Kamolova Mohinur Iskandarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Turizm sohasida xizmatlar sifatini oshirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt3666.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.22/2025.27.12.1.01.01
Rasmiy opponentlar: Qodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;               
Ostanakulov Olim Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasida xizmatlar sifatini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika hududlarida yangi 108 ta mehmonxona, 375 ta oilaviy mehmon uyi va 123 ta xostel qurish, 745 ta kapsula va o‘tov uylari, apart-otel hamda modulli mehmonxonalarni tashkil etish maqsadida mehmonxonalar xizmatlari sifati ko‘rsatkichlarini integral baholash usulini qo‘llash, xizmatlar sifatini aniqlash holatini past (0,246 ≤ Is < 0,401), o‘rta (0,402 ≤ Is < 0,556) va yuqori (0,557 ≤ Is < 0,712) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda servisni oshirish ko‘rsatkichlarini alohida yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirish asosida yirik, o‘rta va kichik mehmonxonalar hamda boshqa turizm obektlarini qurish loyihalarini amalga oshirishda “Integral turizm” takomillashtirilgan usulidan foydalanish taklifi asoslangan;
mamlakatimizda 2030-yilga qadar turizm sohasini rivojlantirish, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizga etkazish, xorijiy turistlar sonini hozirgi 10 mln nafardan 20 mln nafargacha oshirish, turistik xizmatlar eksporti yillik hajmini 6 mlrd AQSh dollaridan ortiq darajaga etkazish maqsadida hududda turistik xizmatlar sifatini oshirish jarayonini turistik xizmatlar sifati holatining (joriy) darajasini aniqlashning ilmiy-qadriyatlarga asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan, funksional, instrumental va integratsion tizimlari orqali turistik xizmatlar sifati shakllanishi hamda baholanishida ishtirok etuvchi elementlarning o‘zaro ta’siriga asoslangan “Quality in Tourism” blok-sxema modeli afzalliklari asoslangan;  
turizm xizmatlarini raqamlashtirish va diversifikatsiya qilish yo‘nalishida Milliy turizm yagona platformasi orqali joylashtirish vositalarini onlayn band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tishga ruxsat berish, platformaga ulangan joylashtirish vositalarining shaxsiy kabinetida mehmonni QR-kod yoki yuz orqali identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratish asosida hududiy turizm sohasida sifatini oshirish mexanizmini hududlararo o‘zaro hamkorlik modellarini shakllantirish bo‘yicha turistik xizmatlar sifatini oshirishga boshqaruv ta’siri yo‘nalishlarini aniqlash, turizm sohasida raqamli muhitni shakllantirish, raqamli ekotizim elementlari o‘zaro aloqadorligini ta’minlashda “Digital Quality in Tourism” usulidan foydalanish bo‘yicha taklifi dalillangan;
hududlarda turistik xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida turizm sohasini rivojlantirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida xizmatlar sifatini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
respublika hududlarida yangi 108 ta mehmonxona, 375 ta oilaviy mehmon uyi va 123 ta xostel qurish, 745 ta kapsula va o‘tov uylari, apart-otel hamda modulli mehmonxonalarni tashkil etish maqsadida mehmonxonalar xizmatlari sifati ko‘rsatkichlarini integral baholash usulini qo‘llash, xizmatlar sifatini aniqlash holatini past (0,246 ≤ Is < 0,401), o‘rta (0,402 ≤ Is < 0,556) va yuqori (0,557 ≤ Is < 0,712) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda servisni oshirish ko‘rsatkichlarini alohida yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirish asosida yirik, o‘rta va kichik mehmonxonalar hamda boshqa turizm obektlarini qurish loyihalarini amalga oshirishda “Integral turizm” takomillashtirilgan usulidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 12-martdagi 02-17/2660-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlarida yangi 108 ta mehmonxona, 375 ta oilaviy mehmon uyi tashkil etish imkonini bergan;
mamlakatimizda 2030-yilga qadar turizm sohasini rivojlantirish, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizga etkazish, xorijiy turistlar sonini hozirgi 10 mln nafardan 20 mln nafargacha oshirish, turistik xizmatlar eksporti yillik hajmini 6 mlrd AQSh dollaridan ortiq darajaga etkazish maqsadida hududda turistik xizmatlar sifatini oshirish jarayonini turistik xizmatlar sifati holatining (joriy) darajasini aniqlashning ilmiy-qadriyatlarga asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan, funksional, instrumental va integratsion tizimlari orqali turistik xizmatlar sifati shakllanishi hamda baholanishida ishtirok etuvchi elementlarning o‘zaro ta’siriga asoslangan “Quality in Tourism” blok-sxema modelidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son “Turizmni jadal rivojlantirish va ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 12-martdagi 02-17/2660-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizga etkazishga zamin yaratilgan;
turizm xizmatlarini raqamlashtirish va diversifikatsiya qilish yo‘nalishida Milliy turizm yagona platformasi orqali joylashtirish vositalarini onlayn band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tishga ruxsat berish, platformaga ulangan joylashtirish vositalarining shaxsiy kabinetida mehmonni QR-kod yoki yuz orqali identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratish asosida hududiy turizm sohasida sifatini oshirish mexanizmini hududlararo o‘zaro hamkorlik modellarini shakllantirish bo‘yicha turistik xizmatlar sifatini oshirishga boshqaruv ta’siri yo‘nalishlarini aniqlash, turizm sohasida raqamli muhitni shakllantirish, raqamli ekotizim elementlari o‘zaro aloqadorligini ta’minlashda “Digital Quality in Tourism” usulidan foydalanish bo‘yicha dalillangan taklifi 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 12-martdagi 02-17/2660-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Milliy turizm yagona platformasidan samarali foydalanishini ikki baravarga oshirishga xizmat qilgan; 
hududlarda turistik xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida turizm sohasini rivojlantirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2026-2030-yillarda turizm sohasini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari” dasturlari va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 12-martdagi 02-17/2660-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish, respublikaga kelgan tashrif buyuruvchilar 84,64 %, turistik xizmatlar eksporti 45,3 %, turizm sohasida band bo‘lganlar 16,27 % va mehmonxonalar va joylashtirish vositalariga tashrif buyuruvchilarning o‘tkazgan kunlari 18,84% foizga oshirish imkoniyatlari dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish