Allamuratova Perida Maxsetbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt4919.
Ilmiy rahbar: Xalmuratov Kuanish Polatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PHD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kazaxbaev Erkinbay Sarsen ug‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
 Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq joylarida xizmatlar sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq joylarida xizmatlar sohasi infratuzilmasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq hududlarida xizmatlar bozorining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratuvchi, aholi ehtiyojlari, tadbirkorlik faolligi va hududiy resurslardan foydalanish samaradorligini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi tashkiliy-iqtisodiy muhit nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
umumiy hududlar hamda qishloq joylaridagi xizmatlar sohasi rivojlanganligining “past daraja” (RDXS ≥ 0-5%), “o‘rta daraja” (RDXS ≥ 5-10%) va “yuqori daraja” (RDXS >10%) tabaqalashgan guruhlarga tasniflagan holda mintaqa qishloq joylaridagi nomutanosibliklarni bartaraf qilish taklifi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘chma savdo ob’ektlari axborot tizimi orqali engil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari uchun er maydonlarini ijaraga berish muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish asosida qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida aholi bandligini oshirish yuzasidan olingan ilmiy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq joylarida xizmatlar sohasi infratuzilmasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qishloq hududlarida xizmatlar bozorining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratuvchi, aholi ehtiyojlari, tadbirkorlik faolligi va hududiy resurslardan foydalanish samaradorligini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi tashkiliy-iqtisodiy muhit nuqtai-nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xizmetler tarao‘i ekonomikasi” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Berdaq  nomidagi Qoraqalpoq  davlat  universiteti rektorining 2026 yil 8 yanvardagi 5 d/1-son buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyotining nazariy-uslubiy asoslari yanada boyitishga erishilgan;
umumiy hududlar hamda qishloq joylaridagi xizmatlar sohasi rivojlanganligining “past daraja” (RDXS ≥ 0-5%), “o‘rta daraja” (RDXS ≥ 5-10%) va “yuqori daraja” (RDXS >10%) tabaqalashgan guruhlarga tasniflagan holda mintaqa qishloq joylaridagi nomutanosibliklarni bartaraf qilish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliy faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026 yil 12 fevraldagi №01/10-98-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif etilayotgan usulning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud qishloq joylaridagi xizmatlar sohasi rivojlanishidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilish va sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘chma savdo ob’ektlari axborot tizimi orqali engil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari uchun er maydonlarini ijaraga berish muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish asosida qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21 fevraldagi PQ-70-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026 yil 12 fevraldagi №01/10-98-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qishloq joylarda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliy faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026 yil 12 fevraldagi №01/10-98-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz natijalarini amaliyotga qo‘llash natijasida hududda xizmatlar sohasini 2030 yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini 1,58 barobarga va aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini esa 1,52 barobarga oshishiga erishilishi ta’minlanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish