Maxmudova Aziza Pirmamatovnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonining uslubiy-metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt.904.2
Ilmiy maslahatchi: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc. 22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfullo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Rahimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayoning uslubiy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Har to‘rt faslda sayohat” tashabbusi doirasida bahor, yoz, kuz va qish turizm mavsumlarining ochilishiga bag‘ishlangan festival tadbirlarini o‘tkazish jarayonida respublikaning ekologik, ekstremal, agro-, gastronomik, tibbiy va sog‘lomlashtirish, plyaj va suvda dam olish, madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar turizm hamda tog‘-chang‘i kurortlari salohiyatini namoyish etish va targ‘ib qilish maqsadida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish samaradorligiga ta’sir etuvchi integral ko‘rsatkichlar tizimi asosida, diversifikatsiya indeksining juda past samaradorlik (DI < 0,4), o‘rtacha samaradorlik (0,4 ≤ DI < 0,6) va yuqori samaradorlik (DI ≥ 0,6) darajalari bo‘yicha klassifikatsiya mezonlariga tayangan holda ishlab chiqilgan hamda tegishli chegaraviy qiymatlari belgilangan hisoblash “Integral diversification” usuli bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonida tarmoqning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish, turistlar oqimini oshirish hamda mavsumdan tashqari davrlarda ham jozibador va maxsus turistik yo‘nalishlarni shakllantirish maqsadida chodirlar (kempinglar) uchun 100 mln so‘mgacha, o‘tovlar uchun 300 mln so‘mgacha, ekouylar uchun 500 mln so‘mgacha, konteynerlar uchun 600 mln so‘mgacha, xostellar uchun 1 mlrd so‘mgacha, glempinglar uchun 1,5 mlrd so‘mgacha, modulli mehmonxonalar va avtokemping lagerlari (kamida 10 ta avtokemping) uchun 3 mlrd so‘mgacha, milliy valyutada 5 yil muddatga, 1 yillik imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kredit mablag‘lari ajratish asosida xizmat, infratuzilma, boshqaruv va investision diversifikatsiya imkoniyatlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi “Hybrid diversification” modeli bo‘yicha takliflar asoslangan;
xorij davlatlaridan yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish, respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish hamda turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSh dollariga etkazish maqsadida quruqlikdagi davlat chegara postlaridan o‘tayotgan turistlar uchun alohida O‘zbekiston turizm salohiyatini namoyish etuvchi “Turizm burchagi”ni tashkil etish asosida Buyuk ipak yo‘lining “Zarafshon - Qoraqum yo‘lagi” bo‘yicha yangi turizm marshrutini ishlab chiqish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish uchun “Zarafshan-Karakum Tourism Corridor” usulidan foydalanish dalillangan;
respublikada turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va to‘siqsiz turizm yo‘nalishida davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga qo‘shimcha rag‘batlantirishlar yaratish maqsadida ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi hamda eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizini qoplab berish asosida “Inklyuziv turizm modeli” usulidan foydalanish tartibi bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonining ta’sirini hisobga olib, innovatsion turizm xizmatlaridan samarali foydalanish va turizmning YaIMdagi ulushini baholash ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonining uslubiy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Har to‘rt faslda sayohat” tashabbusi doirasida bahor, yoz, kuz va qish turizm mavsumlarining ochilishiga bag‘ishlangan festival tadbirlarini o‘tkazish jarayonida respublikaning ekologik, ekstremal, agro-, gastronomik, tibbiy va sog‘lomlashtirish, plyaj va suvda dam olish, madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar turizm hamda tog‘-chang‘i kurortlari salohiyatini namoyish etish va targ‘ib qilish maqsadida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish samaradorligiga ta’sir etuvchi integral ko‘rsatkichlar tizimi asosida, diversifikatsiya indeksining juda past samaradorlik (DI < 0,4), o‘rtacha samaradorlik (0,4 ≤ DI < 0,6) va yuqori samaradorlik (DI ≥ 0,6) darajalari bo‘yicha klassifikatsiya mezonlariga tayangan holda ishlab chiqilgan hamda tegishli chegaraviy qiymatlari belgilangan hisoblash “Integral diversification” usuli bo‘yicha asoslangan takliflar 2024 yil 12 yanvardagi PF-9-son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Nazorat rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2415-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish asosida turizm va rekreatsiya asosida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishning samaradorligini 10 foiz oshirishga xizmat qilingan;
turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonida tarmoqning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish, turistlar oqimini oshirish hamda mavsumdan tashqari davrlarda ham jozibador va maxsus turistik yo‘nalishlarni shakllantirish maqsadida chodirlar (kempinglar) uchun 100 mln so‘mgacha, o‘tovlar uchun 300 mln so‘mgacha, ekouylar uchun 500 mln so‘mgacha, konteynerlar uchun 600 mln so‘mgacha, xostellar uchun 1 mlrd so‘mgacha, glempinglar uchun 1,5 mlrd so‘mgacha, modulli mehmonxonalar va avtokemping lagerlari (kamida 10 ta avtokemping) uchun 3 mlrd so‘mgacha, milliy valyutada 5 yil muddatga, 1 yillik imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kredit mablag‘lari ajratish asosida xizmat, infratuzilma, boshqaruv va investision diversifikatsiya imkoniyatlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi “Hybrid diversification” modelini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif 2024 yil 12 yanvardagi PF-9-son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Nazorat rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2415-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi orqali turizm xizmatlarini gibridlangan diversifikatsiya qilish jarayonida hudularda turistik korxonalarning bozor ulushini 45% ga kengayishiga hamda mijozlar qoniqishini 16 %ga yaxshiga zamin yaratgan;
xorij davlatlaridan yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish, respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish hamda turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSh dollariga etkazish maqsadida quruqlikdagi davlat chegara postlaridan o‘tayotgan turistlar uchun alohida O‘zbekiston turizm salohiyatini namoyish etuvchi «Turizm burchagi»ni tashkil etish asosida Buyuk ipak yo‘lining «Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi» bo‘yicha yangi turizm marshrutini ishlab chiqish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish uchun “Zarafshan–Karakum Tourism Corridor” usulidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025 yil 15 maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2415-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish asosida mamalakatimizni qo‘shimcha ravishda turistlar oqimini 1,5 baravarga oshirishga imkoniyatini yaratgan;
respublikada turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va to‘siqsiz turizm yo‘nalishida davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga qo‘shimcha rag‘batlantirishlar yaratish maqsadida ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi hamda eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizini qoplab berish asosida “Inklyuziv turizm modeli” usulidan foydalanish tartibi bo‘yicha takliflar 2024 yil 12 avgustdagi 498-son “To‘siqsiz turizm orqali turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2415-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish asosida inklyuziv segmentning turizm sektorining umumiy YaIMga nisbiy ulushi 37 % ga o‘sishiga imkon bergan;
hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonining ta’sirini hisobga olib, innovatsion turizm xizmatlaridan samarali foydalanish va turizmning YaIMdagi ulushini baholash ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2026–2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi hamda “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2026-yil 9-martdagi 02-17/2415-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda turizm sektorinining YaIM dagi ulushini 12 % ga yetishi dalillangan.