Muminov Rustam Tulkinbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uyqu arteriyalarining ikki tomonlama aterosklerotik zararlanishida jarrohlik taktikasini takomillashtirish», 14.00.34–Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib706.
Ilmiy rahbar: Karimov Shavkat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Zotikov Andrey Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Milliy ilmiy kardioxirurgiya markazi» AJ (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uyqu arteriyalari ikki tomonlama aterosklerotik zararlanishi, bemorlarda karotid rekonstruksiyani bajarish bosqichlari va muddatlarini aniqlash yo‘li bilan xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyqu arteriyalari ikki tomonlama aterosklerotik zararlanishi rivojlanishining klinik-patogenetik jihatlari belgilangan va bosh miya ishemiyasi xavf darajasini baholashni optimallashtirish uchun maxsus gemodinamik va nevrologik buzilishlar aniqlangan;
uyqu arteriyalari ikki tomonlama kritik stenozida, bosh miya serebral perfuzion rezervi past bo‘lganida va og‘ir yondosh kasalliklarda regionar anesteziya va vaqtinchalik karotid shuntning ahamiyati aniqlangan;
ateroskleroz pilakchasining xarakteri, bosh miya qon tomirlari gemodinamiasining holati, nur tashxis semiotikasi ma’lumotlari va kognitiv faoliyat o‘zgarishi og‘irligini hisobga olgan holda karotid havzalar bilateral zararlanishining klinik-diagnostik xususiyatlari ochib berilgan;
uyqu arteriyalari ikki tomonlama zararlanishida karotid rekonstruksiya bajarishning bosqichlari va qarama-qarshi tarafda bajarish muddatini aniqlash uchun yuqori darajali ma’lumot beruvchi «BCAS.exe» tibbiy elektron-hisoblash mahsuloti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uyqu arteriyalari ikki tomonlama aterosklerotik zararlanishi bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
“Ishemik genezli surunkali qon-tomir miya etishmovchiligi bilan bemorlarni tashxislash va davolash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 maydagi 8n-z/86-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar uyqu arteriyasi bilateral zararlanishini erta tashxislash va xirurgik davolash samaradorligini yaxshilash va amaliyot vaqtida insul`t rivojlanish chastotasini 8,4% dan 1,8% gacha kamaytirish imkonini bergan;
uyqu arteriyasi ikki tomonlama aterosklerotik zararlanishi bilan bemorlar diagnostikasi va xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1- va 2-klinikalari xirurgik va angiografik bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 maydagi 8n-z/86-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarini tatbiq etishda xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish hisobiga bosh miya juft nervlari bilateral disfunksiyasi chastotasini 4,2% dan 0,9% gacha, giperperfuzion sindromni 2,8% dan 0% gacha, gemorragik insul`tni 1,4% dan 0% gacha kamaytirish hamda kognitiv jarayonlarni MoSA shkalasi bo‘yicha 21±3 dan 25±2 ballgacha yaxshilash imkonini bergan.