadorlik ko‘rsatkichlari (0,8<Yi<1,0) juda yuqori, (0,6<Yi<0,8) yuqori, (0,4<Yi<0,6) o‘rta, (0,2<Yi<0,4) past, (0<Yi<0,2) juda past darajada tabaqalashtirilgan holda guruhlarga ajratish taklifi Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 17-fevraldagi 4-09/1624-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqada xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda invsetision samaradorlikni 5-10 foizga oshirish imkoniyatini bergan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda Urganch shahrida biznes va MICE turizmi, Xiva shahrida madaniy meros turizmi, Shovot tumanida qishloq turizmi hamda Yangibozor tumanida ekoturizmga ixtisoslashtirilgan mintaqaviy turistik xizmatlar klasterini tashkil etish taklifi Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 17-fevraldagi 4-09/1624-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqada turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari soni 10 foizga oshishga erishilgan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda xizmatlar sohasining rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2026-2031-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 15-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 148-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 17-fevraldagi 4-09/1624-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mintaqa iqtisodiyotida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.