Abduvaxidova Nargiza Akbardjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizmni barqaror rivojlantirish maqsadida turistik resurslaridan samarali foydalanish usullari (Samarqand misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3155
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat olib ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar:  Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bakaev Ziyovuddinxon Toshbolta o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Qashi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hududlarda turizmni barqaror rivojlantirish maqsadida turistik resurslaridan samarali foydalanish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda “yashil turizm” talablarini keng qo‘llashga ko‘maklashuvchi innovatsion ishlanmalarni yaratish, startap loyihalarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishda ko‘maklashish, startap loyihalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan yangi ma’ruzalar, qo‘llanmalar, o‘quv materiallari yaratishda hamda “yashil turizm” masalalari bilan bog‘liq o‘quv faoliyatining boshqa shakllarida foydalanishni tashkil etish, ularning natijalarini tijoratlashtirish va keng targ‘ib qilishga ko‘maklashish asosida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi huzuridagi “Global yashil turizm startaplari” laboratoriyasini ishga tushirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
madaniy meros va turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng yoritishga qaratilgan axborot kampaniyalarini o‘tkazish, mamlakatning turistlik jozibadorligini oshiruvchi targ‘ibot materiallarini muntazam ravishda tarqatish asosida tarixiy-madaniy, gastronomik, ziyorat, hunarmandchilik, ta’lim va tibbiyot turizmi kabi istiqbolli yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish hamda bu borada ekspert tahlilini o‘tkazish uchun “Tourism resources of Samarkand region” usulidan foydalanish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm obektlari va joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanishni, sohada ekologik talablar asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish maqsadida har yili noyabr oyida “Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovini o‘tkazish asosida hududiy va respublika tanlovlarini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun “The Most Exemplary Green Tourism Facility” usulidan foydalanish bo‘yicha model dalillangan;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirish omillarining ta’sirini hisobga olib, turistik resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hududlarda turizmni barqaror rivojlantirish maqsadida turizm resurslaridan samarali foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarda “yashil turizm” talablarini keng qo‘llashga ko‘maklashuvchi innovatsion ishlanmalarni yaratish, startap loyihalarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishda ko‘maklashish, startap loyihalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan yangi ma’ruzalar, qo‘llanmalar, o‘quv materiallari yaratishda hamda “yashil turizm” masalalari bilan bog‘liq o‘quv faoliyatining boshqa shakllarida foydalanishni tashkil etish, ularning natijalarini tijoratlashtirish va keng targ‘ib qilishga ko‘maklashish asosida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi huzuridagi “Global yashil turizm startaplari” laboratoriyasini ishga tushirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-dekabrdagi 787-son “Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi “Nazorat rejasi”ga kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2417-son dalolatnomasi). Natijada hududlarning turistik jozibadorligi 1,3 barobar oshishi dalillangan;
madaniy meros va turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng yoritishga qaratilgan axborot kampaniyalarini o‘tkazish, mamlakatning turistlik jozibadorligini oshiruvchi targ‘ibot materiallarini muntazam ravishda tarqatish asosida tarixiy-madaniy, gastronomik, ziyorat, hunarmandchilik, ta’lim va tibbiyot turizmi kabi istiqbolli yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish hamda bu borada ekspert tahlilini o‘tkazish uchun “Tourism resources of Samarkand region” usulidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-son “O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada kengaytirish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2417-son dalolatnomasi). Natijada, turizmda zamonaviy infratuzilma obektlarini barpo etish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali 600 yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash asoslangan;
turizm obektlari va joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanishni, sohada ekologik talablar asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish maqsadida har yili noyabr oyida “Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovini o‘tkazish asosida hududiy va respublika tanlovlarini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun “The Most Exemplary Green Tourism Facility” usulidan foydalanish bo‘yicha dalillangan model 2025-yil 24-iyundagi 385-son “Turizm obektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi “Nizom”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2417-son dalolatnomasi). Natijada turizm obektlari, joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish, hamda sohada ekologik talablar asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish imkoniyatlari dalillangan;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirish omillarining ta’sirini hisobga olib, turistik resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025–2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi hamda “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2417-son ma’lumotnomasi). Natijada, tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga 2028-yilga qadar turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 22 foizga oshirish imkoniniyatlari dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish