Nazarov Vahobjon Shamshidinovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Multimedia ta’lim vositalari asosida o‘quvchilarning fransuz tili bo‘yicha nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish (umumiy o‘rta ta’lim tizimi misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped632.
Ilmiy rahbar: Nasirov Abdurahim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Ped.45.02
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildorxon O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tursunov Husanboy Burgutalievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o’rta ta’lim tizimining 5-6 sinflarida o’quvchilarning fransuz tili bo’yicha nutqiy kompetensiyalarini multimedia ta’lim vositalaridan foydalanish orqali rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz tili bo‘yicha nutqiy kompetensiyalarni multimedia ta’lim vositalaridan foydalanib rivojlantirishning didaktik, pedagogik-psixologik xususiyatlari autentik audiovizual materiallarning konseptual, didaktik va kreativ jihatlarini o‘quvchilarning eshitish, ko‘rish va muloqot faoliyatini birlashtiruvchi nutqiy faolligi va motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
fransuz tili bo‘yicha nutqiy kompetensiyalarni multimedia ta’lim vositalari asosida rivojlantirishning didaktik ta’minoti multimedia ta’lim texnologiyalarini sinf boshqaruviga integratsiya qilish orqali raqamli ta’lim komponentlarini hamda o‘quvchilarning eshitish, o‘qish va nutq malakalarini kompleks rivojlantirish maqsadiga qaratilgan pedagogik amaliyotga raqamli vositalarni joriy etishning texno-didaktik yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
5-6 sinf o‘quvchilariga fransuz tilini o‘qitishning pedagogik-metodik amaliyoti kompyuter yordamida til o‘rganishga qaratilgan CALL – Computer Assisted Language Learning metodini hamda o‘qitishning “presentiel”, “mixte” va “autonome” shakllarini maqsadli qo‘llash asosida konseptual jihatdan takomillashtirilgan;
5-6 sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning mexanizmi fransuz tili darsliklari mazmuniga raqamlashtirilgan multimedia resurslarini kiritish asosida eshitish va vizual idrokni uyg‘unlashtiruvchi raqamli mashq turlarini integratsiyalash orqali dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarining fransuz tili bo’yicha nutqiy ko’nikmalarini multimedia ta’lim vositalari yordamida rivojlantirishni tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o’rta ta’lim tizimi 5-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan fransuz tili darsligi multimedia ilovasini ishlab chiqishda tadqiqotchi muallif sifatida ishtirok etgan (O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (hozirgi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi) huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining 2019-yil 18-dekabrdagi
01/01-57-sonli ma’lumotnomasi) hamda mazkur dissertatsiya ilmiy natijalaridan 2017-yilda
5-sinflar uchun fransuz tili fanidan yaratilgan “Je parle français 5” nomli multimedia ilovasining kontentini shakllantirishda samarali foydalanilgan. Natijada multimedia ta’lim resursi 5-sinf o‘quvchilari uchun fransuz tili fani darslariga asosiy darslikka ilova sifatida foydalanishga tatbiq etilgan;
umumiy o’rta ta’lim tizimi 6-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan fransuz tili darsligi multimedia ilovasini ishlab chiqishda tadqiqotchi muallif sifatida ishtirok etgan (O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining 2019-yil 18-dekabrdagi 01/01-58-sonli ma’lumotnomasi) hamda mazkur dissertatsiya ilmiy natijalaridan 2018-yilda 6-sinflar uchun fransuz tili fanidan yaratilgan “Voyage en France 6” nomli multimedia ilovasining kontentini shakllantirishda samarali foydalanilgan. Natijada multimedia ta’lim resursi 6-sinf o‘quvchilari uchun fransuz tili fani darslariga asosiy darslikka ilova sifatida foydalanishga tatbiq etilgan;
-umumiy o’rta ta’lim tizimi 7-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan fransuz tili darsligi multimedia ilovasini ishlab chiqishda tadqiqotchi muallif sifatida ishtirok etgan (O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining 2019-yil 18-dekabrdagi 01/01-59-sonli ma’lumotnomasi) hamda mazkur dissertatsiyasi ilmiy natijalaridan 2019-yilda 7-sinflar uchun fransuz tili fanidan yaratilgan “Bon voyage 7” nomli multimedia ilovasining kontentini shakllantirishda samarali foydalanilgan. Natijada multimedia ta’lim resursi 7-sinf o‘quvchilari uchun fransuz tili fani darslariga asosiy darslikka ilova sifatida foydalanishga tatbiq etilgan;
tadqiqotdagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida multimedia ta’lim resurslaridan dars jarayonida samarali foydalanish texnologiyasi hamda interfaol mashqlar tizimiga, shuningdek, multimedia vositalari asosida o’quvchilarning nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish mazmuni va didaktik xususiyatlariga doir ilmiy-uslubiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo’ljallangan RZ-202004165-raqamli “Umumiy o’rta ta’limning boshlang‘ich sinf o’quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 27-fevraldagi
04/1-507-son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar loyiha doirasida multimedia resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.