Izimbetov Kadir Saparbaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda aholi demografik jarayonlarni ekonometrik modellashtirish”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2929.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xamraev Quvvat Iskandarovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi demografik jarayonlarini ekonometrik modellashtirish asosida aholi sonini barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
demografik jarayonlarda aholi migratsiyasining ichki (rag‘batlantiruvchi) hamda tashqi (institutsional) omillari o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri va teskari bog‘liqliklar bo‘yicha korrelyatsiya matritsasi taklif qilingan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilishda indikativ omillarni kompleks qo‘llagan holda integral ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga mehnatga qobiliyatli har 1000 ta aholiga to‘g‘ri keladigan mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar sonini kiritish orqali demografik barqarorlik indikatorlarining aniqlik darajasini oshirish asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan aholi sonini umumiy aholi soniga ta’sirini baholash bo‘yicha 〖ln⁡(A〗_t)=3,64+0,47*ε_(t-1)+0,59*〖ln⁡(IF)〗_t ARDL modeli ishlab chiqilgan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi demografik jarayonlarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
demografik jarayonlarda aholi migratsiyasining ichki (rag‘batlantiruvchi) hamda tashqi (institutsional) omillari o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri va teskari bog‘liqliklar bo‘yicha korrelyatsiya matritsasi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2027-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 01/2-09-07-928-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish aholi tabiiy harakatini baholashning individual ko‘rsatkichlari asosida demografik jarayonlar o‘zgarishining aniqlash optimalligi darajasini oshirish imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilishda indikativ omillarni kompleks qo‘llagan holda integral ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga mehnatga qobiliyatli har 1000 ta aholiga to‘g‘ri keladigan mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar sonini kiritish orqali demografik barqarorlik indikatorlarining aniqlik darajasini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2027-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 01/2-09-07-928-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqaning demografik rivojlanish ko‘rsatkichlarini bir-biri bilan taqqoslash asosida aholi o‘zgarishi jarayonlari haqida ishonchli va to‘liq axborotlarni olish imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan aholi sonini umumiy aholi soniga ta’sirini baholash bo‘yicha 〖ln⁡(A〗_t)=3,64+0,47*ε_(t-1)+0,59*〖ln⁡(IF)〗_t ARDL modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2027-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 01/2-09-07-928-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tartiblashtirish asosida, xususan bandlar sonini oshirish hisobiga jami aholini 0,7, tug‘ilishni 0,43, aholi tabiiy o‘sishini 0,35 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2029-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 01/2-09-07-928-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan prognoz qiymatlari mintaqada demografik o‘zgarishlarni tartibga solish hamda istiqboldagi maqsadli, uzoq va qisqa muddatga mo‘ljallangan strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish