Oxunova Shaxnozaxon Qodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1071
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.2020.F.08.02
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Teshaev Nutfullo Nasrulloevich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘xtarov Ismatulo Murodovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida ma’rifatli jamiyatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’rifatli jamiyatni shakllantirishga doir aksiologik, sotsiomadaniy va institutsional konsepsiyalar asosida “ma’rifat”, “ma’rifatlilik”, “ma’rifatli avlod”, “ma’rifatli jamiyat” kategoriyalarining bilim, axloq, fuqarolik mas’uliyati kabi yangicha mazmuni, jamiyatni jaholat, mutaassiblik va ijtimoiy parokandalikdan himoya qiluvchi intellektual omil sifatidagi mohiyati hamda ezgulik, adolat, bag‘rikenglikni qaror toptirishdagi ijtimoiy ahamiyati ochib berilgan;
ijtimoiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda va modernizatsion jarayonlarni ilm-fan yutuqlari bilan integratsiyalashda ma’rifiy jamiyatning inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilganlik, innovatsion tafakkur va ilmiy dunyoqarashni ijtimoiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ijtimoiy hamkorlik va institutsional barqarorlikka tayanuvchi sotsial tizimga oid xususiyatlari hamda uni amalga oshirishning uzviylik (ta’lim, tarbiya, ilm-fan va ijtimoiy institutlar faoliyatining bir-biriga bog‘liqligi) va ilmiylik (islohotlarning bilim, innovatsion yondashuv hamda ilg‘or tajribaga asoslanishi) tamoyillari aniqlashtirilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi obektiv-konstruktiv (sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi, iqtisodiy islohotlar, so‘z erkinligi, axloqiy tarbiya) va obektiv-destruktiv (axborot bosimi, ijtimoiy tengsizlik, geosiyosiy beqarorlik) hamda subektiv-konstruktiv (mustaqil fikrlash, ilmga intilish, fuqarolik mas’uliyati va tashabbuskorlik) va subektiv-destruktiv (befarqlik, dogmatik tafakkur, iste’molchilik kayfiyati) kabi omillari asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirishda “davlat – fuqarolik jamiyati institutlari – ta’lim tizimi” o‘zaro ijtimoiy hamkorligining uzviyligini ta’minlashda vakolat va vazifalar uyg‘unligi, yagona strategik yo‘nalish hamda koordinatsion muvofiqlashtirish kabi funksional faoliyatni, natijadorlikni baholash, sotsiologik tahlil orqali monitoring qilib borish; hamkorlikni ijtimoiy buyurtma, grant, memorandum va o‘zaro majburiyatlarga asoslangan shartnomaviy munosabatlar orqali mustahkamlash kabi mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
ma’rifatli jamiyatni shakllantirishga doir aksiologik, sotsiomadaniy va institutsional konsepsiyalar asosida “ma’rifat”, “ma’rifatlilik”, “ma’rifatli avlod”, “ma’rifatli jamiyat” kategoriyalarining bilim, axloq, fuqarolik mas’uliyati kabi yangicha mazmuni, jamiyatni jaholat, mutaassiblik va ijtimoiy parokandalikdan himoya qiluvchi intellektual omil sifatidagi mohiyati hamda ezgulik, adolat, bag‘rikenglikni qaror toptirishdagi ijtimoiy ahamiyatiga doir ilmiy yangiliklar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 1-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejasining 32-bandida keltirilgan “Yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda jamiyatga yot bo‘lgan g‘oyalar, axloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga immunitetni mustahkamlash maqsadida “Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!” shiori ostida ma’naviyat festivallarini tashkil etish” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 9-iyundagi 4-16-21-3167-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirish hamda uni amaliyotga tatbiq etishning samarador metodologiyasini ishlab chiqishga, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda va modernizatsion jarayonlarni ilm-fan yutuqlari bilan integratsiyalashda ma’rifiy jamiyatning inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilganlik, innovatsion tafakkur va ilmiy dunyoqarashni ijtimoiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ijtimoiy hamkorlik va institutsional barqarorlikka tayanuvchi sotsial tizimga oid xususiyatlari hamda uni amalga oshirishning uzviylik (ta’lim, tarbiya, ilm-fan va ijtimoiy institutlar faoliyatining bir-biriga bog‘liqligi) va ilmiylik (islohotlarning bilim, innovatsion yondashuv hamda ilg‘or tajribaga asoslanishi) tamoyillariga oid nazariy umumlashmalar va taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 10-iyundagi 04/11-7259 son ma’lumotnomasi). Natijada, platforma orqali milliy va diniy qadriyatlarni tizimli, raqamli va fanlararo yondashuv asosida yoritish imkoniyatlari kengaytirishga, loyiha vazifalarini bajarish samaradorligi kuchaytirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi obektiv-konstruktiv (sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi, iqtisodiy islohotlar, so‘z erkinligi, axloqiy tarbiya) va obektiv-destruktiv (axborot bosimi, ijtimoiy tengsizlik, geosiyosiy beqarorlik) hamda subektiv-konstruktiv (mustaqil fikrlash, ilmga intilish, fuqarolik mas’uliyati va tashabbuskorlik) va subektiv-destruktiv (befarqlik, dogmatik tafakkur, iste’molchilik kayfiyati) kabi omillariga doir xulosa va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2023-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 17-iyundagi 05-09-927-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ongida mustaqil fikrlash, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy-axloqiy etuklik va ijtimoiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi g‘oya va yondashuvlar ko‘rsatuvlarning mazmunan boyishi, ularning tarbiyaviy-ma’rifiy ta’sirchanligi ortishi, yoshlar auditoriyasida ta’lim, ilm-fan, fuqarolik pozisiyasi hamda ijtimoiy mas’uliyatga oid qarashlarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirishda “davlat – fuqarolik jamiyati institutlari – ta’lim tizimi” o‘zaro ijtimoiy hamkorligining uzviyligini ta’minlashda vakolat va vazifalar uyg‘unligi, yagona strategik yo‘nalish hamda koordinatsion muvofiqlashtirish kabi funksional faoliyatni, natijadorlikni baholash, sotsiologik tahlil orqali monitoring qilib borish; hamkorlikni ijtimoiy buyurtma, grant, memorandum va o‘zaro majburiyatlarga asoslangan shartnomaviy munosabatlar orqali mustahkamlash kabi mexanizmlariga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir Konsepsiyasi”ning chora-tadbirlar 10-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy- ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 17-avgustdagi 341/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib beruvchi targ‘ibot texnologiyalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish