Safaeva Diyora Hamid qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik yondashuv asosida talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10237.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Madraximova Feruza Ruzimbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01.
Rasmiy opponentlar: psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Urazboeva Dilbar Abdullaevna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogik yondashuv asosida talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari kasbiy faoliyatidagi bilimlarni shaxsiy xislatga mos ijtimoiy pozisiyasi, qadriyatlari va faolligiga integrallash, mustaqil fikrlashini innovatsion kasbiy manfaatlariga yo‘naltirilgan harakatlarga adaptatsiyalashni pedagogik diagnostikalash asosida aniqlangan;
pedagogik yondashuv asosida talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik modeli maqsadni faollik va tashabbuskorlikni rivojlantiruvchi strategik vazifalarni belgilash, mazmunini shaxsiy-kasbiy mas’uliyat hissini bir biriga o‘zaro bog‘liq ta’lim modullariga muvofiqlashtirish va shart sharoitlarini fuqarolik pozisiyasini mustahkamlovchi muhitga moslashtirish komponentlarini strukturalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning metodikasi ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar (muammoli ta’lim, keys-stadi, debat)dan foydalanish, amaliy ijtimoiy faoliyatni tarbiyaviy ishlar tizimiga vizualizatsiyalash pedagogik monitoring vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish samaradorligi innovatsion-interaktiv pedagogik texnologiyalarni qo‘llash faollik va fuqarolik pozisiyasini mustahkamlashga olib kelganligi tufayli samarali monitoring tizimini joriy etish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik yondashuv asosida talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari kasbiy faoliyatidagi bilimlarni shaxsiy xislatga mos ijtimoiy pozisiyasi, qadriyatlari va faolligiga integrallash, mustaqil fikrlashini innovatsion kasbiy manfaatlariga yo‘naltirilgan harakatlarga adaptatsiyalashni pedagogik diagnostikalash asosida aniqlangan o‘quv dasturlari malaka talablari mazmuniga singdirilgan. Natijada, talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish jarayonining mohiyati hamda ijtimoiy, pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati oshirilgan;
pedagogik yondashuv asosida talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik modeli maqsadni faollik va tashabbuskorlikni rivojlantiruvchi strategik vazifalarni belgilash, mazmunini shaxsiy-kasbiy mas’uliyat hissini bir biriga o‘zaro bog‘liq ta’lim modullariga muvofiqlashtirish va shart-sharoitlarini fuqarolik pozisiyasini mustahkamlovchi muhitga moslashtirish komponentlarini strukturalash asosida takomillashtirilgan takliflar “Obshhaya pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 438515-sonli guvohnomasiga muvofiq). O‘quv qo‘llanma mazmuni orqali talabaning shaxsiy va kasbiy shakllanishida ijtimoiy mas’uliyat hissini shakllantirish asosiy omil sifatida singdirilgan va pedagogik yondashuv asosida ijtimoiy mas’uliyat hissini shakllantirishning funksional modeli va uning bosqichli tahlili keng yoritib berilgan;
talabalarda ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning metodikasi ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar (muammoli ta’lim, keys-stadi, debat)dan foydalanish, amaliy ijtimoiy faoliyatni tarbiyaviy ishlar tizimiga vizualizatsiyalash pedagogik monitoring vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 970515-sonli guvohnomasiga muvofiq). Qo‘llanma mazmuni talabalarda ijtimoiy mas’uliyat hissini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida xizmat qilgan; 
talabalarning ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish samaradorligi innovatsion-interaktiv pedagogik texnologiyalarni qo‘llash faollik va fuqarolik pozisiyasini mustahkamlashga olib kelganligi tufayli samarali monitoring tizimini joriy etish asosida oshirilganga doir taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida foydalanilgan. Natijada, talabalarda ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ijtimoiy yondashuvini qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish