Usanov Shuxrat Musurmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy madaniy markazlar faoliyati: tarixiy tajriba va bag‘rikenglik masalalari (1991-2020-yy)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar919 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Xusan Eshmo‘minovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD. 03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubiy hududlarida mustaqillik yillarida milliy-madaniy markazlar faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar mamlakatimizda qadimdan shakllangan bag‘rikenglik va tolerantlik an’analarini mustahkamlashda, turli millat va elat vakillarining tili, urf-odati, madaniyati va turmush tarzini o‘zligicha e’tirof etilishiga ko‘maklashishda, shuningdek, xalqlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutganligi, ular faoliyati turli etnik guruhlarning ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etishiga zamin yaratganligi manbalar asosida dalillangan;
Janubiy O‘zbekiston hududlarida faoliyat olib borayotgan arab, rus, tojik, turkman va boshqa milliy-madaniy markazlar tomonidan muntazam ravishda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”, “Vatan yagona – u bitta”, “Biz bir zamin va bir zamon farzandlarimiz” kabi shiorlar ostida tashkil etib kelinayotgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar mamlakatda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini chuqurlashtirish, ziyorat va biznes turizmi hamda investisiya salohiyatining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelayotganligi, shuningdek, ushbu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan zarur sharoitlar yaratilganligi asoslab berilgan;
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan arab, turkman, tojik, rus, tatar-boshqird kabi milliy-madaniy markazlarning “Al-arabiya” (Al-Jiynat), “Sarvinoz”, “Alang”, “Sadarushka” va boshqa folklor-etnografik jamoalari orqali viloyat hamda respublika miqyosidagi madaniy hayotda faol ishtirok etib kelayotgani, ularning millatlararo munosabatlar rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda hududda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi amaliy faoliyati aniq dalillar asosida tadqiqotda yoritib berilgan;
Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan turkman, tojik, rus va mo‘ltoni-lo‘li milliy-madaniy markazlarining ushbu hududda istiqomat qiluvchi etnik guruhlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, viloyatda millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda “xalq diplomatiyasi”ni rivojlantirishda muhim o‘rin tutganligi, ularning mazkur yo‘nalishdagi amaliy faoliyati dalillar asosida ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy-madaniy markazlar faoliyati: tarixiy tajriba va bag‘rikenglik masalalari (1991-2020-yy.) mavzusini tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar mamlakatimizda qadimdan shakllangan bag‘rikenglik va tolerantlik an’analarini mustahkamlashda, turli millat va elat vakillarining tili, urf-odati, madaniyati va turmush tarzini o‘zligicha e’tirof etilishiga ko‘maklashishda, shuningdek, xalqlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutganligi, ular faoliyati turli etnik guruhlarning ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etishiga zamin yaratganligi manbalar asosida dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining turli sohalarga tegishli tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 6-iyundagi 14-07-660-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda milliy-madaniy markazlar faoliyatini takomillashtirish jarayonida tarixiy tajribaga tayangan holda turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirish, ularning ijtimoiy-madaniy hayotini boyitish, yoshlar ongida bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarni mustahkamlash, shuningdek, mahalliy madaniy merosni keng targ‘ib etishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi sezilarli darajada oshganligi aniqlangan.
Janubiy O‘zbekiston hududlarida faoliyat olib borayotgan arab, rus, tojik, turkman va boshqa milliy-madaniy markazlar tomonidan muntazam ravishda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”, “Vatan yagona – u bitta”, “Biz bir zamin va bir zamon farzandlarimiz” kabi shiorlar ostida tashkil etib kelinayotgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar mamlakatda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini chuqurlashtirish, ziyorat va biznes turizmi hamda investisiya salohiyatining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelayotganligi, shuningdek, ushbu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan zarur sharoitlar yaratilganligi asoslab berilganligi haqidagi ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining turli sohalarga tegishli tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 6-iyundagi 14-07-660-sonli ma’lumotnomasi). Natijada janubiy O‘zbekiston hududlarida faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar tomonidan amalga oshirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonch rishtalarini chuqurlashtirish, shuningdek, mintaqada turizm va investisiya salohiyatining rivojlanishiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri amaliy manbalar bilan tasdiqlangan, mazkur ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan turli tadbirlarda metodik asos sifatida qo‘llanilgan.
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan arab, turkman, tojik, rus, tatar-boshqird kabi milliy-madaniy markazlarning “Al-arabiya” (Al-Jiynat), “Sarvinoz”, “Alang”, “Sadarushka” va boshqa folklor-etnografik jamoalari orqali viloyat hamda respublika miqyosidagi madaniy hayotda faol ishtirok etib kelayotgani, ularning millatlararo munosabatlar rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda hududda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi amaliy faoliyati aniq dalillar asosidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 25-yanvardagi 06-31-124-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatidagi milliy-madaniy markazlar faoliyatiga oid teleko‘rsatuvlar teletomoshabinlarning ushbu markazlar faoliyati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, turli millatlarning madaniy merosi va qadriyatlariga bo‘lgan qiziqish hamda hurmat tuyg‘usini oshirishga xizmat qilgani aniqlangan.
Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan turkman, tojik, rus va mo‘ltoni-lo‘li milliy-madaniy markazlarining ushbu hududda istiqomat qiluvchi etnik guruhlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, viloyatda millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda “xalq diplomatiyasi”ni rivojlantirishda muhim o‘rin tutganligi, ularning mazkur yo‘nalishdagi amaliy faoliyati haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 25-yanvardagi 06-31-124-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyatidagi tojik, turkman, rus va mo‘ltoni-lo‘li milliy-madaniy markazlari faoliyatiga oid teleko‘rsatuvlar teletomoshabinlarning ushbu markazlarning mavjudligi, ularning millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgani aniqlangan.